Nazorat savollari:
Axborot Xafvsizligida xavflarni boshqarish strukturasi qanday usullardan tashkil topgan?
Risklarini tahlil qilish jarayoni ular haqida yetarlicha ma’lumotlarga ega bo‘lgan holda axborotlar xavfsizligini ta’minlash imkoniyatini beradi. Bu turdagi xavfsizlik nazoratlari xavfsizlikni nazorlatlashni yaxshi ta’minlash, zaifliklarni aniqlash va hisoblab borish hamda tahdidlarning ta’sirlarini baholab boradi.
Ko‘pgina hollarda xavflarni baholash qanday tizimda qo‘llanilishi yoki axborotlarning qanchalik ahamiyatliligiga bog‘liq ravishda amalga oshiriladi va dasturiy tomondan o‘rnatiladi.
ma’lumotlar yashirilgan, o‘zgartirilgan, o‘chirilgan yoki foydalanishni ruxsatsiz qilinganligi;
Xavf-xatarlarni boshqarish strukturasidagi detalli usul nimalardan iborat?
Detalli usul strukturasi (mufassal, to‘laroq usul). Ushbu usul aniq tashkil qilingan barcha tizimlar uchun boshlang‘ich ma’lumotlarni tartibli tahlil qilish, xavfsizlikni buzish xavflarini baholash va himoya vositalarini tanlash asosida aniqlanadi. Detalli tahlil qilishda mavjud xavflar quyidagi qarashlar asosida tekshiriladi.
Malumotlarni uzatish tarmoqlarida Axborot xafvsizligini himoyalash strukturasi qanday parametrlar asosida quriladi?
Hozirgi kunda MUTda xavfni strukturaviy tahlil qilishning jadvalli usulidan foydalaniladi. Bu usulda korxonaning fizik resurslarini baholashni sonli ko‘rsatkichlarini aniqlash nuqtai nazaridan ishga qobiliyatli resurslar qayta tiklanadi yoki almashtiriladi. Resurslarni baholashda mavjud dasturiy vositalar yordamida ularni qayta tiklash yoki almashtirishga ketadigan sarf-xarajatlar aniqlanadi. Umumiy holda ko‘riladigan bo‘lsa, qabul qilingan dasturiy ta’minot resurslarni maxfiyligiga yoki butunligiga quyiladigan maxsus talablarga ega bo‘ladi. Masalan: dasturiy ta’minot yuqori qiymatga ega bo‘lishi kerak, axborot resurslarini qiymatini ifoda etishda bu resurslarni baholash o‘tkazilishi kerak. Jadvalli usulda salbiy ta’sirlarni keltirib chiqaradigan omillar va ko‘rsatilgan zaif joylarda tahdidlarni ro‘y berish ehtimolligi tasvirlanadi. Quyida jadvalli usulda xavfni tahlil qilish namunasi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |