7-amaliy mashg‘ulot: Qavatlararo yopmalar. Pol qoplamalarini qurish. Reja


-rasm. Podval, yo‘lak usti va chordoq ora yopmasi


Download 30.09 Kb.
bet2/4
Sana31.01.2024
Hajmi30.09 Kb.
#1817762
1   2   3   4
Bog'liq
7-амалий

94-rasm. Podval, yo‘lak usti va chordoq ora yopmasi:
1 – ora yopma paneli; 2 – shlak-oxak qatlami; 3 – isitadigan material;
4 – bug‘ o‘tkazmaydigan qatlam; 5 – yengil beton g‘o‘lacha; 6 – gips sement beton plita (60 mm); 7 – lenoleum; 8 –isitadigan material; 9 – taxta pol; 10-laga.
Plita shaklidagi qatlam fibrolit, qamich to‘shama, yengil beton, mineral paxta plitalar va boshqalardan iborat bo‘ladi. Issiqlik o‘tkazmaydigan sochiluvchan qatlam sanoat korxonalari chiqindilaridan, shlak, pemza, keramzit shag‘ali va boshqalardan tashkil topgan bo‘ladi. Odatda issiqlik o‘tkazmaydigan qatlam ustidan qum yoki shlak yoxud 30-40 mm qalinlikda qorishma qatlami to‘shaladi.
Podval, usti, yo‘lak hamda past temperaturali (isitilmaydigan) xonalar yopmasiga ham isiqlik o‘tkazmaydigan qatlam ustidan joylanadi.
Sanitariya-texnika kabinalari ustiga temir-beton ora yopmalar qilishda ora yopma konstruksiyalariga suv o‘tkazmaydigan qatlam qoplanib, uning devor bilan tutashgan joyida 100 mm yuqoriga qaytarib (ko‘tarib) qo‘yiladi.
Pollar va ularning konstruktiv yechimlari
Pollar temir-beton ora yopma paneli ustidan yoki podvalsiz binolar birinchi qavatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuproq ustiga o‘rnatiladi.
Polning eng yuqori qatlami “qoplama” yoki “haqiqiy pol” deb ataladi.
Pol materiali oldindan tayyorlangan yuza satxiga o‘rnatiladi. Bunda tagiga solingan tekislovchi qatlam betondan, sement-qum qorishmasidan, asfaltdan yoki gipodan iborat bo‘lishi mumkin.
Qavatlararo ora yopmada pol asosi bo‘lib, ora yopma ko‘taruvchi konstruksiya hisoblanadi. Bunda tagiga solinadigan beton qatlam bo‘lmaydi. Pol konstruksiyasiga tovush o‘tkazmaydigan, issiqlik va suv o‘tkazmaydigan qatlamlar qo‘shimcha bo‘lim kirishi mumkin.
Binoning vazifasiga va ishlab chiqarish jarayonlari xarakteriga ko‘ra poolar pishiq bo‘lishi, ichchiqlikni kam o‘tkazuvchi, sirpanmaydigan, xo‘llanganda shishmaydigan, ko‘rinishi chiroyli, chang olmaydigan, yurganda tovush chiqarmaydigan, oson tozalanuvchan, industrial va arzon bo‘lishi kerak.
Namlik yuqori darajada bo‘ladigan xona pollari namlik ta’siriga chidamli va suv o‘tkazmaydigan, yong‘indan xavfli binolarda esa yonmaydigan bo‘lishi kerak.
Pol qurilishiga ko‘ra yaxlit, quyma, alohida elementlardan qurilgan va bukiluvchan yumshoq rulon materiallardan iborat bo‘lishi mumkin. Qaysi materialdan qilinishiga ko‘ra pollar yog‘och taxtali, parketli, lenoleumli, keramik plitkali, sementli kabi turlarga bo‘linadi. Yaxlit quyma pollarga sementli pol, mozaik pol, asfalt pol, mastika pol va tuproq pollar kiradi (95-rasm).
Sementli pollar qurishda beton asos ustidan 1:1-1:3 nisbatda qumdan tayyorlangan qorishma 20 mm qalinliqda yotqiziladi. Bunday pollarning asosiy kamchiligi ularning changishi, issiqlik o‘tkazuvchanligi va ko‘rinishi jixatidan chiroyli emasligidir. Shu sababli ular asosan, turar-joy binolaridan boshqa joylarda ishlatiladi.
Mozaika pollar ko‘pincha jamoat binolarida quriladi. Ular ikki qatlamdan iborat bo‘lib, beton asos ustidan 15 mm qalinlikda qatlam sement qorishmasi to‘shaladi va uning ustidan sement mayda shag‘al qorishmasi to‘shalib ikkinchi qatlam xosil qilinadi. Qorishma qotgandan so‘ng maxsus mashinalarda yuzasi silliqlanadi va sayqallanib chiroy beriladi. Yaxlit asfalt pollar uning ustidan issiq asfalt qorishmasi 20-25 mm qalinlikda yozilib, xosil qilinadi.



Download 30.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling