7-amaliy mashg‘ulot Oqimli chiziqni tashkil etish Ishdan maqsad
Download 29.9 Kb.
|
7.-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.1 Asosiy tushunchalar
7-amaliy mashg‘ulot Oqimli chiziqni tashkil etish Ishdan maqsad: oqimli liniyani tashkil etish, oqimli liniyaning asosiy parametrlarini aniqlash, ishlab chiqarilgan mahsulot maromi (ritmi) ni aniqlash bilim va ko’nikmalariga ega bo’lish. 3.1 Asosiy tushunchalar Ishlab chiqarishning texnik darajasi ishlab chiqarish vositalarining rivojlanganligi hamda texnologiya ilg’orligi saviyasi bilan, tashkiliy darajasi esa – ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni uyushtirish taraqqiy etganlik saviyasi, jarayonlarning tashkil etilish darajasi bilan ajralib turadi. Tahlil ishlab chiqarish sikli, mahsulot sifati, uning mehnat talabligi va tannarxi kabi ko’rsatkichlarga ta’sir ko’rsatadigan mavjud texnologiya, ishlab chiqarishning tashkil etilganligi, mehnat va boshqaruvning yutuq va kamchiliklarini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Quyidagilar texnik tahlil qilinishi shart: • ishlab chiqarish jarayoni xarakteri, uning asosiy elementlari, operatsiyalar takrorlanuvchanlik darajasi; • ish joylarining texnologik jihozlanish darajasi (qo’llanilayotgan texnologiyalar jihozlar va uskunalar ilg’orligi; ishlab chiqarishning mexanizatsiyalanish va avtomatlashuv darajasi); • texnologik jarayonlar va uskunalarning o’rtacha yoshi; • ishchi xodimlar mehnatining fondlar bilan ta’minlanganligi va h.k. Tashkiliy tahlil quyidagilarni qamrab oladi: • ishlab chiqarishning ixtisoslashish va kooperatsiyalashish darajasi, • mazkur sex yoki uchastkada ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilishning asosiy tamoyillarini ro’yobga chiqarish darajasi; • ishning tashkil etilganligi (ishchi brigadalari soni va tarkibi, ularning ixtisoslashuvi va malakasi, ishchilar tomonidan kasblarning qo’shib olib borilishi, ishlab chiqarish me’yorlari va ularning bajarilishi); • ishchi joylariga xizmat ko’rsatish tizimi (asboblar va butlovchi qismlar bilan ta’minlash, uskunalarni ko’zdan kechirish va ta’mirlashni amalga oshirish); • texnologik uskunalar ishining smenalilik koeffitsienti; • ish vaqtining yo’qotilishi; • kadrlar ko’chuvchanligi, shikastlanish ko’rsatkichlari va h.k. Ishlab chiqarishni uyushtirishning oqimli shaklini qo’llash texnik, tashkiliy va iqtisodiy asosga ega bo’lgan muayyan sharoitlar mavjud bo’lishini talab qiladi. Oqim tashkil etishning texnik imkoniyatlari ishlab chiqarish jarayonining takror(lanib) keladigan asosiy elementlari muntazamlik darajasi, uni differentsiatsiyalash (alohida qismlarga ajratish) imkoniyatlari, texnologik jarayonlar xarakteri, mahsulot konstruktsiyasi texnologiyabopligi, ularni ta’mirlash va tayyorlashning mehnat talabligi bilan belgilanadi. Hatto bir seriyaga oid bir nomdagi tortuv harakat tarkiblari detal va yig’uv birliklari, odatda, turli o’lcham va yedirilish xarakteriga ega bo’lib, bu texnologiya jarayonining ta’mirlash hajmi va xarakteriga, uning mehnat talabligiga, material va energoresurslar sarfiga ko’ra chetlashib ketishiga sabab bo’ladi. Qo’shimcha chetlashishlar modernizatsiyalash ishlari o’tkazilishi tufayli yuzaga keladi. Ko’rsatilgan sabablar tiklanadigan hajmi va xarakteri katta chetlashishlarga ega bo’lmagan yig’uv birliklari detallarini qismlarga ajratish va yig’ish hamda ularni tiklashda qo’llash imkonini berish bilan teplovoz ta’mirlash ishlab chiqarishida oqim tashkil etishda katta qiyinchiliklar hosil qiladilar. Tadqiqotlar ko’rsatadiki, bir xil seriyali tortuv harakat tarkiblarini kapital ta’mirlashda mehnat sig’imi farqi faqatgina 30% holllardagina o’rtacha qiymatdan 20% ga chetlashadi, qolgan 70% hollarda chetlanish 30... 50% ni tashkil qiladi. Bunday chetlanishlar ishchi kuchi va jihozlardan to’liq foydalanmaslik, ish ritmini buzilishi va zahira ishchi kuchi bo’lishligini keltirib chiqaradi. Oqimli liniyaning normal ishlashi uchun pozitsiyalar bo’yicha ishlar mehnat talabligi va ishchi kuchining taqsimlanishi quyidagi shart bajarilishini ta’minlashi lozim , bu yerda - oqimli liniya bo’yicha operatsiyalar mehnat talabligi; - pozitsiyalar bo’yicha ishchilar soni. Ishlab chiqarish jarayonining tashkiliy maqsadga muvofiqligi chiqarilayotgan mahsulot hajmi, mahsulot chiqarish muntazamligi va davomiyligi, korxonaning muayyan mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi (mazkur seriya tortuv harakat tarkiblarining muayyan ta’mirlash turlariga), korxona, uning etakchi sexlari ishlab chiqarish tuzilma bilan belgilanadi. Oqim tashkil etish maqsadga muvofiq bo’lgan, muayyan davr uchun ishlab chiqarishning minimal hajmi Pmin quyidagi shartning bajarilishini ta’minlashi shart Np=PminTts/F>3, bu yerda Np- oqimli liniyadagi pozitsiyalar soni; Tts- oqimli liniyadagi ob’yektning ta’mirlash ishlab chiqarish sikli (ta’mirda turib qolish); F - sex yoki uchastka uskunasining muayyan davr (yil, chorak, oy, dekada, sutka, smena) uchun ish vaqti fondi. Iqtisodiy maqsadga muvofiqlik oqimli va oqimli bo’lmagan ishlab chiqarishda mutlaq yoki nisbiy (qiyosiy) texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarni qiyoslash bilan belgilanib, ular qatoriga quyidagilar kiradi: ob’em vo’puska produktsii; mahsulot mehnat talabligi va uning tannarxi; ishlab chiqarish sikli (ta’mirda turib qolish); mehnat samaradorligi, tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi; qo’shimcha kapital kiritmalar; ular samaradorligi koeffitsienti; o’zini oqlash muddati. Oqim liniyalarini qiyosiy baholash va ular turini tanlashda uchta so’nggi ko’rsatkichlar tahlili bilan cheklanish mumkin bo’lib, bunda sex uchastkalaridan birini oqimli shaklga o’tkazishda qiyoslashni texnologik tannarx bo’yicha olib borish talab etiladi. Amaliy mashg’ulot o’tkazish paytida talaba o’qituvchi vazifasiga ko’ra oqimli liniyani ishlab chiqadi. Download 29.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling