2-amaliy mashg‘ulot: Ipdan turli choklarni tikish usullari. Mashg‘lotning maqsadi


Download 0.73 Mb.
Sana02.04.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1321118
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulotIpdan turli choklarni tikish


2-amaliy mashg‘ulot: Ipdan turli choklarni tikish usullari.
Mashg‘lotning maqsadi: Gazlamalar bilan ishlashga o‘rgatish, ijod qilishga o‘rgatish.
Dars uchun kerakli jihozlar: Gazlama, rangli iplar, qaychi, igna, qog‘oz, qalam, illyustratsiyalar, kitob, ko‘rgazmali qurollar.
Mashg‘lotda foydalanadigan usul: Bu darsni musobaqa va tanlov
tarzida o‘tkazish mumkin.
I.Tashkiliy qism:
3 bosqichdan iborat bo‘lib, unda salomlashish, o‘quv xonasining
sanitariya-gigienik holati, talabalarning mashg‘ulotga tayyorgarligi,
davomat, o‘tilgan mavzuni aniqlash, diqqatni jamlash.
II.Mashg‘ulotning rejasi:
1. Chok turlari bilan tanishtirish.
2. Ertak qahramonlarini tasvirini ishlash.
III.Yangi mavzuni tushuntirish qismi.
Yangi mavzu bo‘yicha talabalar savollariga o‘qituvchi javob berganidan so‘ng amaliy ish qismiga o‘tiladi.
Mehnat ta’limi tasviriy san’at darslarida ertaklar asosida tasvirlar ishlash o‘quvchi va talabalar uchun qiziqarli mavzulardan bo‘lib, ushbu dasda bajariladi. Buning uchun, albatta, talabalarning grafik savodxonligi
yaxshi bo‘lishi kerak.
Ya’ni gazlamaga biror ertak qahramoni tasvirini tushirishdan avvalo uni qog‘ozga yaxshilab chizib, bo‘yab olinadi. Tasvir va rang aniq bo‘lganidan so‘ng, uni bor yoki qalam bilan gazlamaga chizib
olinadi.
So‘ngra biror mos chok turi asosida tikib to‘ldirib chiqiladi. Bunga albatta rangli iplar zarurdir.
Darsda asosan o‘zbek ertaklari va boshqa xalqlar eataklaridan foydalaniladi. Talabalar bu ertaklar Bilan tanishgan bo‘lishlari kerak. Mavzu uchun “Zumrad va Qimmat”, “ Yoriltosh”, “Uch og‘a-ini botirlar”,
“ Ayoz bobo”, “ Qor malikasi”, “ Qirol sher”, “Knyaz Gvidon», “Sariq devni minib” kabm ertaklarni tanlash mumkin. Dars “Chaqiriq” usulida olib boriladi va talabalarni ijodiylikka undaladi. Bajariladigin ishlar kelgusi darsda yakunlab kelish uyga vazifa qilib beriladi va baholanadi.
IV.Baholash qismi.
Dars so‘ngida yaxshi ishlangan ishlarni talabalarga ko‘rsatib tahlil
qilinadi. So‘ngra talabalar ishlari baholanadi.
V.Uyga vazifa berish.
Ushbu dars bo‘yicha vazifa qilib bitmay qolgan ishlarni bitkazib
kelish aytiladi. v
Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling