7-bob ichki ishlar vazirligi va uning organlari


O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi va uning


Download 0.49 Mb.
bet6/37
Sana17.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1530392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Qosimova HuquqniMQO maruza

4. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi va uning
vakolatlari.
«O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to’g’risida» gi 1995 yil 30 avgustdagi qonunga muvofiq, Konstitutsiyaviy sud qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyatlari hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish bo’yicha sud hokimiyati organidir. Uning vazifasiga quyidagilar kiradi:
- O’zbekiston Respublikasi qonunlarining va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qabul qilgan boshqa hujjatlarning, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining, hukumat qarorlarining, davlat hokimiyati mahalliy organlari qarorlarining, O’zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomalarining va boshqa majburiyatlarining O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mosligini aniqlash;
- Қoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyasi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog’iston Respublikasi qonunlari O’zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to’g’risida xulosa berish;
- O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining normalariga sharh berish;
- O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan o’z vakolatidagi boshqa ishlarni ham ko’rib chiqish.
Konstitutsiyaviy sud ishlarni hal qiladi va O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qat’iyan amal qilgan holda xulosa beradi. Konstitutsiyaviy sud Oliy Majlis Senati tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdimiga binoan Rais, Rais o’rinbosari va beshta sud a’zolaridan iborat tarkibda (Qoraqalpog’iston Respublikasi sudyasini ham hisobga olgan holda) saylanadi. Oliy Majlis Senati a’zolarining ko’pchilik ovozini olgan shaxs saylangan hisoblanadi.
Sud o’z tarkibining kamida to’rt a’zosi saylanishi bilan faoliyatga kirishishi mumkin. Sudya Konstitutsiyaviy sud tarkibidan chiqqanda Oliy Majlis Senatining o’rniga boshqa shaxsni saylaydi.
Konstitutsiyaning 107-moddasiga muvofiq, Konstitutsiyaviy sud besh yil muddatga saylanadi va doimiy amal qiluvchi organ hisoblanadi. Uning majlislari zarur hollarda o’tkaziladi.
Konstitutsiyaviy sud faoliyatining asosiy prinsiplari mustaqil O’zbekiston Konstitutsiyasiga amal qilish, mustaqillik, kollegiallik, oshkoralik va sudyalar huquqining tengligidir.
Ta’kidlanganidek, Konstitutsiyaviy sud va uning sudyalari o’z faoliyatlarida mstaqildirlar, faqat O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bo’ysunadilar. Sudyalar qaror chiqarar ekanlar, siyosiy mansublik va boshqa ta’sirlardan xoli bo’lgan o’z huquqiy pozitsiyalarini bildiradilar. Konstitutsiyaviy sudning faoliyatiga aralashishga yo’l qo’yilmaydi va bu qonunga mos ravishda jvobgarlikka olib keladi.
Ishlarni ko’rib chiqi shva qarorlar qabul qilish Konstitutsiyaviy sud tomonidan kamida to’rt sudya tarkibida kollegial hal qilinadi. Sud majlislari, qoida tariqasida, ochiq o’tkaziladi. Ishlarning Konstitutsiyaviy sud tomonidan ko’rib chiqili shva ovoz berishda Rais, Rais o’rinbosari va Konstitutsiyaviy sud a’zolari teng huquqqa ega. Konstitutsiyaviy sud qarorlari barcha davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir. Uning normativ hujjatlarni, hujjatlar va ularning nusxalarini berish haqidagi, ko’rilayotgan masalalar to’g’risida maslahatlar berish haqidagi talablari barcha organlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga muvofiq, Konstitutsiyaviy sud qonun tashabbusi huquqiga esa. Konstitutsiyaviy sud faoliyatining tartibi 1995 yil avgustda qabul qilingan Konstitutsiyaviy sud to’g’risidagi qonun bilan belgilanadi. Konstitutsiyaviy sud o’z tashabbusiga ko’ra har qanday davlat organi, jamoat birlashmasining normativ hujjatlari Konstitutsiyasiga mos ekanligini ko’rib chiqish huquqiga ega.
Konstitutsiyaviy sud qonunda belgilangan shaxslarning taklifiga binoan ishlarni ko’rib chiqadi. Bunday huquqqa, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Senat Raisi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, qonunchilik palatasining deputatlar umumiy sonining to’rtdan birini tashkil qilgan deputatlar guruhi, Oliy sud raisi, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori ega. Alohida fuqarolarga Konstitutsiyaviy sudga bevosita murojaat qilishga ruxsat berilmagan. Zarur hollarda ular bunday huquq berilgan organlar va shaxslar orqali murojaat qilishlari mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining yurisdiksiyasi qonuniy kuchga kirgan normativ hujjatlarga ham taalluqlidir. Bu sud preventiv nazoratni amalga oshirmaydi. Lekin u qonun loyihalari va takliflarni muhokama qilishda maslahat ovoziga ega holda qatnashishi mumkin.
Konstitutsiyaviy emas deb topilgan qonunlar va normativ hujjatlar e’lon qilingan kunidan boshlab yuridik kuchga ega emas deb hisoblanadi. Konstitutsiyaviy sudning qarorlari qat’iy va ular ustidan shikoyatg yo’l qo’yilmaydi. Shu bilan birga, Konstitutsiyaviy sud agar qaror qabul qilingan paytda ishning Yangi holatlari ochilgan bo’lsa yoki u qabul qilgan konstitutsiyaviy norma o’zgargan bo’lsa, o’z qarorlarini o’zi qayta ko’rib chiqishi mumkin.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling