7-amaliy mashg‘ulot. Po‘latni korrozion mexanik xossalari. Rеja
Download 39.38 Kb.
|
7- amaliy mashg\'ulot.
7-amaliy mashg‘ulot. Po‘latni korrozion mexanik xossalari. Rеja: 1. Materiallarning xossalari. 2. Legirlangan po‘latlar tasnifi. 3. Olovga bardosh po‘latlar. 4. Nikel asosidagi zanglamas qotishmalar. 5. Konstruksion issiqqa bardosh po‘lat va qotishmalar. Issiqqa bardoshlik tavsifi. Po‘latni korrozion mexanik xossalari deganda korroziya natijasida o‘zini xossalarini yo‘qotishiga aytiladi. Bularning oldini olish uchun biz ishlatiladigan materiallarni to‘g‘ri tanlashimiz va shu bilan birga materiallarni korroziyaga bardoshliligini oshirishimiz kerak. Sanoatning rivojlanishida materialshunoslikning yutuqlari yuqori muslahkam, turg‘un, yengil metall va nometall materiallarni yaratish va uni qo‘lash bilan bog‘liq. Materialga qo‘yilgan talablar uning ishlash sharoitiga bog‘liq: mexanik yuklanishiga, haroratiga, tashqi muhitning ta’siriga va hokazo. Masalan, traktorning ishqalanuvchi detallari abraziv yeyilishga chidamli bo‘ishi zarur (ayniqsa, o‘rta Osiyo sharoitida); paxta terish mashinasi shpindellari ham abraziv ham korroziya, yeyilishga chidamli materialdan yasalishi kerak; samolyot sinchlari (lonjeron, stringer va hokazo) mexanik mustahkam, katta bikirlikka ega materialdan yasaladi; aviamotor materialiga olovbardoshlik-issiqbardoshlik (650-850°C haroratga chidamlilik) talablari qo‘yiladi; tovushdan tez uchadigan samolyotlarning ustki sirtqi qavati («obshivka»si) 350- 5500C da ishlaydigan yengil materiallardan yasaladi. Shuni ta’kidlash kerakki, hozirgi kunda kompozitsion materiallar (shular jumlasida “nanomaterial”lar ham) borgan sari keng qo‘llanilyapdi. Bularning hajmi 5-10% dan 70-80% gacha yetyapdi. Kompozitsion materiallar ajoyib maxsus xususiyatlarga ega: yuqori mustahkamlik, ishqalanish va yeyilishga bardoshli, issiqlik va elektr tokini kam o‘tkazishligi, kerak bo‘lsa o‘ta o‘tkazgich material olsa ham bo‘ladi, kimyoviy turg‘unlik, yorug‘likni yaxshi о‘tkazuvchanligi. Energetika va boshqa sohalarda qo’llaniladigan materiallar har xil sharoitda ishlaydilar: aytaylik, dinamik kuchlanishlarga, har xil haroratda (past va yuqori); turli muhitlarda (ishqoriy, kislotali, neytral, aktiv gaz) va h.k. Mana shular, ishlatiladigan materiallarga talablar qo'yadi. Bular hammasi foydalanish texnologik iqtisodiy talablardan kelib chiqadi. Foydalanish (ishlatish) talablarini materialning konstruksion mustahkamligini ta'minlaydi. Materialni konstruksion mustahkamligi deb, uning kompleks xarakteristikasiga aytiladi: bular mustahkamlik, ishonchlilik, mezonlarining yig‘indisidir. Foydalanish sharoitiga qarab materiallarni mustahkamlik mezoni tanlanadi. Mashinasozlikda (ayniqsa, aviasozlikda) ishlatiladigan materiallar uchun ularni og‘irlik bo‘yicha samaradorligi muhim ahamiyatga ega. Samaradorlik solishtirma (nisbiy) xarakteristikalar bilan baholanadi. Texnologik talablar (materialning texnologikligi) detallarni va konstruksiyalarni tayyorlashda zaruriy xossalarni ta’minlagan holda eng kam mehnat hajmini ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi. Barcha metallar va qotishmalar qattiq holatda bo‘ladi, ya’ni ma’lum haroratgachau qattiq holatda bo‘lib o‘z shakl vaoMchamlarini saqlaydi. Bu haroratdan o'tgach uyumshaydi va suyuq holatga o‘tadi. Kristallik jismlar zarrachalarining (atomlarining) fazoda tartibli joylashganligi bilan ifodalanadi. Kristallik panjara bu tasavvur qilinadigan fazoviy panjara bo‘lib, uning tugunlarida zarrachalar (atomlar, ionlar) joylashgan bo'ladi. Ko'pchilik materiallar va ulardan tayyorlangan buyumlar ishlatilish jarayonida tashqi kuch va yuklanishlar ta’sirida bo’ladi. Misol sifatida po‘latdan tayyorlangan avtomobil valini yoki aluminiy qotishmasidan yasalgan samolyot qanotini aytishimiz mumkin. Barcha holatlarda ularni to‘g‘ri loyihalash va keragidan ortiq deformatsiyalanishi oqibatida sinish ro‘y bermasligi uchun materiallar xossalarini bilish zarur. Mexanik xossa deganda, materialga yuklangan yuk (yoki deformatsiya)ga bardoshliligi tushuniladi. Asosiy mexanik xossalarga qattiqlik, mustahkamlik, plastiklik va o‘ta qattiqlik kiradi. Materiallar mexanik xossalar buyumni real yuklanish holatini aks ettiruvchi mustahkam loyihalangan va tayyorlangan laboratoriya jihozlarida sinaladi. Buyumlar cho‘zish. siqish yoki surishga sinalayotganda ta’sir etayotgan kuch doimiy yoki vaqt davomida o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Yuklangan kuch soniya yoki bir necha soat va yillar davomida ta'sir ettirilishi mumkin. Yuklanish ta’siri davomida yana bir muhim omil bu temperatura hisoblanadi. Muhandisning asosiy vazifasi buyumda real ish sharoitida, unda kuchlanish va deformatsiyaning taqsimlanishini hisoblay olishidir. Bu hisoblar buyumlarning kuchlanganlik holatlarining nazariy tahlili yoki sinov o‘tkazish usullari tavsiyalari bilan birga olib boriladi. Bunday masalani yechish uchun materiallar mikrostrukturasi (ichki tuzilishi) va mexanik xossalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqani tushunish zarur. Konstruksiyada foydalanish uchun materialni tanlashda uning hamma mexanik xarakteristikalari kompleksiga e'tibor berish kerak. Ushbu bobda metallar, keramika va polimerlarning mexanik xarakteristikalarini aniqlovchi defarmatsion xossalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, muhim bo‘lgan mexanik parametrlar muhokama qilinadi. Metal1 va qotishmalarning xossalari deganda, kimyoviy, fizik, mexanik va texnologik xossalari tushuniladi. Download 39.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling