7-amaliy mashg’ulot ipdan turli choklarni tikish usullari. Ipdan turli o’yinchoqlar yasash. Reja
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
7-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogik vazifalar
- Texnika xavsizligi qoidalari yodga solinadi. Nina bilan ishlash qoidalari
- Ipdan choklarni tikish ishlariga oid ma’lumotlar
- Ipdan o’yinchoqlar yasash texnologiyasi
- Yasash bosqichlari
- Mustaqil ish topshiriqlari
7-amaliy mashg’ulot IPDAN TURLI CHOKLARNI TIKISH USULLARI. IPDAN TURLI O’YINCHOQLAR YASASH. Reja: 1. Ip va chok turlari haqida ma’lumot berish. 2. Ipdan choklarni tikish ishlariga oid ma’lumotlar berish. 3. Ipdan choklarni tikish texnologiyasini tushuntirish. 4. O’yinchoqlar to’g’risida ma’lumot berish. 5. Iplar to’g’risida ma’lumot berish. 6. Ipdan o’yinchoqlar yasash texnologiyasi. Amaliy mashg’ulotning maqsadi: CHok turlari haqida ma’lumot berish. Ipdan choklarni tikish haqida tushunchalar berish. Ipdan choklarni tikish texnologiyasini tushuntirish. O’yinchoqlar va iplar to’g’risida ma’lumot berish. Ipdan o’yinchoqlar yasash texnologiyasini o’rgatish. Pedagogik vazifalar: • talabalarning ipdan choklarni tikish haqidagi bilimlarini aniqlash; • ish joyini to’g’ri tashkil qilish bo’yicha ma’lumotlar berish; • ipdan choklarni tikish haqida tushunchalar berish; • ipdan choklarni tikish texnologiyasini tushuntirish. – talabalarning o’yinchoqlar va iplar to’g’risidagi bilimlarini aniqlash; – ipdan yasalgan o’yinchoqlar bo’yicha ma’lumotlar berish; – ipdan o’yinchoqlar yasash texnologiyasini tushuntirish. • Ta’lim usullari: Tushuntirish, “Aqliy hujum” metodi, amaliy ish, ko’rgazmalilik. Ta’lim vositalari: Metodik qo’llanmalar, texnik vositalar, ko’rgazmalar, mato turlari, ip turlari, qaychi, igna, ip, angishvona. Mashg’ulotni boshlashdan oldin o’quvchilarning bilimlarini aniqlash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida savollar beriladi. 1. CHoklardan nima uchun foydalaniladi? 2. Qanday chok turlari mavjud? 3. Qaysi ip turlaridan choklarni tikish mumkin? 4. Texnika xavfsizligi qoidalarini bilasizmi? 5. Ninadan foydalanish qoidalarini bilasizmi? 6. Qaysi ip turlaridan o’yinchoqlar yasash mumkin? 7. O’yinchoq qanday predmet? 8. Iplardan nimalar yasash mumkin? 9. Ipdan o’yinchoqlar yasash texnologiyasini bilasizmi? 10. Qanday ip turlarini bilasiz? Texnika xavsizligi qoidalari yodga solinadi. Nina bilan ishlash qoidalari: 1. Ninani ishlatib bo’lgach, maxsus nina yostiqchaga sanchib qo’ying. 2. Ninani hech qachon og’zingizga olmang. 3. Ortiqcha ninalarni ignadonda quruq holatda saqlang. 4. Ishdan oldin va ishdan keyin ninalarni sanab ko’ring, etishmagan ninalarni albatta toping. 5. Qog’oz va kartondan narsalarni yasaganda birinchi teshikni albatta bigiz bilan teshib oling. Ipdan choklarni tikish ishlariga oid ma’lumotlar: 1. Ip va tola turlari bilan tanishtirish. 2. Kerakli uzunlikdagi ipni o’lchash, uni qirqish. 3. Ninaga ip o’tkazish, tugun hosil qilishni o’rgatish. 4. CHok turlari bilan tanishtirish. Ipdan o’yinchoqlar yasash texnologiyasi Amaliy ishni boshlashdan oldin o’qituvchi o’quvchilar ish joyini tekshirib chiqadi. Kamchiliklar bo’lsa to’g’irlashni maslahat beradi. Bugun sizlar bilan to’quv iplaridan jo’ja tayyorlaymiz. Yasash bosqichlari: 1- bosqich: Qattiq kartondan o’rtasi teshik ikkita halqa tayyorlanadi. 2- bosqich: Halqalarga sariq ip o’raladi. 3- bosqich: O’ralgan iplar qaychi bilan qirqiladi. 4- bosqich: Ikki halqa ajratiladi va ipning o’rtasi qalin ip bilan bog’lanadi. 5- bosqich: Dumaloq paxmoq hosil bo’ladi. 6- bosqich: Jo’jani ko’zlari mato parchalaaridan tayyorlanadi. 7- bosqich: Dars yakunida barcha ishlar namoyish etish uchun qo’yiladi va o’quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinadi. Ipni bog’lash usulida o’yinchoqlarga shakl berish usullari Mustaqil ish topshiriqlari: 1. Zanjir chokini tiking. 2. Zanjir choki asosida gul shaklini tiking. 3. Ipdan qo’g’irchoq yasang. 4. O’yinchoq turlarini tahlil qiling. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling