7-bob ichki ishlar vazirligi va uning organlari
Adliya vazirligining tuzilishi va adliya vazirligining boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorligi
Download 0.49 Mb.
|
Qosimova HuquqniMQO maruza
3.Adliya vazirligining tuzilishi va adliya vazirligining boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorligi
O’zbekiston Respublikasi Adilya vaziri Adliya vazirligi faoliyatiga raxbarlik qiladi, vazirlikka yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi. O’zining o’rinbosarlari o’rtasida vazifalarni taqsimlaydi. Vazirlik faoliyatining ayrim uchastkalarida va vazirlikka qarashli organlar ishiga raxbarlik qilishi uchun ularning javobgarligini darajalarini belgilaydi. Vazirlikning notarial xarakatlarini amalga oshirish, fuqarolik xolati dalolatnomalarini ro’yxatdan o’tkazish sud qarorlarini ijro etish, respublikada, xaly xo’jaligidagi yuridik xizmatlarning huquqiy ishlarini va faoliyatini yaxshilash masalalari bo’yicha yo’riqnomalari va ko’rsatmalari O’zbekiston Respublikasi hududidagi barcha vazirliklar, idoralar, ijro etuvchi xokimiyat mahalliy organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, kooperativlar va fuqarolar uchun majburiy hisoblanadi, vazir zarur xolatda boshqa vazifalar, davlat qo’mitalari va idoralar rahbarlari bilan birgalikda qo’shma buyruqlar va yo’riqnomalar chiqaradi, shu bilan birga u: o’z huquq doirasida huquqiy masalalar bo’yicha boshqa respublikalar va xorijiy davlatlar bilan shrtnomalar va bitimlarni O’zbekiston Respublikasi nomidan imzolaydi; Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilangan xodimlar soni va ish xaqi to’lash fondi doirasida vazirlik markaziy apparati tarkibini belgilaydi va shtat jadvalini tasdiqlaydi; Vazirlar markaziy apparati boshqarmalari va bo’limlari to’g’risidagi nizomlarni, shuningdek, o’ziga qarashli masalalarning nizomlari (ustavlari)ni belgilangan tartibda tasdiqlaydi; Vazirlik markaziy apparatining, shuningdek respublika adliya idoralari, muassasalar, sudlarning xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi va h.k. Vazirlar Maxkamasining 1994 yil 24 yanvardagi “O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining markaziy apparati tizimiga o’zgartirishlar kiritish va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to’g’risida” gi Nizom haqidagi qarorning ilovasiga ko’ra, vazirlikning tuzilishi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: raxbariyat; qonunchilik boshqarmasi; iqtisodiy isloxotlar bo’yicha qonun va normativ hujjatlarning loyixalarini tayyorlash va huquqiy ekspertiza qilish boshqarmasi; fuqarolarga huquqiy yordam ko’rsatish boshqarmasi; jamoat birlashmalari bo’yicha boshqarma; xalq xo’jaligida huquqiy ishlar boshqarmasi; sudlar faoliyatini tashkiliy ta’minlash boshqarmasi; kadrlar boshqarmasi; hujjat ishlarini yuritish boshqarmasi; huquqiy siyosat va xalqaro huquqiy aloqalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi; markaziy xisobxona; moliya xo’jalik boshqarmasi; Bunday tuzilma Adliya vazirligining ishini jumladan, uning boshqa huquqini muhofaza qilish organlariga nisbatan muvofiqlashtiruvchi faoliyatning yo’nalishini xam ta’minlaydi. Adliya vazirligining barcha huquqini muhofaza qilish organlari va yuridik xizmatlar bilan xamkorligi, avvalombor, qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish bilan bog’langan. Qonun loyixalari vazirliklar, idoralarining yuridik xizmatlaridan tayyorlanadi. Lekin Adliya vazirligisiz ular Oliy Majlisga xam Vazirlar Maxkamasita xam taqdim etilmaydi. Adliya vazirligi iqtisodiy isloxotlar bo’yicha qonun va normativ hujjatlarning loyixalarini tayyorlaydi, qonunlarni Prezident farmonlari va Vazirlar Maxkamasining qarorlarini tizimlashtirish va kodefikatsiya qilishda qatnashadi. Tabiiyki, Adliya Vazirligi faoliyatida turli davlat va tijorat tashkiloti bilan doimiy xamkorlik qiladi. Adliya vazirligi xalqaro huquqiy tusdagi hujjatlarga yuiridik xulosa beradi, odatda bu hujjatlarda O’zbekiston Respublikasi tomonidan biri sifatida ishtirok etadi. Natijada u tashqi bozorga chiqadigan va xalqaro munosabatlarda qatnashadigan barcha vazirliklar idoralar bilan xamkorlik qiladi. Adliya vazirligiga quyidagi majburiyatlar yuklangan: vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar, maxalliy ijroiya xokimiyatlari bo’yicha turdagi korxonalar, tashkilotlardagi huquqiy ishlari xolati va yuridik xizmatlar faoliyati, shuningdek, vazirlikda ro’yxatdan o’tgan xo’jalik birlashmalari, aksiyadorlik jamiyatlari, birjalar, auditorlik firmalarining ustavlariga rioya etilganligini nazorat qilish; ulardan keyingi hujjatlar va ma’lumotlarni talab qilish; aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to’g’risida ko’rsatilgan organlar va korxonalarning raxbarlariga bir oy muddat ichida bajarishi shart bo’lgan talabnomalar yuborish; amaldagi qonunlarni buzganligi yoki o’z raxbarlari bilan yetkazilgan zararni davlatga yoxud korxonaga to’lamagan mansabdor shaxslarni belgilangan javobgarlikka tortish uchun yuqori turuvchi organlar yoki sudga murojaat etish. Adliya vazirligi ayniqsa sud organlari bilan katta ishlarni olib boradi. U sudlarning birinchi navbatda, Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat, Toshkent shahar sudlari, tuman va shahar sudlarining ishlarini tashkil qiladi. Bunda sudyalarning mustaqilligi va faqat qonunga bo’ysundirish prinsiplariga keng amal qiladi. Vazirlik sudlarining tashkil etish bo’yicha takliflar ishlab chiqadi va ularni Prezident e’tiboriga xavola qiladi, sudyalarga nomzodlarni tanlaydi va tayorlaydigan, sud xodimlarining malakasini oshirish bilan shug’ullanadi, sudlarni moddiy texnik ta’minlaydi, sud ishlarini tashkiliy tomonlarini tekshiradi, xalq maslaxatchilarini saylashni tashkil qiladi, sud amaliyotini umumlashtirishda qatnashadi, sud xisoblari yuritiladi (jumladan sud qarorlarining barchasi bo’yicha), sudlarning mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling