7-Amaliy. G’isht devorlarga suvoq qilish, devorning ayrim bo`limlarga qaytadan g’isht terish. Suvoqlarning


Download 104.79 Kb.
bet1/3
Sana18.09.2023
Hajmi104.79 Kb.
#1680898
  1   2   3
Bog'liq
7-Mavzu


7-Amaliy. G’ISHT DEVORLARGA SUVOQ QILISH, DEVORNING AYRIM BO`LIMLARGA QAYTADAN G’ISHT TERISH.
Suvoqlarning turlari. Suvoqlar quyidagicha turlarga bo‘linadi:

  1. Vazifasiga ko‘ra - odatdagi suvoqlar; dekorativ (bezakli) suvoqlar; maxsus suvoqlar (issiqdan, tovushdan, namlikdan himoyalovchi va rentgenbardoshli);

  2. Ishlatiladigan bog‘lovchi materialning turiga ko‘ra - tsementli, tsement- ohakli, ohakli, ohak-gipsli, ohak-loyli, loyli suvoqlar;

  3. Bajarishning murakkabligi yoki pardoz sifatiga ko‘ra - oddiy, sifatli va yuqori sifatli suvoqlar.

Yuqori sifatli suvoqning qalinligi 25 mm gacha, sifatli suvoqning qalinligi 20 mm gacha va oddiy suvoqning qalinligi 18 mm gacha bo‘ladi.
Oddiy suvoq ikki qatlamdan ya’ni sochma va grunt qatlamidan iborat bo‘ladi. Sifatli va yuqori sifatli suvoqlarda bu qatlamlardan tashqari pardoz qatlami ham bo‘ladi.
Sochma qatlam suvoqning birinchi qatlami bo‘lib, u suvoqning asos bilan birikishini ta’minlaydi. qalinligi 3...5 mm ni tashkil etadi.
Grunt qatlami asosiy tekislovchi qatlam bo‘lib, u o‘zi bir necha qatlamdan iborat bo‘ladi va har bir qatlam qalinligi 7 mm gacha bo‘ladi. Bu qatlam quyuq qorishma ishlatib bajariladi.
Pardoz qatlami suvoqning oxirgi qatlami bo‘lib, qalinligi 2 mm dan oshmaydi.
Bu qatlam yaxshilab tekislanadi.
Suvoq ishlarini bajarish tartibi. Yuzalarni suvoq qilish majmuali jarayon hisoblanib bu jarayon tarkibiga tayyorlash, transport va bajarish jarayonlari kiradi. Bajarish jarayoni o‘z navbatida tayyorgarlik va asosiy jarayonlarga bo‘linadi.
Tayyorgarlik jarayoniga yuzalarni tayyorlash; g‘isht va beton sirtlarni namlash; rejalash (78-rasm); marka va mayaklarni o‘rnatish yoki hosil qilish; so‘ri va havozalarni o‘rnatish kiradi.

Ayrim hollarda mayak sifatida yog‘och va metall reykalardan foydalaniladi.


Suvoq qilishdan avval devorning vertikal yoki gorizontaldan 40 mm dan ortiq og‘adigan nuqsonli joylariga metall to‘rlar tortiladi. Yog‘och yuzalarga esa reykalardan tayyorlangan yupqa taxtachalar (hit) koqiladi.
Tayyorlangan yuzalarga qorishma asosan mexanizatsiyalashgan usulda sochiladi. Ish hajmi uncha katta bo‘lmaganda yoki ishlar siqiq sharoitlarda olib borilgandagina suvoq ishlari qo‘lda bajarilishi mumkin.
Suvoq ishlari odatda xonaning yuqori qismidan (shipidan) pastki qismiga (devorlarga) qarab bajarib boriladi.
Suvoq ishlarining sifati quyidagicha nazorat qilinadi: devor sirtiga 2 metrli reja cho‘p qo‘yilganda, agar sifatli suvoq bo‘lsa 3 mm dan oshmaydigan ikkita, yuqori sifatli suvoq bo‘lsa 2 mm dan oshmaydigan ikkita, oddiy suvoq bo‘lsa 5 mm dan oshmaydigan ikkitadan ko‘p bo‘lmagan oraliq bo‘lishi kerak.

Download 104.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling