Konstitutsiyaviy nazorat tushunchasi va uning asoslari


Download 20.93 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi20.93 Kb.
#1512653
Bog'liq
Konstitutsiyaviy nazorat tushunchasi va uning asoslari


Konstitutsiyaviy nazorat tushunchasi va uning asoslari.
Reja:
1. Konstitutsiyaviy nazorat tushunchasi.
2. Konstitutsiya va qonun ustuvorligi.
3. Konstitutsiya davlatning asosiy Qonunlari.

Qonun ustuvorligi – adolat mezonining muhim sharti hisoblanadi. Qonun ustuvor bo‘lmagan jamiyatda esa, adolat haqida so‘z bo‘lishi mumkin emas. Shuning uchun ham mamlakatimiz Asosiy qonunining 16-moddasi, ikkinchi qismi Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlashga da’vat etilgan bo‘lib, unda “Birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas”ligi mustahkamlangan. Ushbu konstitutsiyaviy normaga normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish vakolatiga ega bo‘lgan davlat hokimiyati organlari tomonidan rioya etilishi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tomonidan nazorat qilinadi.


Qonun chiqaruvchi yoki ijro hokimiyatining qarorlari har doim ham adolatli bo‘lavermaydi, ular arizachi yoki shikoyatchini qoniqtirmasligi mumkin. Bunday paytda fuqaroning huquq va erkinliklari buzilsa, qarorlar ustidan sudga arz qilish zarurati tug‘iladi. Bahsli vaziyatni hal etish uchun sud jarayoni boshlanadi. Faqat sud hokimiyati adolat masalasini hal etib beradi.
Xalqaro tajribada Konstitutsiyaviy sud yurisdiksiyasi o‘zining ko‘p yillik tarixiga ega. Manbaalarda 1803 yilda Merberining Medisonga qarshi ko‘rilgan ishi konstitutsiyaviy yurisdiksiyaning, hozirgi zamon tushunchasidagi qonunlar ustidan konstitutsiyaviy nazoratning boshlanishi deb e’tirof etiladi. Agar Kongress tomonidan qabul qilinadigan qonunlar AQSH Konstitutsiyasiga zid bo‘lsa, ijro etilmasligi mumkinligini o‘shanda AQSH Oliy sudi birinchi marta tan olgan edi.
O‘zbekistonda konstitutsiyaviy nazorat institutining paydo bo‘lishi mustaqillikni ilk davrlaridan, ya’ni o‘tgan asrning 90-yillaridan boshlanadi. Yuridik adabiyotlarda Konstitutsiyaviy nazorat komitetini tashkil etilishiga O‘zbekistonda Konstitutsiyaviy mustaqillik yo‘lida tashlangan qadam, deb ta’rif berilishi o‘sha vaqtlarda Konstitutsiyaviy nazoratning o‘rnatilishi nechog‘liq muhim bo‘lganligini tasavvur qilish imkonini beradi.
Mustaqillikdan bir yil oldin Oliy Sovet “O‘zbekiston SSR Konstitutsion nazorat komiteti raisining o‘rinbosarini, komitet a’zolarini saylash haqida”gi qaror qabul qildi. Shu tariqa, bugun amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga asos solindi. Bugun faoliyat yuritayotgan mamlakatimiz Konstitutsiyaviy sudini haqli ravishda mustaqillik tengdoshi deb aytsak mubolag‘a bo‘lmaydi.
“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonun dastlab 1993 yil 6 mayda qabul qilingan. Shu vaqtda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan Konstitutsiyaviy sudning vakolati vaqtinchalik konstitutsiyaviy nazorat Qo‘mitasi zimmasiga yuklatilgan.
Bugun faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi 1995 yilning 30 avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq tashkil etilgan. 20 yildan ortiq vaqt davomida ushbu qonun Konstitutsiyaviy sud faoliyatini huquqiy asosi sifatida amalda bo‘lib keldi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi butun jamiyatda bo‘lgani kabi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi faoliyati samaradorligini oshirish, uning huquqiy asoslarini takomillashtirish masalasini kun tartibiga olib chiqdi. Aynan shu zarurat 2017 yil 31 mayda “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Ushbu qonunda Konstitutsiyaviy sud vakolati doirasi kengaytirilish bilan birga sudyani vakolat muddati, sudya lavozimi nomzodiga qo‘yiladigan talablar, ularning vakolat muddatlari bilan bog‘liq qator normalar joriy qilindi. Biroq Konstitutsiyaviy sud faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari kun tartibidan tushmadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 dekabrdagi “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–4551-sonli qarorida, Konstitutsiyaviy sudga masalalar kiritish huquqiga ega bo‘lgan sub’ektlar doirasini Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik su’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, shuningdek, fuqarolar va yuridik shaxslarni kiritish orqali kengaytirish; Konstitutsiyaviy sudda ish yuritishning protsessual xususiyatlarini (sudga masala kiritish tartibi, sud muhokamasi, muddatlari, sud qarorlarining ijrosi va boshqalarni) tartibga soluvchi normalarni kiritish nazarda tutildi. Joriy yilning 12 mart kuni Oliy Majlis Senati tomonidan ma’qullanib, tegishli tartibda Prezident tomonidan imzolanganidan so‘ng, “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunining yangi tahririda yuqoridagi masalalar o‘z yechimini topadi.
Ushbu konstitutsiyaviy qonunning eng muhim yangiligi nimada? E’tiboringizni shunga qaratsak.
Albatta, yangi tahrirdagi qonunda Konstitutsiyaviy sudda ish yuritishning barcha protsessual bosqichlarini, ya’ni murojaatlarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish va o‘rganish, ishni ko‘rish uchun qabul qilish, sud ishlarini yuritish ishtirokchilari hamda ularning huquq va majburiyatlari, sud muhokamasi, sudning qarorlari, sud majlisining bayonnomasi va boshqa harakatlarni konstitutsiyaviy qonun darajasida belgilangani uning muhim yutug‘i hisoblanadi.
Shuningdek, yuqorida nomi qayd etilgan Prezident qaroriga binoan Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan sub’ektlar doirasi mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarining himoyachilari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari – Bola huquqlari bo‘yicha vakil, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hisobiga kengayganligidir.
Yangi tahrirda tayyorlangan Konstitutsiyaviy qonunning tayanch nuqtasi “Agar qonun fuqarolar va yuridik shaxslarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini buzayotgan hamda sudda ko‘rilishi tugallangan muayyan ishda qo‘llanilgan bo‘lsa, fuqarolar va yuridik shaxslar qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish to‘g‘risidagi shikoyat bilan Konstitutsiyaviy sudga murojaat etishga haqli” degan norma bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Albatta, biz buni konstitutsiyaviy qonunning tayanch nuqtasi sifatida bejiz keltirmayapmiz. Chunki, avvallari fuqarolarga bunday huquq berilmagan edi. Ularning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini buzayotgan qonunlarni Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish to‘g‘risidagi shikoyatlari esa, Konstitutsiyaviy sudning uchta sudya tomonidan o‘rganib chiqilib, lozim topilganda Konstitutsiyaviy sud muhokamasiga kiritilgan. Agar, ular buni lozim topmasa, murojaat muallifiga faqat tushuntirish berish bilan kifoyalangan. Ta’bir joiz bo‘lsa, bunday tartib fuqarolarni o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish huquqidan bilvosita bo‘lsada ma’lum ma’noda mahrum qilgan. Endilikda bunday holatlarga qonunda chek qo‘yildi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkin, “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunining yangi tahrirda qabul qilinishi Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda - mamlakatda demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun hayotimizning barcha jabhalarida konstitutsiyaviy nazoratni kuchayishiga, bu esa pirovard natijada inson huquq va erkinliklarini, uning sha’ni, qadr-qimmati, mol-mulkining daxlsizligini saqlash, fuqarolarning mehnat qilish, ta’lim olish, tibbiy yordamdan foydalanish kabi eng asosiy huquqlarini to‘la ta’minlash imkonini beradi.
Konstitutsiyaning funksiyalari
1. Konstitutsiya ijtimoiy hayotning barcha sohalariga bevosita ta`sir ko`rsatadi. Shu sohalarga qarab Konstitutsiyaning quyidagi turli funksiyalarini ko`rsatish mumkin.
2. Yuridik funksiyalari - huquqning asosiy manbai.
3. Siyosiy funksiyalari davlat hokimiyatining tashkil etilishining asoslarini o`rnatadi.
4. Mafkuraviy funksiyalari jinoyatning eng asosiy ma`naviy-g`oyaviy qadriyatlarini mustahkamlaydi.
Konstitutsiyalarni turkumlarga (turlarga) bo`lish (klassifikatsiyalash)
Turli mamlakatlardagi konstitutsiyalarni turli mezonlarga (kriteriyalarga) asoslanib, har xil guruhlarga (turlarga) bo`lish mumkin.
Birinchidan, konstitutsiyalarni ularning mohiyatiga ko`ra quyidagi turlarga bo`lish mumkin:
Yuridik Konstitutsiya (formal) - davlatning Asosiy Qonuni.
Ijtimoiy (sotsial) Konstitutsiya (amaliy) - amaldagi real ijtimoiy munosabatlar tartibga solinadi.
Tirik Konstitutsiya - AQSH Oliy Sudi bu Konstitutsiyani o`zgarayotgan ijtimoiy mezonlariga moslab kelmoqda.
Fiktiv (soxta) Konstitutsiya - SSSRning 1936 yil Konstitutsiyasi.
Moddiy Konstitutsiya - konstitutsiyaviy tuzum va inson huquqlarini tartibga soluvchi qonundir.
Formal Konstitutsiya - Asosiy Qonun bo`lib, alohida tartibda qabul qilinadi va oliy yuridik kuchga ega.
Ikkinchidan, konstitutsiyalarni shakliga ko`ra quyidagi turlarga bo`lish mumkin:
Yozma konstitutsiyalar.
Og`zaki (yozilmagan) konstitutsiyalar - Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Butan kabi davlatlar Konstitutsiyalari.
Yaxlit konstitutsiyalar - Konstitutsiya matni yaxlit bo`lib, bir vaqtda qabul qilinadi. Masalan, O`zbekiston, Rossiya, Braziliya Konstitutsiyalari yaxlit Konstitutsiyalarga misol bo`la oladi.
Yaxlit bo`lmagan (noyaxlit) konstitutsiyalar - bunday Konstitutsiyalar turli vaqtda qabul qilingan qonunlardan iborat bo`ladi. Masalan, Shvetsiya, Finlandiya, Isroil konstitutsiyalari.
Yumshoq konstitutsiyalar - bunday Konstitutsiyalar oddiy qonunlar kabi o`zgartiriladi. Masalan, Buyuk Britaniya Konstitutsiyasiga 350ga yaqin qonunlar kiradi va oddiy tartibda o`zgartiriladi.
Qattiq konstitutsiyalar - alohida murakkab tartibda o`zgartiriladi. Masalan, AQSH, Rossiya, O`zbekiston konstitutsiyalari.
Doimiy konstitutsiyalar. Aksariyat konstitutsiyalar doimiydir.
Vaqtinchalik (muvaqqat) konstitutsiyalar - Iroqda 1970 yil Birlashgan Arab Amirligida 1971 yildan beri harakatda bo`lgan konstitutsiyalar.
Uchinchidan, konstitutsiyalarni ularni ijtimoiy mazmuniga qarab ham bir necha turga bo`lish mumkin. Hozirgi kunda dunyoda 300 dan ortiq Konstitutsiya bor (federativ davlatlar subyektlarining Konstitutsiyalari bilan birga). Bu Konstitutsiyalar turli tarixiy davrda qabul qilingan bo`lib, har xil ijtimoiy mazmunga ega.
G’arb mamlakatlari Konstitutsiyalari.
Rivojlanayotgan mamlakatlar Konstitutsiyalari.
O`tish davri mamlakatlari Konstitutsiyalari.
Teokratik davlatlar Konstitutsiyalari.
Konstitutsiyalarni quyidagi turlarga ham bo`lish mumkin:
Demokratik Konstitutsiyalar.
Avtoritar Konstitutsiyalar.
Totalitar Konstitutsiyalar.
Konstitutsiyalarni turli guruhlarga bo`lish tabiiydir. Har qanday klassifikatsiya konstitutsiyalarni u yoki bu jixatini yaqqolroq, ko`rsatish uchun xizmat qiladi.
Formal va moddiy Konstitutsiya. Yuridik va amaliy Konstitutsiya
Konstitutsiyaviy huquq fanida Konstitutsiya tushunchasi ikki xil ma`noga ega deb qaraladi. Shu ma`noda formal va moddiy Konstitutsiya farqlanadi.
Hozirgi zamon konstitutsiyaviy huquq fanida formal Konstitutsiya deganda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo`lgan, qabul qilinishi va o`zgartirilishi alohida tartibda amalga oshiriladigan qonun tushuniladi. Moddiy ma`nodagi Konstitutsiya deganda esa davlat hokimiyatini tashkil etishni tartibga soluvchi normalar yig`indisi tushuniladi. Bundagi asosiy narsa tartibga solish predmeti va ijtimoiy munosabatlarni mazmunidir.
Fransuz olimi F.Ardan: "Konstitutsiya - davlat hokimiyatining sinonimidir. Shuning uchun hatto yozma hujjat bo`lmaganda ham davlat o`z Konstitutsiyasiga o`zida aks ettirmaydi", -deb yozgan edi.
Zamonaviy konstitutsiyaviy huquq fanida moddiy yoki amaliy Konstitutsiya deganda davlat hokimiyatini hayotdagi amalga oshirilishi tushiniladi.
Moddiy Konstitutsiya-real harakatdagi amaliy Konstitutsiyadir.
Konstitutsiyaning yuridik hususiyatlari.
Mustaqil davlatimizning 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan konstitutsiya avvalgi Konstitutsiyalardan ozining yurdik mazmun va mohiyati jihatdan farq qilib, bu Konstitutsiyada davlatning mustaqilligi mustahkamlanadi. Konstitutsiya yuridik xususiyati- Asosiy Qonun sifatidagi uning quyidagi belgilarini tashkil etadi.
1. Konstitutsiya eng muhim yuridik hujjat, oliy normativ - huquqiy akt sifatida quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi. Bu oily majlis tamonidan qabul qilingan va hamma uchun umummajburiy kuchga ega bo’lgan normative huquqiy akt bo’lib, jamiyat qurilishi xalq hokimyatchiligi bilan bog’liq bo’lgan hamma ijtimoyi munosabatlarni tartibga soladi.
2. Konstitutsiya davlatning Asosiy Qonunidir.
3. Konstitutsiya - oliy yuridik kuchga ega.
4. Konstitutsiya alohida tartibda qabul qilinadi va o`zgartiriladi.
5. Konstitutsiya muhim siyosiy hujjatdir.
6. Konstitutsiya muhim mafkuraviy hujjatdir.
7. Konstitutsiya muhim yuridik hujjatdir.
8. Konstitutsiya milliy huquqiy tizimning o`zagini tashkil etadi.
9. Konstitutsiya - huquqiy tarbiya va huquqiy madaniyatning asosi.
6. Konstitutsiyaning yuridik mazmuni
Konstitutsiyalarning yuridik mazmuni uning tarkibini tashkil etuvchi normalarda ifodalanib, ushbu konstitutsiyaviy normalar shaxs, jamiyat va davlat uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yuridik mazmunini quyidagi konstitutsiyaviy normalar tashkil etadi:
a) qonun chiqaruvchi;
b) ijroiya;
с) sud organlari faoliyatini konstitutsiyaviy asoslarini yaratuvchi;
Fuqarolik jamiyati asoslarini tashkil etuvchi;
Tashqi siyosat asoslarini tashkil qiluvchi;
Moliya, mudofaa, xavfsizlik masalalarini tashkil etuvchi;
Inson huquqlari va erkinliklarini tartibga soluvchi normalar;
Bugungi kunga kelib Konstitutsiyalarning konstitutsiyaviy tartibga solish predmeti doirasining kengayib borishi esa hozirgi zamon Konstitutsiyalariga xos alohida xususiyat sifatida e`tirof etiladi.
Konstitutsiyaning tuzilishi O'zbekiston  Konstitutsiyasining muqaddimasida
e'lon qilingan deklarativ normalar uning uzoqni ko'zlab o' z  oldiga qo'ygan maqsadlarini ko'rsatib turadi. Davlat shu maqsad yo'lida konstitutsiyaviy yo'l bilan harakat qiladi va kelajakda insonparvar  huquqiy demokratik davlat barpo etishni ko'zlab olishga intiladi.
Konstitutsiyaning tuzilishi uning mazmuniga va respublikaning o'z oldiga qo'ygan vazifalariga mos keladi.
O'zbekiston Respublikasining Konstituciyasi 128 moddadan iborat 26 bobni birlashtirgan 6 bo'limni o'z ichiga oladi.
Muqaddimada Konstitutsiyaning mamlakatda to'la hokimiyat egasi bo'lmish xalq tomonidan qabul qilinishi o'z ifodasini topgan.
Download 20.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling