1-amaliy mashg‘ulot Minerallarning shaffofligi, rangi va chizig‘ining rangini o‘rganish Ishning maqsadi
Download 162.92 Kb.
|
mineralogiya amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriq
Minerallar chizig‘ining rangi.Bu termin bilan mayin kukun holidagi mineralning rangi tushuniladi. Shunday kukunni tekshirilayotgan mineral bilan biskvit deb aytiladigan xira (sirlanmagan) chinni taxtachaga chizib osonlikcha olish mumkin. Chinni taxtachadagi mineral kukuni o‘sha mineral uchun hos muayyan rangli chiziq — iz shaklida hosil qilinadi.
Bu belgi minerallarning rangiga qaraganda uncha o‘zgarmas, demak, birmuncha ishonchli belgisi bo‘ladi. Ko‘pgina hollarda mineralning rangi chizig‘ining rangi bilan bir xil bo‘ladi. Masalan, kinovarning o‘zi ham, chizig‘i (kukuni) ham qizil, magnetitda — qora, lazuritda — ko‘k va h. k. Boshqa mi- lerallarda chizig‘ining rangi bilan o‘zining rangi orasida bir muncha keskin farq ko‘riladi. Tabiatda ma’lum bo‘lgan minerallardan shunday farqni masalan, gematitda (mineralning rangi po‘lat — kulrang yoki qora, chizig‘i qizil), piritda (mineralning rangi jez — sariq, chizig‘i qora) ko‘ramiz. Shaffof yoki yarim shaffof rangli minerallar ko‘pchiligining chizig‘i rangsiz (ok) yoki och rangli bo‘ladi. Shuning uchun mineral chizig‘ining rangi shaffof emas yoki yarim shaffof to‘q rangli birikmalar uchun eng ko‘p diagnostik ahamiyat kasb etadi. Tabiatda ko‘pincha bitta mineralning o‘zi goh zich massa, goh kukunsimon xillar bo‘lib topiladi. Ko‘pincha shularning rangi bir-biridan katta farq qiladi. Bunga limonit (temir gidrooksidi) zich massa bo‘lgani qora, kukunsimon xili (oxra shaklidagisi) esa — sarg‘ish-qo‘ng‘ir; gematit (temirning suvsiz oksidi)-kristallangan xillari deyarli qora, kukunsimon xili esa tiniq-qizil va h. q. misol bo‘lishi mumkin. Boshqa hollarda minerallarnivg rang‘i kristallangan zich massalarida ham, kukunsimon xillarda ham bir xildir; masalan, malaxitning ikkala ko‘rinishdagisi hamyashil, kinovarniki qizil, auripigmentniki sariq va h. k. bo‘ladi. Topshiriq - Talabalarga minerallarning shaffofligi rangi, chizig‘ining rangi xususiyatlarini ta'riflab berish. Buning uchun: l.Ish daftari; 2.Qalam, ruchka, chjizg'ich; 3.Minerallar ro'yhat jadvali zarur bo'ladi. Minerallarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish lozim. Download 162.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling