7-amaliy mashg‘ulot. Mavzu: Yer resurslarini boshqarishda axborot ta’minoti. Maqsad: Talabalarda yer resurslarini boshqarishda axborot ta‟minoti to„g„risidagi tushunchani shakllantirish. Mashg‘ulotning jihozi


Yer resurslarini boshqarishda axborotlardan foydalanish tizimi


Download 25.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana04.11.2023
Hajmi25.8 Kb.
#1745901
1   2
Bog'liq
YRB.7-Amaliy mash.

Yer resurslarini boshqarishda axborotlardan foydalanish tizimi. 
Yerdan foydalanishni asoslangan, samarali boshqarish, keng ma‟nodagi bu 
tushuncha, yer resurslari haqida har tomonlama, ishonchli axborotlar talab qiladi. 
Bundan tashqari o„z vaqtida, katta hududda keng ko„rsatkichlar bo„yicha ro„yxatga 
ega bo„lish xo„jalik ekspluatatsiyasi va taqsimlanishi tarkibida doimo o„zgarishlar 
bo„lib turishini aniqlaydi. 
Yer resurslari haqida informatsiya ma‟lum talablar bilan ko„ndirilishi kerak: 
1) yerdan foydalanishning boshqarish uchun barcha zaruriy tavsiflarni qamrab 
olish va ularga aniq miqdoriy ta‟rif berish; 
2) Har bir ushbu laxzada ishonchli bo„lishligi;


3) Mamlakatning butun hududini qamrab olishligi. 
Sanab o„tilgan talablarga javob beruvchi olingan ma‟lumotlar an‟anaviy 
uslublar yordamida yerni o„rganish va kartografiya qilish amalda mumkin emas 
(quruqlikdagi tasvirlar va taftish qilishlar). 
Yer resurslarini o„rganishning quyidagi bosh yo„nalishlari belgilanadi: 
1) Aerokosmik vositalardan foydalanish asosida aviatsiyali, kosmik va quruqlik 
uslublarini takomillashtirish va kompleksnatsiyalashtirish. 
2) Kartografik uslub bilan. 
3) Matematik uslublar va EXM foydalanish. 
Ana shularga asoslanib vazifalar qo„yiladi. 
Yer resurslari to„g„risidagi axborotlardan quyidagi maqsadlarda 
foydalaniladi: 
- davlat yer kadastri yuritish; 
- yer monitoringini yuritish; 
- yer tuzish ishlarini tashkil qilish; 
- yer fondidan maksadli va oqilona foydalanish buyicha chora-tadbirlar ishlab 
chiqish; 
- yerlarni muhofaza qilish tadbirlarini o„tkazish; 
- yer resurslarini davlat tomonidan nazorat qilish; 
- yer resurslarini boshqarishga doir fiinksiyalarni amalga oshirish va h.k. 
Yer resurslari to„g„risidagi yagona axborotlar bazasini shakllantirish ishlari 
natijasida yer kadastri va yer monitoringini o„tkazishda foydalanilgan yerlarda 
o„tkazilgan tuproq, geobotonik, gidrogeologik va boshqa tadqiqotlar, yerdan 
foydalanuvchilarni ro„yxatga olish, yerlarni miqdoriy hisobga olish, tuproq 
bonitirovkasi va yerlarning qiymat baholari ma‟lumotlaridan tashkil topgan 
respublika yer resurslarini boshqarishning markaziy axborotlar tizimi yaratiladi. 
Yer resurslari to„g„risidagi axborotlar ma‟lum davr uchun aniq sifat va 
miqdor ko„rsatkichlarida ifodalanadi. 
Yer resurslari holati to„g„risida tezkor ma‟lumotlar, hisobotlar, ilmiy 
prognozlar, mavzuli xaritalar va boshqa materiallar tuzilib chiqiladi va ular tegishli 
davlat organlariga takdim etilib boriladi. 
 

Download 25.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling