7-bob ichki ishlar vazirligi va uning organlari


O’zbekiston Respublikasining Oliy sudi, viloyat, tuman, shahar sudlari


Download 0.49 Mb.
bet10/37
Sana17.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1530392
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37
Bog'liq
Qosimova HuquqniMQO maruza

3.O’zbekiston Respublikasining Oliy sudi, viloyat, tuman, shahar sudlari.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 110-moddasiga muvofiq, «O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy va ma’muriy sudlov ishlarini yuritish soxasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi.U tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat’iy va O’zbekiston Respublikasining barcha hududida bajarilishi majburiydir.O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy sudlari, viloyatlar, shahar, tuman sudlarining sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega». Bu norma «Sudlar to’g’risida»gi qonunning 13-moddasida ham takrorlangan, unda Oliy sud nazorat qilishi mumkin bo’lgan sudlar qatoriga harbiy sudlar ham kiritilgan.
Oliy sud ishlarini birinchi instansiyasida, kassatsiya tartibida va nazorat tartibida ko’radi. Birinchi instansiya bo’yicha ishlar Oliy sudning uch sudyasidan iborat tarkibida ko’riladi.
Sud hokimiyatining bu oliy organi rais, uning birinchi o’rinbosari, o’rinbosarlari, sudlov xay’atlari raislari, Oliy sud sudyalaridan iborat bo’lib, Oliy sud plenumi, Oliy sud rayosati, Fuqarolik ishlari bo’yicha sudlov xay’ati, Jinoiy ishlari bo’yicha sudlov xay’ati, Harbiy xay’atdan iborat tarkibda ish olib boradi.
Oliy sud – Oliy sud plenumining dasturiy ko’rsatmalari sudlar tomonidan bajarilishi ustidan nazorat olib boradi. Oliy sud plenumi eng yuqori sud instansiyasi bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari va Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy sudining raisidan iborat tarkibda ish olib boradi. Plenum majlisida O’zbekiston Respublikasi bosh prokurori qatnashadi. Oliy sud raisining taklifiga binoan, plenum majlisida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sud raisi, oliy xo’jalik sudi raisi, adliya vaziri sudyalar Oliy sud xuzuridagi ilmiy – maslaham kengashi a’zolari, vazirliklar, idoralar, ilmiy muassasalr, boshqa davlat organlari va jamoat birlashmalari vakillari ishtirok etishlari mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Oliy sud plenumi, qoida tariqasidha to’rt oyda kamida bir marta chaqiriladi. Muxokama qilinadigan umumiy masalalar bo’yicha hujjatlarning loyixasi plenum a’zolariga, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga, adliya vaziriga plenum yig’ilishidan yigirma kun ilgari yuboriladi. Oliy sud plenumi, o’z a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Uning vazifalariga quyidagilar kiradi:
- ishlarni nazorat tartibida ko’rish;
- sud amaliyotini umumlashtirish natijalarini ko’rib chiqish va qonun hujjatlarini qo’llash masalalari yuzasidan dasturiy ko’rsatmalar berish;
- Oliy sud raisining taqdimiga binoan, Oliy sud rayosatini, sudlov xay’atlari raislarini, shuningdek, Oliy sud plenumi kotibini tasdiqlash;
- Oliy sud raisining taqdimiga binoan Oliy sud huzuridagi ilmiy-maslaham kengashi tarkibini tasdiqlash;
- rayosat ishi to’g’risidagi va Oliy sud sudlov xay’atlari raislarining xay’atlar faoliyati xaqidagi axborotini tinglash;
- O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va adliya vazirining qo’shma taqdimnomasiga binoan, Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari rayosati tarkibini va sudlov xay’atlari raislarini tasdiqlash;
- Sudyalarning Oliy malaka xay’atini saylash va uning faoliyati to’g’risidagi axborotni tinglash;
- Qoraqalpog’iston Respublikasi oliy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, qurolli kuchlar harbiy sudi raislarining qonun hujjatlarini qo’llash amaliyoti to’g’risidagi, shuningdek, Oliy sud plenumi dasturiy ko’rsatmalarining bajarilishi to’g’risida axborotlarini tinglash;
- O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot organining tahrir xay’atini tasdiqlash;
- qonun hujjatlarida o’ziga berilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Oliy sud plenumida sud ishlarini ko’rish tartibi quyidagicha:
Oliy sud plenumi ishni nazorat tartibida ko’rish chog’ida Oliy sud sudyasining ish xolatlari va protest vajlari xaqida ma’ruzasini tinglaydi. So’ngra Respublika Bosh prokurorining xulosasi eshitiladi. Muxokamadan so’ng protest ovozga qo’yiladi. Plenum a’zolari ovoz berishda betaraf qolishga xaqli emaslar.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi – Rais, Rais o’rinbosarlari, sudlov hayeati raislari, sudyalar, xalq maslaxatchilaridan iborat bo’lib, sud rayosati, fuqarolik ishlari bo’yicha sudlov hayeati, jinoyat ishlari bo’yicha sudlov hayeati tarkibida ish olib boradi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi o’z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida, apelliyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida ko’radi, tuman (shahar) sudlarining sudlov faoliyati ustidan nazorat olib boradi, sud amaliyotini umumlashtiradi va h.k. Bu udlarda Plenum yo’q. Lekin ularning xar birida Rais, Rais o’rinbosarlari va sudyalardan iborat tarkibida O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumi belgilangan miqdorda rayosat tuziladi. Rayosat yig’ilishlari oyida kamida ikki marta o’tkaziladi va rayosat a’zolarining ko’pchiligi hozir bo’lgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Rayosat qarorlari ovoz berishda qatnashgan rayosat a’zolaridan ko’pchiligining ovozi bilan qabul qilinadi va tegishli sud raisi tomonidan imzolanadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudining rayosati o’z vakolatlari doirasida ishlarni nazorat tartibida ko’radi, sud amaliyotini umumlashtirish natijalarini ko’rib chiqadi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi raisining taqdimiga binoan, fuqarolik va jinoiy ishlar bo’yicha sudlov hay’atlari tarkiblarini tasdiqlaydi, sudlov hayeatlari raislarining hayeatlar faoliyati to’g’risidagi, tuman (shahar) sudlari raislarining qonun hujjatlarini qo’llash amaliyoti to’g’risidagi maeruzalarini tinglaydi, qonun hujjatlarida o’ziga berilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Fuqarolik ishlari bo’yicha oliy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar Fuqarolik ishlari bo’yicha sudlari – sud raisi, Rais o’rinbosari, sudyalardan iborat bo’lib, o’z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida, apellyatsiya kassatsion va nazorat tartibida ko’rib chiqadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jinoyat ishlari bo’yicha oliy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo’yicha sudlari – sud raisi, rais o’rinbosari, sudyalar va xalq maslahatchilaridan iborat bo’lib, o’z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida va kassatsiya hamda nazorat tartibida ko’rib chiqadilar.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudining raisi keng vakolatlarga ega, jumladan:
- sud ishlari bo’yicha chiqarilgan hal qiluv qarorlari, hukmlar, ajrimlar va qarorlar ustidan qonunda belgilangan doirada va tartibda protestlar kiritadi;
- ishlarni nazorat tartibida tekshirish uchun talab qilib oladi;
- o’zi protest kiritish huquqiga ega bo’lgan fuqarolik ishlari bo’yicha sud hal qiluv qarorlarining ijrosini to’xtatib turadi;
- sud rayosatini chaqiradi va uning majlislarida raislik qiladi;
- zarur hollarda bir hayeat tarkibiga kiruvchi sudyalarni boshqa hay’at tarkibida ishlarni ko’rib chiqish uchun jalb etadi;
- rais o’rinbosarlari o’rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
- Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va TOshkent shahar sudyalarini intizomiy javobgarlikka tortish haqida ish qo’zg’atadi;
- sudyalar, sudning boshqa xodimlari xamda xalq maslaxatchilarining malakasini oshirish, sud amaliyotini umumlashtirish, sud statistikasini yuritish ishlarni tashkil qiladi;
- fuqarolarni shaxsan qabul qiladi, ularni qabul qilish, ariza va shikoyatlarni ko’rib chiqish ishini uyushtiradi;
- sudyalarni malaka hay’ati qarorlari ustidan Oliy malaka hay’atiga taqdimnomalar kiritadi;
- sud idorasi ishlariga rahbarlik qiladi, sud xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuza dva bekor qiladi;
- qonun hujjatlarida o’ziga berilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar sudi, Toshkent shahar sudi raisining o’rinbosarlari vazifalar taqsimotiga muvofiq sudlov hay’atlarining ishini tashkil qiladi, sudlov hay’ati majlislarida raislik qilishlari mumkin, fuqarolarni shaxsan qabul qiladilar, sud raisi yo’qligida uning vakolatini amalga oshiradilar, qonun hujjatlarida o’zlariga berilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudining sudlov hay’ati raislari – sudlov hayeati ishini tashkil qiladilar; sudlov hay’ati majlislarida raislik qladilar; sudlov hay’ati faoliyati to’g’risida rayosatga ma’ruzalar taqDim etadilar; qonunda o’zlariga berilgan boshqa vakolatlarini amalga oshiradilar.
Xo’jalik sudlarining tizimiga Oliy xo’jalik sudi, Qoraqalpog’iston Respublikasi xo’jalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xo’jalik sudlari kiradi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi xo’jalik sudlov sohasida sud hokimiyatining eng yuqari organi hisoblanadi. U tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat’iy va O’zbekiston Respublikasining barcha hududida bajarilishi majburiy. Bu sud Qoraqalpog’iston Respublikasi xo’jalik sudi, viloyatlar xo’jalik sudlarining sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega. Shuningdek, Plenumning dasturiy ko’rsatmalari xo’jalik sudlari tomonidan bajarilishini nazorat qiladi, quyi xo’jalik sudlari faoliyatini tekshiradi, xo’jalik sudlarining ishlarini tashkil etish borasidagi ijobiy tajribani o’rganadi, umumlashtiradi va ommalashtiradi.
Oliy xo’jalik sudi – rais, uning o’rinbosarlari, sudlov hay’atlari raislari, Oliy xo’jalik sudi sudyalaridan iborat bo’ladi. Unda plenum, rayosat, Fuqarolik va ma’muriy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni hal etish bo’yicha sudlov hay’ati faoliyat ko’rsatadi.
Oliy xo’jalik sudi plenumi Oliy xo’jalik sudi sudyalari, Qoraqalpog’iston Respublikasi xo’jalik sudi raisidan iborat tarkibda ish olib boradi.
Uning majlisida Bosh prokuror qatnashadi. Shuningdek, majlisda Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud raislari, adliya vaziri, sudyalar, Oliy xo’jalik sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi a’zolari, vazirliklar, idoralar, ilmiy muassasalar, boshqa davlat va xo’jalik boshqaruv organlari, jamoat birlashmalarining vakillari ishtirok etishlari mumkin.
Oliy xo’jalik sudiplenumi bir yilda kamida ikki marta chaqiriladi. Muhokama qilinadigan umumiy masalalarga doir hujjatlar loyihasi plenum a’zolariga va Bosh prokurorga plenum majlisidan yigirma kun ilgari yuboriladi.
Oliy xo’jalik sudi plenumi, o’z a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. U quyidagi vakolatlarga ega:
- sud amaliyotini umumlashtirish materiallarini ko’rib chiqad iva qonun hujjatlarini qo’llash masalalari yuzasidan tushuntirishlar beradi;
- Oliy xo’jalik sudi raisining taqdimnomasiga binoan, Oliy xo’jalik sudi rayosatining tarkibini, sudlov hay’atlarining tarkibi va raislarini, plenum kotibini, Oliy xo’jalik sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi tarkibini, Oliy xo’jalik sudi matbuot organining tahrir hay’ati tarkibini tasdiqlaydi;
- rayosat ishi to’g’risidagi axborotni va Oliy xo’jalik sudi sudlov hay’atlari raislarining hay’atlar faoliyati haqidagi ma’ruzalarini, qonun hujjatlarini qo’llash amaliyoti, shuningdek, Oliy xo’jalik sudi plenumi dasturiy ko’rsatmalarining bajarilishi to’g’risida Qoraqalpog’iston Respublikasi Xo’jalik sudi, viloyatlar xo’jalik sudlari raislarining ma’ruzalarini tinglaydi;
- qonun hujjatlarida o’ziga berilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling