7-amaliy ish logistika tizimida turli transport turlarining o‘zaro hamjihatiligi Ishdan maqsad


Download 0.83 Mb.
Sana20.08.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1668643
Bog'liq
7 МАВЗУ Logistika tizimida turli transport turlarining o‘zaro hamjihatiligi


7-AMALIY ISH
Logistika tizimida turli transport turlarining o‘zaro hamjihatiligi
Ishdan maqsad:
1. Transport tizimini boshqarishning huquqiy hujjatlarini o‘rganish;
2. Transportturlari faoliyatining texnik va texnologik hamjihatligini ta’minlash borasidagi yo‘nalishlar bilan tanishish;
3. Transport turlarining tashkiliy-iqtisodiy hamjihatligi tahlil etish (ma’ruza materiallarini mustahkamlash).
Tiplashgan tashish shart-sharoitlarida boshqa (qo’shimcha) xarajatlar teng bo’lganda transport turlaridan foydalanish sferalarini chegaralaydigan teng foydali uzoqlik:

bunda , — transport jarayonining boshlang’ich va oxirgi operatsiyalarining solishtirma xarajatlari (tarif stavkalari), yuklash va tushirish, shuningdek temir yo’l va avtomobil bilan tashishlar variantida mos ravishda harakatlanuvchi tarkibni kirish-chiqish yo’llari bo’yicha berish xarajatlarini ham o’z ichiga olgan holda, so’m/t; – temir yo’l transporti bilan tashish sxemalariga bog’liq bo’lgan qayta yuklash operatsiyalarining soni (3.1 jadvalga qaralsin); — avtomobil transportidan temir yo’l transportiga va teskari qayta yuklash operatsiyalarining solishtirma xarajatlari (tarif stavkalari), so’m /t, — mos ravishda temir yo’l va avtomobil biln tashish variantlarida harakatlanish operatsiyalarining solishtirma xarajatlari (tarif stavkalari), so’m /t • km.
Olingan teng foydali uzoqlikdan kichik masofalarga tashishlarni avtomobil transportidan foydalanishning iqtisodiy foydali zonasi soxasiga, katta masofalarga tashishlarni esa - temir yo’l bilan tashish variantidan foydalanish soxasiga kiritish lozim bo’ladi.
Bajarilgan hisoblashlar shuni ko’rsataliki, avtomobil va temir yo’l transportidan iqtisodiy foydali foydalanish sferalari tashiladigan yukning turi, tashish sxemasi, avtomobillarning tipi, avtomobil yo’llarining kategoriyasi va tashishning boshqa shart-sharoitlariga bog’liq ravishda yetarlicha katta oraliqlarda tebranadi. Masalan, ommaviy yuklar uchun to’g’ridan-to’g’ri temir yo’l bog’lanishida (sxema P1-M- P2) teng foydali uzoqlik bor-yo’g’i 10-15 km ni, kichik partiyali yuklar uchun va aralash tashish sxemalarida (P1-M-A2, A1-M-A2 va boshqalar) – 200-300 km gachani tashkil qiladi. Ba’zi bir hollarda tez buziladigan mahsulotlar va shoshilinch yuklar uchun yuk avtomobillarning maxsus tiplari va yaxshi yo’llar bor bo’lganda foydali zona 1000 km va undan ham ko’proqqa yetadi, shu sababli qisqa masofali foydali tashishlar zonasini yaratishga urinish noto’g’ri bo’ladi. SHu bilan birgalikda, tashishlarning arzonroq temir yo’l varianti bor bo’lganda, ommaviy yuklar va konteynerlarni uzoq masofalarga, xususan shaharlararo va xalqaro bog’lanishlarda tashishlardan foydalanish, ayniqsa suyuq yoqilg’ining barcha turlariga narxlarning keskin oshganligini hisobga oladign bo’lsak, iste’molchilar uchun ko’pncha foydali bo’lmaydi.
Ba’zi bir hollarda tariflarning keskin tebranish sharoitlarida transport turini tanlash yuklarni tashishning ko’proq barqaror tannarx ko’rsatkichlarini taqqoslash – transport turining tashish va o’tkazish qobiliyatining yetarlicha rezervlari bor bo’lganda uning o’zgaruvchan qismi (tashishlar hajmlariga bog’liq bo’ladigan) va bu resurslar chegaralangan bo’lganda to’liq kattalik bo’yicha taqqoslashlar asosida amalga oshiriladi. Qo’shimcha xarajatlarni (yuklarning transport turlari bo’yicha turlicha bo’lgan yo’qolishlari, atrof-muhitga zarar yetkazish va boshqalar) hisobga olish eng yomon ko’rsatkichlarga ega bo’lgan transport turidan foydalanish soxasini o’rtacha 15—20% ga toraytiradi. Tashishlarning tannarxi bo’yicha tanlashda uning o’rtacha qiymatlaridan (1 yoki 10 t km ga) foydalanish mumkin emas, chunki ular tashishlarning transport turlari bo’yicha turlicha yuklanganligi va turlicha uzoqligida hisoblangan bo’ladi. Tashishlarning konkret shart-sharoitlari va masofalarida 1 t tashiladign yukka ketadigan xarajatlarni taqqoslash to’g’riroq bo’lib hisoblanadi.
Transport turlarini tanlash bo’yicha kelajak uchun (strategik) hisob-kitoblar odatda umumiy ko’rinishda quyidagi formula bo’yicha aniqlanadigan jamlanma keltirilgan ekspluatatsion-qurilish xarajatlarini taqqoslash asosida amalga oshiriladi:



bunda — tashishlar varianti (temir yo’l, avtomobil, daryo, aralash va hokazolar); — tashishlarning im-variantida joriy (ekspluatatsion) xarajatlar, so’m./t; -bir paytda qilinadigan xarajatlar samaradorligining me’yoriy koeffitsienti; –tashishlarning i- variantida talab qilinadigan solishtirma bir paytda qilinadigan xarajatlar (kapital qo’yilmalar), so’m/t; — tashishlarning /-variantida yo’ldagi yuk massasining yoki yuk egalarining aylanma mablag’larning solishtirma qiymati, so’m/t.
Tashishlarning ikkita yoki undan ko’p taqqoslanadigan variantlaridan (transport turlaridan) eng kichik keltirilgan xarajatlarni beradigani ko’proq foydali bo’ladi.
Barcha hisoblashlar, qoidaga ko’ra, yuklarni tashishning qo’shimcha hajmi uchun bajariladi, shu sababli ba’zan keltirilgan xarajatlarning o’zi ham qo’shimcha vujudga keladigan xarajatlar deb ataladi. SHu bois amaldagi transport resurslarining texnik holatini tahlil qilish o’tkaziladi, so’ngra esa yuklarning qo’shimcha oqimi qo’yilganda ularni oshirishga bo’lgan ehtiyoj aniqlanadi. Ba’zi bir hollarda, transportning ba’zi bir turlarida bo’sh qatnaydigan yo’nalishlar bo’lganda, qo’shimcha investitsiyalar kerak bo’lmasligi mumkin, bu tashishlarning bunday variantining samaradorligi va raqobatbardoshligini anchagina oshiradi.
Tashishlarning temir yo’l variantida solishtirma joriy (ekspluatatsion) xarajatlar, so'm/t,

bunda — yukni tashishga tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan solishtirma xarajatlar (idishlarga joylash, to’plash, yuklashni kutish va hokazolar), so’m/t; — yukni magistral transportga olib kelish va undan olib ketish bilan bog’lanadigan xarajatlar, so’m/t; — ko’rib chiqilayotgan yuklarni saqlash va qayta ishlash uchun zarur bo’ladigan omborlar va yuk maydonchalarini ekspluatatsiya qilish xarajatlari som/t; — yuklarni yo’lda yuklash, tushirish va qayta yuklash xarajatlari, so’m/t; — yuk operatsiyalarining soni (3.1 jadvalga qaralsin); — boshlang’ich-oxirgi operatsiyalarga qilinadigan xarajatlar, so’m/t; — harakatlanish operatsiyalari bo’yicha xarajatlar, yo’lda poezdlarni qayta shakllantirishni ham o’z ichiga olgan holda, so’m/t-km; — magistral temir yo’l transporti bilan tashish masofasi, km; — yuklarning yo’qolishi bilan bog’lanadigan xarajatlar, so’m/t, — temir yo’l transporti tomonidan atrof-muhitga yetkaziladigan zarar, so’m/t.
Xarajatlarning barcha elementlari bo’yicha solishtirma xarajatlar yukning turi, vagonlarning tipi va yuk ko’taruvchanligi, poezdlarning toifalari, tashish yo’nalishi, tortish turi, tashish sxemalari va boshqa omillarga bog’liq ravishda bevosita hisoblash yoki yiriklashtirilgan xarajat stavkalari uslubi bilan aniqlanadi.
Yuklarning yo’qolishi bilan bog’lanadigan xarajatlar yuklarning saqlanishi to’g’risidagi amaldagi ma’lumotlar yoki tabiiy yo’qolish me’yorlari asosida aniqlanadi.
Temir yo’l bo’yicha va boshqa transport turi bilan tashishda yuklarning yo’qolishi bilan bog’liq bo’lgan xarajatlardagi farqlar, so’m/t,

bunda — 1 t tashiladigan yukning bahosi; — mos ravishda tashishning temir yo’l va boshqa variantida yuk massasining yo’qolishi, %
Olingan qiymat tashishlarning yo’qolishlar ulushi katta bo’lgan varianti bo’yicha solishtirma xarajatlar bilan yig’indilanadi.
Temir yo’l transporti bilan atrof-muhitga yetkaziladigan ekologik zarar, so'm/t, mos ravishda elektrovoz va teplovoz bilan tortishda:


bunda — mos ravishda elektrovoz, teplovozning manevrlar va liniyada ishlashda atrof-muhitga yetkazadigan, belgilangan me’yorlar bo’yicha qabul qilinadigan zarari, so'm/t • km; , —mos ravishda elektrovoz va teplovozning bosib o’tish masofasi, km; — mos ravishda elektr energiyasi, kVt • ch, va dizelь yoqilg’isining, 1 mln t • km ga t, solishtirma sarflari; — teplovozning mos ravishda manevrlar va liniyada ishlash vaqti, soat.
Transportni rivojlantirishga ko’rib chiqilayotgan tashishlar hajmini o’zlashtirish uchun zarur bo’ladigan kapital qo’yilmalar konkret shart-sharoitlarga bog’liq ravishda aniqlanadi: yoki faqatgina harakatlanuvchi tarkibga (vagonlar va lokomotivlar) ketadigan xarajatlar, yoki shuningdek doimiy qurilmalarni rivojlantirishga ketadigan xarajatlar ham hisoblanadi. Umumiy holatda temir yo’l transportida talab qilinadigan solishtirma kapital qo’yilmalar, so'm/t,

bunda — bitta vagonning narxi; — ta’mirlashda bo’lgan vagonlarning ulushini hisobga oluvchi koeffitsient (o’rtacha kv = 1,15); Rst — vagonning statik yuklamasi; - lokomotiv parki va doimiy qurilmalarga bir paytda qilinadigan xarajatlarni hisobga oladigan koeffitsientlar, mos ravishda poezdlarning tipiga (to’g’ridan-to’g’ri, yig’ma va hokazolar) bog’liq ravishda aniqlanadigan boshlang’ich-oxirgi va harakat operatsiyalari bo’yicha talab qilinadigan vagonlar parkining qiymatidan ulushlarda; — vagonlarning bo’sh yo’l bosishining yuk bilan yo’l bosishiga nisbati sifatida aniqlanadigan koeffitsi­ent.
Zarurat bo’lganda shuningdek ularning idoraviy bo’ysunishi yoki muokchilik turidan qat’iy nazar, yuklash-tushirish mexanizmlarini rivojlantirishga solishtirma kapital qo’yilmalar ham hisoblanadi, so'm/t:

bunda — yuklash-tushirish mexanizmining (mashinasining) ulgurji narxi; — ko’rib chiqilayotgan yuklash-tushirish mexanizmining yillik o’rtacha unumdorligi.
SHundan kelib chiqqan holda, transportni rivojlantirishga ko’rib chiqilayotgan tashishlar hajmini o’zlashtirish uchun zarur bo’ladigan kapital qo’yilmalar, so'm/t,


bunda — harakatlanuvchi tarkibga talab qilinadigan solishtirma kapital qo’yilmalar, so’m/t; — transportning doimiy qurilmalarini rivojlantirishga talab qilinadigan solishtirma kapital qo’yilmalar, so’m/t; — ombor xo’jaligini rivojlantirishga talab qilinadigan solishtirma kapital qo’yilmalar (qurilishning smeta bahosi va omborning qayta ishlash qobiliyati bo’yicha yetarlicha rezervlar bo’lmaganda aniqlanadi), so'm/t.
Etkazib berish muddatlari yukning jo’natuvchining omboridan qabul qilib oluvchining omborigacha butun ko’chish vaqtini hisobga olishi lozim, boshlang’ich, oraliq va oxirgi punktlarda yuk operatsiyalarini bajarishga ketadigan vaqt va turib qolish vaqti ham shu hisobga kiradi. Yen bir paytda qilinadigan xarajatlar samaradorligining me’yoriy koeffitsienti barcha taqqoslanadigan tashish variantlari uchun bir xil qilib qabul qilinadi (odatda Yen = 0,12 0,15).
Avtomobil bilan to’g’ridan-to’g’ri tashish variantida solishtirma joriy (ekspluatatsion) xarajatlar

bunda S1, Sd — mos ravishda o’zgaruvchan solishtirma xarajatlar va avtomobilning 1 km yo’l bosishiga to’g’ri keladigan yo’l tarkib toptiruvchisi, so’m/t-km; la — yukni avtomobil transporti bilan tashish masofasi, km; qH — avtomobilning nominal yuk ko’taruvchanligi, t; γ — avtomobilning yuk ko’aruvchanligidan foydalanish koeffitsienti, yukning klassiga bog’liq ravishda qabul qilinadi; βa — avtomobilning yo’l bosishidan foydalanish koeffitsienti, harakatlanuvchi tarkibning tipi va tashish uzoqligiga bog’liq ravishda qabul qilinadi; ks — ijtimoiy sug’urtalashga ajratmalarni xisobga oladigan koeffitsient; S2, S3 — avtomobillarning haydovchilari uchun mos ravishda 1 t va 1 t km uchun ishbay haq to’lash tariflari, som; S4 — tashishlar hajmlariga bog’liq bo’lmagan solishtirma doimiy xarajatlar, r./avtomobil-soat; te — avtomobilning bir marta qatnash vaqti, yuklash, tushirish va avtomobilning harakatlanishini o’z ichiga olgan holda.
Avtomobil transportini rivojlantirishga Ka solishtirma kaptal qo’yilmalar, so’m/t, ko’rib chiqilayotgan yukning turiga mos keladigan talab qilinadigan avtomobillar parki va avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruktsiyalashni ham o’z ichiga olgan holda zaruriy doimiy qurilmalarning qiymatini hisobga oladi:



bunda TSa — avtomobilning ulgurji narxi; Kapu — doimiy avtotransport qurilmalari va avtomobil yo’llari qurilishi qiymatining avtomobillar parkining qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadigan koeffitsient (o’rtacha sharoitlarda Kapu=2,5); αv - avtomobillarning liniyaga chiqish koeffitsienti (o’rtacha sharoitlrda av = 0,75); Tn — avtomobilning o’rtacha naryadda bo’lish vaqti (o’rtacha sharoitlarda Tn = 9,5 ch).
Avtotransport vositasi bilan atrof-muhitga yetkaziladigan ekologik zarar, so'm/t,

bunda — avtomobildan atrof-muhitga yetkazilgan solishtirma zarar kattaligi, so'm/(t-km).
Xarajatlarning barcha elementlarini yig’indilash tashishlar variantlari bo’yicha solishtirma keltirilgan xarajatlarning umumiy qiymatini beradi. Zarurat bo’lganda xarajatlarning tashishlarning variantlari bo’yicha farq qiladigan boshqa elementlari ham hisobga olinadi. Variantlar bo’yicha solishtirma xarajatlar o’xshash va teng bo’lganda (masalan, yuklash va tushirishda) yig’indi keltirilgan xarajatlarda ular hisobga olinmaydi.
Yuklarni tashishning tanlangan variantidan keladigan iqtisodiy samara (masalan, to’g’ridan to’g’ri avtomobil bilan tashish variantini temir yo’l varianti bilan solishtirganda):

bunda (Qgr — ko’rib chiqilayotgan yukni tashishning umumiy hajmi, t.
Transport turini tanlash jaryonini tezlashtirish uchun ko’pincha ulardan samarali foydalanishning oldindan hisoblangan istiqbolli sferalaridan foydalaniladi. Bu sferalar yuqorida keltirilgan formulalar bo’yicha aniqlanadi, biroq hisoblashlar tashishlarning shartli hududlari (masofalar) bo’yicha olib boriladi. Masalan, avtomobil va temir yo’l transportining qo’llanilish sferalarini aniqlashda hisoblashlar avtomobilning tipi va temir yo’l varianti bo’yicha tashish sxemalariga bog’liq ravishda 10, 30, 50, 100, 200 km masofaga amalga oshiriladi.
Quvur tarmoqli transportning samaradorligi yuk oqimining quvvati, quvurlarning diametri, tarmoq o’tkazilgan joyning shart-sharoitlari, haydash stantsiyalarining soni va texnik jihozlanlanganligi bilan belgilanadi. Bu transport turini tanlashda ham hisoblashning yuqorida ko’rsatilgan uslublaridan foydalanilgan.


Asosiy adabiyotlar

  1. Транспортная логистика. Учебник для транспортных вузов. /Под общей редакцией Л.Б.Миротина. –М.: Издательство “Экзамен”, 2003. -512 с.

  2. Bo‘taev SH.A., Sidiqnazarov Q.M., Murodov A.S., Qo‘ziev A.O‘. Logistika.-Termiz, SURXON-NASHR, 2021.-693 b.

  3. Samatov G’.A. Logistika. Darslik. T.:, 2020.-655 b.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling