7-amaliy mashg’ulot. Mavzu: Ta’lim muassasasi menejmenti Reja
Download 17.34 Kb.
|
7-amaliy hemis
- Bu sahifa navigatsiya:
- Test topshiriqlari
7-amaliy mashg’ulot. Mavzu: Ta’lim muassasasi menejmenti Reja: Ta’lim muassasasi menejmenti xaqida tushuncha. Ta’lim muassasasini boshqarish. Ta’lim muassasasi Ustavi, raxbarlik va boshqaruv tizimini aniqlovchi xujjat. Ta’lim muassasasini ichki boshqaruvi. Ta’lim muassasasida metodik ishlarni tashkil etish. Ta’lim sifati monitoringi. II. Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar. Nazorat uchun savollar: Ta'lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarishga ta'rif berish? Menejment, ta'lim muassasasi menejmenti deganda nimani tushunasiz? Ta'lim sohasini boshqarish qaysi subyektlar tomonidan amalga oshiriladi? Ularning vakolatlariga nimalar kiradi? Ta'lim muassasasida jamoatchilik boshqaruvi qanday amalga oshiriladi? «Umumiy o'rta ta'lim to'g'risida»gi Nizomga ta'rif bering. «O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi to'g'risida»gi Nizom haqida gapirib bering. Ta'lim muassasasi Ustaviga ta'rif bering Ta'lim muassasasini boshqarish tamoyillarini aytib bering. 299 Ta'lim muassasasida ichki boshqaruvning vazifalarini ko'rsating. Pedagogik Kengashning vazifalari nimalardan iborat? Direktor va uning o'rinbosarlari vazifalarini ayting. Ta'lim muassasasida metodik ishlar qay tarzda amalga oshiriladi? Metodik Kengash va metodik birlashmalarning faoliyati haqida gapirib bering. Pedagog kadrlar malakasini oshirishdan maqsad nima? U qanday amalga oshiriladi? Test topshiriqlari: 1. Qaysi javobda o'qituvchilarning professional malakasini oshirishning samarali shakllari ko'rsatilgan? a) maktab kengashi, pedagogik kengash, metodik kengash; b) dars, praktikumlar, seminarlar, laboratoriya va fakultetiv mashg'ulotlar; c) metodbirlashmalar, pedagogik o'qishlar, malaka oshirish institutlari, ilmiy-amaliy anjumanlar, muammoli seminarlar; d) O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni, «Umumiy o'rta ta'lim maktabi to'g'risida»gi Nizom, «Umumiy o'rta ta'lim maktabi Ustavi»; e) pedagogik oliy o'quv yurtlari. 2. Maktabda metodik ishlarning asosiy shakllari qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan? a) metodbirlashmalar, metodik Kengash, metodik operativ yordam; b) metod kabinet, ilg'or tajriba maktabi, individual metodik ish, ochiq darslar; c) maktab kengashi, Pedagogik Kengash, Metodik Kengash; d) o'quv dasturi, o'quv qo'llanmalarini o'rganish, metodik qayta ishlanmalar, mustaqil ta'lim; 300 e) ilg'or pedagogik tajribalami to'plash, psixologik-pedagogik va o'quv-metodik adabiyotlar, dasturlar va darsliklarni o'rganish. Download 17.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling