Mavzu: Loyli gruntlarning xolat ko'rsatkichlari


Download 1.88 Mb.
Sana28.12.2022
Hajmi1.88 Mb.
#1013704
Bog'liq
Loyli gruntlarning xolat ko\'rsatkichlari

MAVZU: LOYLI GRUNTLARNING XOLAT KO’RSATKICHLARI .

Reja:

  • Loyli gruntlarning holat ko‘rsatkichlari.
  • Fizik ko’rsatkichi.
  • Mustahkamlik ko’rsatkichi.
  • Zichlashuv kursatkichi.

Loyli gruntlar.
Loyli gruntlar deganda yopishqoqlik xususiyatiga ega bo‘lgan. zarralari o'zaro bog‘langan jinslar nazarda tutiladi. Ma’lumki, bunday jismlar kuch ta’sir etganda o'z shaklini o ‘zgartirib, kuch olingandan so’ng ham o'zgargan shaklini deyarli saqlab qoiadi.
Loyli gruntlar suv qo‘shilganda qatdq holdan yumshoq holatga. namlik oshirilgan sari oquvchanlik holiga oson o‘tadi.
Loyli gruntlarning holat ko‘rsatkichlari.
Loyli gruntlarning xossalari ularning namlik darajasiga qarab sezilarli darajada o‘zgaradi. O‘ta nam loyli grunt oqish qobiliyatiga ega bo‘ladi, suv shimdirilganda u yumshoq holatga, namlik yanada kamayganida esa – qattiq holatga o‘tadi.
Holat ko‘rsatkichiga ko‘ra loyli gruntning uch holati mavjud: qattiq, yumshoq va oquvchi holatlar. Namlikning yoyiluvchanlik (qotish) chegarasi (yumshoqlikning quyi chegarasi) wp va oquvchanlik chegarasi (yumshoqlikning yuqori chegarasi) wL deb ataluvchi o‘ziga xos ko‘rinishlari bu holatlar o‘rtasida chegara hisoblanadi.
Yumshoqlikning quyi chegarasiga mos tushuvchi namlikni amalda aniqlash uchun grunt qorishmasi shunday namlanadi (yoki quritiladi)ki, u taxminan 3 mm qalinlikda yoyilganida alohida bo‘laklarga ajralib ketsin. Yumshoqlikning yuqori chegarasi grunt qorishmasi namligining shunday bir holatiga mos tushadiki, bunda standart konus unga 10 mm chuqurlikka cho‘kadi. Bu chegaralarni aniqlash usullari va chegaralarning o‘zi ham ancha shartli bo‘lsada, aniqlangan wp va wL kattaliklarning aniqlik darajasi qoniqarlidir.
Loyli gruntning tabiiy namligini oquvchanlik chegarasi va yoyiluvchanlik chegarasidagi namlik darajasi bilan taqqoslash uning quyuqlik darajasiga ko‘ra holatini aniqlash imkonini beradi. Buning uchun loyli gruntlarning muhim tasniflovchi ko‘rsatkichi hisoblanadigan oquvchanlik ko‘rsatkichi IL dan foydalaniladi:
Loyli gruntlaming holati esa, aksariyat ularning namligiga hogiiq bo‘lib, namlikning o'zgarishi natijasida grunt qattiq, yumshoq va oquvchan holatlarda bo’lishi mumkin. Shuning uchun loyli gruntlar holatini chegaraviy ko'rsatkichlar yordamida o'rganish maqsadga muvofiq.
Arap grunt holatini uning namligiga bog'lab chizmada ifodalasak, unda ikki muhim chegaraviy chiziqlami ajratish mumkin (1,7-rasm).
Oquvchanlik chegarasi (W0) namlikni bir oz ortishi bilan gruntni yumshoq holatdan oquvchan holatga o'tishini ifodalaydi. Gnmtning oquvchanlik chegarasi muvozanat konusi deb nomlanuvchi maxsus moslama yordamida aniqlanadi.
Qotuvchanlik chegarasi ( Wq), bimda namlikni bir oz kamayishi gruntni yumshoq holatdan qattiq holatga o ‘tishini ifodalaydi.
Gruntning oquvchanlik va qotuvchanlik chegaralari undagi loy zarralarining miqdori va minerallar tarkibiga bog‘liq. Shuningdek. bu chegaralaming miqdor jihatidan farqi gruntning yumshoqlik ko ‘rsatkichi (Wю) deb yuritiladi: Wю = W0 - Wq
Mustahkamlik ko’rsatkichi.

E’tiboringiz uchun raxmat !!!


Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling