7-Amaliy. G’isht devorlarga suvoq qilish, devorning ayrim bo`limlarga qaytadan g’isht terish. Suvoqlarning
Download 104.79 Kb.
|
7-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maxsus suvoqlar.
Bezakli (dekorativ) suvoqlar. Bezakli suvoqlar binoning tashqi tomonini va intererlarni pardozlashda ishlatiladi. Asosiy turlari: mayda toshli suvoq, manzarali suvoq, terrazitli suvoq (79-rasm).
Mayda toshli suvoqda qorishma tayyorlash uchun 3...5 mm li marmar, granit, keramik mayda toshlar uvog‘i (kroshka) va portlandtsement ishlatiladi. Bunda rangli tsementlardan yoki rang beruvchi pigmentlardan foydalanish mumkin. Qorishma bilan tekislangan yuzalar ma’lum muddat o‘tgach suv purkash yo‘li bilan yuvib chiqiladi. Manzarali suvoqlar asosan binoning tashqi va yon tomonlarida, me’moriy elementlarda turli manzaralarni hosil qilishda ishlatiladi. Bunday suvoqlar grunt qatlami va bir nechta rangli qatlamlardan iborat bo‘ladi. Hosil qilinadigan tasvir maxsus asboblar yordamida tirnash yo‘li bilan hosil qilinadi. Manzarali suvoq qorishmasini tayyorlashda ohak bo‘tqasi, toza kvartsli qum, pigment va tsement ishlatiladi. Grunt qatlami hosil qilingandan so‘ng qalinligi 5 mm dan kam bo‘lmagan birinchi rangli qatlam hosil qilinadi. Navbatdagi qatlamlar qalinligi odatdagi 1...2 mm dan oshmaydi va shu sababli bu qatlamlar ayrim hollarda cho‘tkalar yordamida beriladi. Rangli qatlamlar hosil qilingandan so‘ng 2...4 soat o‘tgach turli shakldagi asboblar yordamida tirnash yo‘li bilan tasvirlar hosil qilinadi. Tasvirlarning holati tirnashdan avval trafaretlar yordamida devorga tushirib olinadi. Terrazitli suvoq yordamida monumental va jamoat binolarining devorlari pardozlanadi. Bu suvoq mayda toshli suvoqdan qorishma tarkibiga maydalangan slyuda (tsement hajmiga nisbatan 10% gacha) qo‘shilishi bilan farq qiladi. Suvoq qatlami qotgandan so‘ng po‘lat cho‘tka yoki tsikllar yordamida yuzasiga ishlov beriladi. Cho‘tkada ishlov berilganda g‘adir-budir, tsikllar bilan ishlov berilganda esa silliq yuzalar hosil bo‘ladi. Natijada marmar mayda toshlar va slyuda ochilib o‘ziga xos chiroy kasb etadi. Maxsus suvoqlar. Maxsus suvoqlar issiqni va namlikni o‘tkazmaslik, tovushni yutish, rentgen nurlaridan himoya qilish xususiyatlariga ega bo‘ladi. Akustik (tovush yutuvchi) suvoqda qorishma tayyorlashda maydalangan pemza qumi yoki 2...5 mm li shlak, tsement yoki gips ishlatiladi. Suvoq qalinligi hisob bo‘yicha aniqlanadi. Suv o‘tkazmaydigan suvoqda qorishma tayyorlashda natriy-alyuminat yoki temir-xlorid eritmali suv ishlatiladi. Bunda eritmaning zichligi kamida 1.3 gsm3 bo‘lishi kerak. Suv o‘tkazmaydigan suvoqni bajarish texnologiyasi odatdagi tsement- qumli suvoq texnologiyasidan farq kilmaydi. Rentgen nurlaridan himoyalovchi suvoqda qorishmaga tayyorlash jarayonida barit qo‘shiladi. Bunday suvoq butun yuza bo‘ylab to‘xtovsiz bajarilishi kerak, ya’ni chok hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 14,6 mm qalinlikdagi baritli suvoq qatlamining himoyalash darajasi 1 mm qalinlikdagi qo‘rg‘oshin qatlamining himoyalash darajasiga to‘g‘ri keladi. Download 104.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling