7-"B" sinf rahbarining I chorakda amalga oshirgan ishlari hisoboti
Download 0.59 Mb.
|
7-B sinf hisoboti
7-“B” sinf rahbarining I chorakda amalga oshirgan ishlari hisoboti. Sinf rahbari sifatida 7-“B” sinf o’quvchilari bilan quyidagi ishlarni amalga oshirdim: _sentabr oyida o’quvchilarni kutib olib,sinf xonasi bilan tanishtirdim; _o’quvchilarning maktab formasida kelishlarini doimiy nazorat qildim; _reja asosida sinf majlisi o’tkazdim; _sinf faollarini sayladim; _o’quvchilarni “Odob-axloq qoidalari “bilan tanishtirdim; _ijara darsliklarini tarqatdim,to’g’ri foydalanish haqida ko’rsatmalar berdim; _o’quvchilarning davomati,kiyinishi,yurish-turishi,to’garak va kurslarga ishtirokini doimiy nazoratga oldim; _reja asosida ota-onalar majlisini tashkillashtirdim; _ota-onalar qo’mita a’zolari ularning roziligi asosida saylab olindi; _oktabr-ona tili va adabiyot fan oyligi davomida sinf o’quvchilariga ochiq darslar tashkil qildim; _7-“A” va 7-“B” sinf o’quvchilari o’rtasida ona tili va adabiyotdan musobaqa tashkil qildim; _badiiy kitobga mehr uyg’otish maqsadida “Bir oyda ikkita kitob o’qiyman”tanlovida o’quvchilarning ishtirokini ta’minladim.Natijada Boymurodov Shahboz avgust oyida tumanda 2-o’rinni,sentabr oyida 3-o’rinni egallab,diplom,tashakkurnoma va esdalik sovg’alarini qo’lga kiritdi; _sinf o’quvchilarining boshqa fanlardan qanday o’zlashtirishga ega bo’layotganlarini bilish maqsadida bir necha soat dars tahlilida bo’ldim.Informatika fanidan O.Hamroyeva,biologiya fanidan O.Turobova, rus tilidan D.Ergashova,matematika fanidan A.Hayitovlarning darslari qiziqarliligi bilan diqqatga sazovor. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling