7-bob ichki ishlar vazirligi va uning organlari


Asosiy so’z va tayanch tushunchalar


Download 0.49 Mb.
bet3/37
Sana17.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1530392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Qosimova HuquqniMQO maruza

Asosiy so’z va tayanch tushunchalar :
qonuniylik, huquq-tartibot, sud, prokuratura, adliya, milliy xavfsizlik, soliq, bojxona, advokatura, Interpolning Milliy markaziy byurosi (MMB), huquqni muhofaza qilish, qonunga itoatgo’ylik, qonunchilikni takomillashtirish, huquqiy davlat, shaxsiy va ijtimoiiy manfaatlar, qonunning ustuvorligi, gumanizm
Takrorlash uchun savollar:
1. «Huquqni muhofaza qiluvchi organlar» fanining predmeti nima
2. «Huquqni muhofaza qiluvchi organlar» fani qaysi huquq soxalari bilan uzviy aloqador
3. «Huquqni muhofaza qiluvchi organlar» fanining boshqa yuridik fanlar uchun ahamiyati.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Karimov I.A. O’zbеkiston XXI asrga intilmoqda. T.O’zbеkiston, 1999 yil, 29-bеt.
2.Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni dеmokratlashtirish va yangilash mamlakatni modеrnizatsiya va isloh etishdir. T., «O’zbеkiston», 2005 yil, 47-80 bеtlar.
3.O’zbеkiston Rеspublkasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001 yil, 1-2 son, 10-modda.
4.O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, 9-son, 178-modda.
5.O’zbеkiston Rеspublikasi qonun xujjatlari tO’plami. 2006 yil, 12-13 sonlar, 101-modda.
6. Rustamboеv M.Q. , Nikiforova Е.N. Xuquqni muxofaza qilish organlari. T.2005 yil

2-mavzu: Sud hokimiyati, uning tuzilishi va vakolatlari.


REJA:
1. «Sud hokimiyati» tushunchasi.
2. Sud’yalarning huquqiy maqomi.
3. Sud’yalar mustaqilligining asosiy kafolatlari.
4. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi va uning
vakolatlari.


1. «Sud hokimiyati» tushunchasi.
1.Konstitutsiyaning 106-moddasiga muvofiq, «O’zbekiston Respublkasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi».
Sud hokimiyati hokimiyatlarning bo’linish nazariyasida ham, amaliyotda ham alohida o’rin tutadi. Xorijiy va o’z adabiyotlarimizda ijroiya va qonun chiqaruvchi hokimiyatlarning bog’liqligi va xatto ba’zan bir-birlariga qo’shilib ketishlarining foydaliligi yoki maqsadga muvofiq emasligi haqidagi bahslar uchrab tursada, sud hokimiyatiga kelganda ochiq fikrga erishilganlik ko’rinib turibdi. Uning funksiyasi juda aniq belgilab berilgan. Sud muassasalari davlat tuzilishining mustaqil tuzilmalaridir. qayerdaki hokimiyatlarning bo’linishi doktrinasi qabul qilingan va konstitutsiyaviy tarzda amalga oshirilayotgan bo’lsa, ushbu davlatda hokimiyat to’la va izchil namoyon bo’ladi.
Sud ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotga, insonning maqomiga, uning huquq va erkinliklarini ta’minlashga kata ta’sir kursatadi. Har bir kishida o’zining sudga murojaati mustaqil, ob’yektiv va adolatli qaror bilan yakunlashiga qat’iy ishonch bo’lishi kerak. Aslida sudga murojaat qilish huquqiy davlat sharoitida odamlarning xatti-harakatidagi odatiy hol hisoblanadi.
Konstitutsiyamizda sud hokimiyatiga bag’ishlangan maxsus bob mavjud. Mamalakatimiz Asosiy qonuni sud hokimiyati vakolatlariga kiradigan quyidagi masalalarni belgilab bergan:
qonunlarni ruyobga chiqarish va qonuniylikni himoya qilish sohasida mustaqillik va sud hokimiyatining ustuvorligi;
sudlarni tashkil qilish prinsiplari va sudyalar maqomining asoslari;
demokratik odil sudlovning asosiy g’oyalari;
sudlar faoliyatining prinsiplari;
fuqarolar huquq va erkinlarining odil sudlov sohasida kafolatlanligi.
Konstitutsiya sudlarni o’tkazishda sud ishlarini yuritishning quyidagi prinsiplarini mustahkamlab qo’ygan:
sudlarning mustaqligi va sudyalarning daxlsizligi (106, 108-m);
sudlarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo’ysunishi (112-m);
sudya lavozimining deputatlik mandati bilan birga olib borilmasligi (108, 112-m);
hamma sudlarda ishlarning ochiq va oshkora ko’rilishi (ishlarni yopiq majlisda tinglashga qonunda belgilangan hollardagina yo’l qo’yiladi) (113-m);
- sud ishlarining o’zbek, Qoraqalpoq tili yoki muayyan joylardagi ko’pchilik aholi so’zlashadigan tillarda olib borilishi (115-m);
- tergov va sud ishlarining har qanday bosqichida advokatlarning qatnashishi (116-m);
-sud hokimiyati hujjatlarining barcha davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishining majburiyligi (109, 110, 114-m).
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi bilan sud va huquq islohotlariga keng yo’l ochildi. Bu islohotlarning bosh vazifasi sudning ustaqilligini ta’minlash va fuqarolarning huquq va erkinliklarini kengaytirishdir. Konstitutsiyada bunga asos yaratilgan.
O’zbkiston Respublikasi Oliy Kengashining 13-sessiyasi (1993 y. 2 sentyabr) «Sudlar to’g’risida»gi qonun va Xo’jalik protsessual kodeksini qabul qildi, shuningdek, «Harbiy sudlarning faoliyati to’g’risida»gi, «Sud’yalar malaka hay’ati to’g’risida»gi, «Sudyalar malaka darajasi to’g’risida»gi, «Sudyalar mansab darajalari to’g’risida»gi nizomlarni tasdiqladi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 16-sessiyasi (1994 y. 22 sentyabr) Jinoyat-protsessual kodeksini qabul qildi. U dastlabki tergov bilan birgalikda butun sud faoliyatini tartibga solib turadi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000 yil 30 avgustdagi ikkinchi chaqiriq uchinchi sessiyasida «Sudlar to’g’risida»gi qonunning Yangi tahriri birinchi o’qishda qabul qilindi. Bu qonun 2000 yilning 14 dekbrida Oliy Majlisning sessiyasida qabul qilindi va hozirda amal qilmoqda.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling