7-bob ichki ishlar vazirligi va uning organlari


Sud’yalarning huquqiy maqomi


Download 0.49 Mb.
bet4/37
Sana17.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1530392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Qosimova HuquqniMQO maruza

2. Sud’yalarning huquqiy maqomi.
O’zbekiston Respublikasi barcha sudyalar bir xil maqomga egadirlar va faqat vakolatlari hamda huquq doirasi bo’yicha o’zaro farqlanadilar. O’zbekiston Respublikasining 25 yoshga to’lgan, oliy yuridik ma’lumotli, huquq ixtisosligi bo’yicha kamida uch yil mehnat stajiga ega bo’lgan, malaka imtihonini topshirgan fuqarosi tuman (shahar)sudi, xo’jalik sudi sudyasi etib tayinlanishi mumkin.
Oliy yuridik ma’lumotli, huquq ixtisosligi bo’yicha kamida besh yillik, jumladan, odatda sudyalik lavozimida kamida ikki yillik mehnat stajiga ega bo’lgan va malaka imtihonini topshirgan O’zbekiston Respublikasining fuqarosi Qoraqalpog’iston Respublikasining fuqarosi Qoraqalpog’iston Respublikasining Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi, qurolli Kuchlar harbiy sudi sudyasi etib tayinlanishi mumkin.
Oliy yuridik ma’lumotli, huquq ixtisosligi bo’yicha kamida yetti yillik, jumladan, odatda sudyalik lavozimida kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo’lgan va malaka imtihonini topshirgan mamlakatimiz fuqarosi O’zbekiston Respublikasining Oliy sudi, Oliy xo’jalik sudi sudyasi etib saylanishi mumkin.
Harbiy xizmatni o’tayotgan, ofitserlar tarkibiga kiruvchi harbiy unvonga ega, belgilangan talablariga javob beruvchi O’zbekiston Respublikasining fuqarosi harbiy sud sudyasi etib tayinlanishi mumkin. Harbiy sudlar sudyalariga O’zbekiston Respublikasining «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida»gi qonuni, harbiy nizomlar, harbiy xizmatchilar uchun belgilangan va «Sudlar to’g’risida»gi qonunda ko’zda tutilgan huquqiy va ijtimoiy himoya choralari tatbiq etiladi. Fuqarolarning yashash yoki ish joylaridagi yig’ilishlarida ochiq ovoz berish yo’li bilan ikki yarim yil muddatga saylangan O’zbekiston Respublikasining 25 yoshga to’lgan fuqarosi xalq maslahatchisi bo’lishi mumkin. Haqiqiy harbiy xizmatni o’tayotgan, saylov kunigacha 18 yoshga to’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi harbiy sudning xalq maslahatchisi bo’lishi mumkin. Bunday xalq maslahatchilari harbiy qism xizmatchilarining yig’ilishlarida ochiq ovoz berish yo’li bilan bir yarim yil muddatga saylanadilar.
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo’jalik sudi sudyalari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdimiga binoan Oliy Majlis tomonidan saylanadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudyalari Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorig’i Kengesi raisining O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi tomonidan saylanadilar yoki tayinlanadilar.
Viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman (shahar) sudlari sudyalari - O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuzridagi Sudyalarni tanlash va lavozimga tavsiya etish bo’yicha oliy malaka komissiyasining taqdimnomasiga asosan, xo’jalik sudlari sudyalari esa – Oliy xo’jalik sudi raisining taqdimnomasiga binoan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadilar.
Harbiy sudlar sudyalari O’zbekiston Respublikasi huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimga tavsiya etish bo’yicha oliy malaka komissiyasining taqdimnomasiga binoan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadilar.
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo’jalik sudi sudyalari Oliy Majlis deputati bo’lolmaydilar. Bundan tashqarii, barcha sudyalar siyosiy partiyalar va harakatlarning a’zosi bo’lishlari hamda haq to’lanadigan lavozimni egallashlari mumkin emas. O’zbekiston Respublikasida Sudyalar assotsiatsiyasi faoliyat ko’rsatadi



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling