7-amaliy mashg’ulot Mavzu
Download 348.86 Kb. Pdf ko'rish
|
Kanal sathda ma’lumotlar almashinishni tshkil qilishning hususiyatlari. Ma’lumotlarni asinxron va sinxron uzatish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli jihozlar
7-amaliy mashg’ulot Mavzu: Kanal sathda ma’lumotlar almashinishni tshkil qilishning hususiyatlari. Ma’lumotlarni asinxron va sinxron uzatish. Ishdan maqsad: OSI modeli bilan tanishish va kanal satxi haqida tushunchaga ega bo’lish. Kerakli jihozlar: Kabellar, kompyuter, Cisco Packet Tracker. Kanal sathi (Data Link layer) – bu sathda uzatish muhitiga ulanish mumkin yoki mumkin emasligini tekshirish, hamda uzatilayotgan ma’lumotlardagi xatoliklarni aniqlash va ularni to’g’irlash mexanizmini amalga oshirish kabi vazifalar bajariladi. Buning uchun kanal sathida bitlar ketma-ketligi kadrlar (frames) deb ataladigan to’plamlarga guruhlanadi, Kanal sathi har bir kadrni to’g’ri uzatilishini ta’minlab beradi. Buning uchun hamda kadrni kadrdan ajratib turish uchun kanal sathi har bir kadrni boshlanishidan avval va ohirida maxsus bitlar ketma-ketligini joylashtiradi. Har bir kadrning baytlari ma’lum bir yo’l Bilan ishlanib nazorat qilish summasi hisoblanadi va u ham kadr tarkibiga qo’shilgan bo’ladi. Kadr tarmoq orqali o’z manziliga yetib kelganida, uni qabul qilib olgan stantsiya ham nazorat qilish summasini qayta hisoblaydi va kadrda birga yuborilgan nazorat qilish summasi bilan solishtiriladi. Agar ular bir xil bo’lsa kadr to’g’ri yetib kelgan hisoblanadi va qabul qilinadi. Lokal kompьyuter tarmoqlarida kanal sathi protokollaridan kompьyuterlar, ko’priklar kommutatorlar va marshrutizatorlar foydalanadilar. Kanal sathi protokollariga misol qilib - Ethernet, Token Ring, FDDI, l00VG-AnyLAN protokollarini keltirish mumkin. Ma’lumotlarni sifatli uzatishni ta’minlash vazifalari kanal sathi bilan birga, undan yuqoriroqda turgan tarmoq va transport sathlari vazifalariga ham kiradi. IEEE 802.x standartlarining tuzilishi 5.1-rasmda keltirilgan. IEEE 802.x standarti yettita sathli OSI modelining ikki quyi sathlari – fizik va kanal sathlariga tegishli bo’lgan standartlar to’plamidan iboratdir. Bunga sabab lokal kompьyuter tarmoqlarining o’ziga xos jihatlarini, aynan shu sathlarning ifodalashidir. Yuqori sathlar, ya’ni tarmoq sathi va undan yuqorida joylashgan sathlar esa, lokal hamda global kompьyuter tarmoqlari uchun umumiy bo’lgan xususiyatlarni kasb etar ekan. Bu standartlarga asosan lokal kompьyuter tarmoqlarining kanal sathi ikkita sath osti sathlariga bo’linadi: • LLC (Logical Link Control) - ma’lumotlarni uzatishni mantiqiy boshqarish sath osti sathi. • MAC (Media Access Control) - ma’lumotlarni uzatish muxitiga bog’lanishni boshqarish sath osti sathi. LLC sathi – kompьyuterlar o’rtasida ma’lumotlarni har-xil darajadagi ishonchlilik bilan uzatishni amalga oshirish uchun javob beradi, hamda tarmoq sathi bilan ulanuvchi interfeys vazifasini bajaradi. Tarmoq sathi, LLC sathi orqali, kanal sathidan o’ziga kerak bo’lgan ma’lumotlarni uzatish amaliyotini, ya’ni transport hizmatini unga kerak bo’lgan sifatda bajarib berishni so’raydi. MAC sathi esa – kompьyuterlar birgalikda foydalanadigan umumiy shina yoki halqa topologiyali muxit vaqtini ma’lum bir algoritm asosida taqsimlab, tarmoqni to’g’ri ishlashini 5.1-rasm. IEEE 802.X standarti strukturasi ta’minlab beradi. MAC sathi yordamida uzatish muhitiga murojaat qilishga ruxsat olingandan so’ng, LLC sathi tomonidan ma’lumotlarni mantiqiy birliklarini, axborot kadrlarini, har-xil darajadagi sifat bilan uzatish, ya’ni transport hizmati amalga oshiriladi. Lokal kompьyuter tarmoqlarining har-bir texnologiyasi tavsifi ikki qismga bo’lingan bo’ladi: 1. MAS sathi tavsifi. 2. Fizik sathi tavsifi. 3.1.- rasmdan ko’rinib turibdiki MAS sathining yagona protokoliga, fizik sath protokollarining bir-nechta variantlari to’g’ri keladi. Barcha texnologiyalarning kanal sathi uchun esa umumiy bir-nechta ish rejimli LLC protokol tasvirlangan. IEEE institutidan boshqa joyda ishlab chiqilgan lokal tarmoq standartlari ham 802.2 bo’lim tomonidan ishlab chiqilgan LLC sathi protokoliga moslangan bo’lishi kerak. Download 348.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling