Shartnoma to`G`risida umumiy tushunchalar


Download 84.5 Kb.
bet1/5
Sana24.01.2023
Hajmi84.5 Kb.
#1115887
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1351786224 25537




Shartnoma to`g`risida umumiy tushunchalar

Reja:



1. Shartnoma tushunchasi va uning bozor munosabatlari sharoitidagi ahamiyati
2. Shartnomalarning turlari
3. Shartnomaning mazmuni
4. Shartnoma tuzish
5. Shartnomalarni o`zgartirish va bekor qilish

FKning 8-moddasi talabiga ko`ra, shartnomalar taraflar o`rtasida fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asoslaridan biridir. Shubhasiz, bugungi kunda shartnomalarga alohida ahamiyat berilmoqda. Chunki shartnomalarda boshqa yuridik faktlarga qaraganda, taraflarning erki-irodasi to`la ifodalanadi. Shartnomaga kirishuvchi shaxslar kim bilan, qancha, qachon shartnoma tuzishni u tufayli yetkazib berilishi lozim bo`lgan pul, tovar, ashyolarni qaysi muddatlarda, qanday transportlarda yetkazilishini, to`lov amaldagi qanday shakllarda bo`lishini mutloqo o`zi, mustaqil hal qiladilar. Ular shartnomalar tuzishda erkindirlar, shartnoma tuzishga majburlashga yo`l qo`yilmaydi1. Amaliyot shuni ko`rsatmoqdaki, shartnomalar tuzishning erkinligi, undan taraflarning o`zaro manfaatdorligi, shartnomada shartnoma intizomining mustahkamligi (ya'ni, xalq tili bilan aytganda, “shartnomaning puldan qimmatligi”), unda ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan javobgarlikdan ko`ra, mulkiy javobgarlikning keng belgilanishi xo`jalik yurituvchi subyektlarni tobora ushbu huquqiy vositadan (shartnomadan) to`laroq foydalanishga jalb qilmoqda. Shartnomalarning ahamiyatini keng tushuntirish mumkin. Ammo ularning sarasi shartnomalar to`lov intizomini kuchaytiradi, taraflarning faoliyatini har tomonlama rag`batlantiradi, o`z navbatida taraflarning mas'uliyatini oshiradi, xo`jalikning debitorlik va kreditorlik holatini yaxshilaydi, pirovardida taraflarning barqarorligini ta'minlaydi. Bu esa o`z navbatida jamiyatda tovarlar, xizmatlar va kapitallarning mo`l-ko`lligiga garovdir.


Shu ma'noda sohani tezkor va ta'sirchan huquqiy mexanizmini yaratish, shartnomalar tuzish va bajarishni ta'minlash maqsadida mamlakatimizda “Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to`g`risida” qonun 2 qabul qilindi, shartnomalarni tuzish va bajarish monitoringi yuritilmoqda. Bular o`z navbatida tuzilgan shartnomalarni tezroq va realroq ishlashiga xizmat qilmoqda.
Shartnoma ikki yoki undan ortiq shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini belgilash, o`zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan o`zaro kelishuvidir.
Shartnoma atamasi uch ma'noda: yuridik fakt; biron-bir yuridik faktga asoslangan, moddiy yoki moddiy manfaatlar to`g`risidagi huquqiy munosabat; shaxslar (fuqarolar va tashkilotlar) nima to`g`risida o`zaro kelishsalar, shuni aks ettiruvchi, ifodalovchi hujjat ma'nosida ishlatiladi. Bu yerda u o`zining birinchi ma'nosi – yuridik fakt sifatida ko`riladi va o`rganiladi.
Yodingizda bo`lsa, yuridik fakt tushunchasi “Fuqarolik-huquqiy munosabat” mavzusida batafsil berilgan edi. Unda yuridik faktlar mazmuni jihatidan ikki asosiy toifaga: yuridik hodisalar va harakatlarga bo`lingan edi. Yuridik harakatlar o`z navbatida huquq yo`l qo`ygan harakatlar sifatida bir tomonlama va ikki tomonlama bitimlar (shartnomalar) dan iboratligi ko`rsatilgan edi. Ikki tomonlama bitimlarning hammasi (oldi, sotdi, ijara, qarz va boshqalar) shartnoma hisoblanadi. Bir tomonlama bitim, masalan, vasiyatnoma shartnoma bo`la olmaydi. Binobarin, har qanday shartnoma bitim deyilsa ham, ammo har qanday bitimni shartnoma deb atab bo`lmaydi.
Demak, shartnoma bitimning bir ko`rinishi hisoblanar ekan, unga nisbatan bitimga oid qoidalar, jumladan, FKning 9-bobidaga qoidalar tadbiq etiladi. Shu bilan birga, shartnoma o`ziga taalluqli bo`lgan boshqa maxsus normalar bilan ham masalan, “Qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari bilan tayyorlov xizmat ko`rsatish tashkilotlari o`rtasida shartnomalar tuzish, ularni ro`yxatdan o`tkazish, bajarish, shuningdek ularni bajarilishi monitoringini olib borish tartibi to`g`risida”gi Nizom3 bilan ham tartibga solinadi.
Shartnomadan kelib chiqqan majburiyatlarga, agar qonunlarda boshqacha hol nazarda tutilmagan bo`lsa, FKda belgilangan majburiyatlar haqidagi umumiy qoidalar (FKning 234-352-moddalari) qo`llaniladi.
Ikkidan ortiq taraflar tuziladigan shartnomalarga ham agar bunday shartnomalar shartnomalarning ko`p taraflamalik xususiyatiga zid bo`lmasa, shartnoma to`g`risidagi umumiy qoidalar qo`llaniladi.
Shartnoma huquqiy munosabatlarni vujudga keltirish, o`zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Ammo shartnomaning harakati bu bilan cheklanmaydi. Agar boshqa yuridik faktlar umumiy qoida bo`yicha huquqiy munosabatni vujudga keltirish, o`zgartirish yoki bekor qilish bilan tugallansa, shartnoma mazkur yuridik faktlardan farq qilib, huquqiy munosabatni belgilash, o`zgartirish yoki bekor qilishdan tashqari yana huquq normalari bilan belgilangan doiralarda huquqiy munosabatda qatnashuvchilarning xatti-harakatlarini tartibga soladi, huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq va burchlarini belgilaydi.
Shartnoma bilan vujudga keltirilgan huquqiy munosabat davomida shartnoma taraflarning xatti-harakatlari qanchalik qonunga muvofiq bo`lgan-bo`lmaganligini ham tekshirish imkoniyatini beradi4.
Shartnoma tushunchasida asosiy belgi, asosiy shart – taraflarning muayyan natijaga erishishga qaratilgan o`zaro kelishuvlaridir. Taraflarning har qaysisi tomonidan shartnoma bo`yicha olinadigan huquq va burchlar har xil bo`lsa ham, ular oqibatida yagona huquqiy natija beradi, masalan, biron-bir narsaga nisbatan egalik huquqi o`tkaziladi yoki biron-bir ashyodan foydalanish huquqi olinadi va h.k.
Taraflarning kelishuvlari natijasida erishiladigan bevosita aniq natijani mazkur shartnoma tuzishda taraflarning o`z oldilariga qo`yilgan asosiy maqsaddan ajratish kerak. Masalan, metallurgiya zavodi mashinasozlik zavodi bilan muayyan miqdordagi, shart qilingan nav va markali po`latni yetkazib berish to`g`risida shartnoma tuzadi. Bu yerda taraflar o`zaro kelishuvlarining bevosita natijasi metallurgiya zavodi tomonidan mashinasozlik zavodiga shartnoma bilan belgilangan muddatlarda va muayyan shartlarga binoan ma'lum miqdorda po`lat yetkazib berish hisoblanadi. Shartnomaning maqsadi esa har ikki taraf uchun umumiy bo`lib, taraflarning har qaysisi shartnomaning barcha ko`rsatkichlarini bajarishdan, pirovardida foyda (daromad) olishdan iborat bo`ladi. Binobarin, har ikki taraf ham shartnomani lozim darajada bajarishni o`zlarining burchlari deb biladilar.
Fuqarolik-huquqiy shartnoma, asosan, mulkiy munosabatlarni rasmiylashtirish uchun tuziladi. Ba'zi hollarda shartnoma shaxsiy nomulkiy huquq va majburiyatlarni ham rasmiylashtiradi. Bu adabiyot, fan va san'at asarlarini yaratish sohasidagi ijodiy faoliyat bilan bog`liq bo`lgan shartnomalar, chunonchi, nashriyot shartnomasi, sahna asari, kinosenariyalar va boshqa shartnomalar uchun xarakterlidir.
Bunday shartnomalar taraflarning mulkiy huquqlari va burchlarinigina chunonchi, mualliflik haqi to`g`risidagi shartlarni, muddatlarni buzganlik uchun javobgarliknigina belgilamay, balki shaxsiy-nomulkiy huquqlarni ham, masalan, muallif o`z asarida nomini ko`rsatib yoki anonim tarzda chiqarishi, asari matniga o`zgartirish kiritishga ruxsat berish-bermaslik singari nomulkiy huquqlarni ham belgilaydi.



Download 84.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling