7-amaliy ish mavzu: Axborot aktivlarini hoyotiy davrini boshqarish Ishdan maqsad


Download 65.63 Kb.
bet7/12
Sana09.11.2023
Hajmi65.63 Kb.
#1759483
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7 amaliy ish mavzu Axborot aktivlarini hoyotiy davrini boshqari

Nazorat savollari:


  1. Axborot tizimlarining shikastlanishlarini minimumga keltirish uchun nima qilish zarur?

Axborot tizimlarining shikastlanishlarini minimumga keltirish uchun o‘zgarishlarni boshqarishning rasmiy protseduralarini belgilash, hujjatlashtirish va joriy etish kerak. Mavjud tizimlarga yangi tizimlarni va ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zgarishlarni kiritish hujjatlashtirish, spetsifikatsiya qilish, testdan o‘tkazish, sifatini tekshirish va boshqariladigan joriy etishning rasmiy jarayoniga mos kelishi kerak.




  1. O’zgarishlar protseduralari nimalarni o‘z ichiga olishi kerak?

a) avtorizatsiya qilish kelishilgan darajalarining bayonnomasini yozish;


b) o‘zgarishlar faqat tegishli ravishda avtorizatsiya qilingan foydalanuvchilar tomonidan kiritilishini ta’minlash;
s) foydalaniladigan tizimlarning butligini ta’minlovchi boshqarish mexanizmlari va protseduralarini tahlil qilish;
d) barcha dasturiy ta’minotni, axborotlarni, ma’lumotlar bazasi va o‘zgartirish talab qilinadigan apparat vositalarini identifikatsiya qilish;
e) ish boshlashdan avval o‘zgarishlar uchun batafsil takliflarning rasman ma’qullanishiga erishish;
f) avtorizatsiya qilingan foydalanuvchilar tomonidan taklif qilinayotgan o‘zgarishlarni ular bevosita amalga oshirilguncha qabul qilinishini ta’minlash;
g) har bir o‘zgarish tugaganidan so‘ng tizim hujjatlari komplektini yangilash va eski hujjatlarni arxivlashtirish yoki utilizatsiya qilish;
h) dasturiy ta’minotning barcha yangilanishlari uchun versiyalarni nazorat qilishni ta’minlash; i) o‘zgarishlar uchun barcha talablarni audit jurnalida ro‘yxatga olish;


  1. Yashirin kanallar deganda nimani tushunasiz?

Yashirin kanallar - bu axborot oqimlarini uzatish uchun mo‘ljallanmagan, lekin shunga qaramay tizim yoki tarmoqda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘llar. Masalan, telekommunikatsiyalar bayonnomasida paketlarida boshqaruvchi bitlardan signallar uzatishning yashirin metodi sifatida foydalanish mumkin. Tabiatan barcha mumkin bo‘lgan yashirin kanllarni oldindan bartaraf qilish qiyin, agar umuman mumkin bo‘lsa. Shunga qaramay, bunday kanallardan ko‘pincha «troya otlari» dasturida foydalaniladi (10. 4. 1), shuning uchun troya kodidan muhofaza qilishning qabul qilingan choralari yashirin kanallardan foydalanish xavfini kamaytiradi





Download 65.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling