7-bob ichki ishlar vazirligi va uning organlari


O’zbekiston Respublikasi sud tizimi


Download 0.49 Mb.
bet8/37
Sana17.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1530392
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37
Bog'liq
Qosimova HuquqniMQO maruza

1.O’zbekiston Respublikasi sud tizimi.
Konstitutsiyaning 107-moddasiga ko’ra, «O’zbekiston Respublikasining sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi, Qoraqalpog’iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo’yicha oliy sudlari, Qoraqalpog’iston Respublikasining xo’jalik sudidan, shu muddatga tayinlanadigan fuqarolik va jinoyat ishlari bo’yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo’yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, harbiy va xo’jalik sudlaridan iborat». Biroq, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 14 avgustdagi «Sud tizimini takomillashirish» to’g’risidagi farmoniga binoan, 2001 yilning 1 avgustidan boshlab mavjud umumiy yurisdiksiya sudlari negizida Qoraqalpog’iston Respublikasi Fuqarolik ishlari bo’yicha oliy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlararo fuqarolik ishlari bo’yicha sudlar; Qoraqalpog’iston Respublikasi Jinoyat ishlari bo’yicha Oliy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) Jinoyat ishlari bo’yicha sudlari tashkil qiladi.
Yuqorida sanab o’tilgan sudlar birgalikda sud tizimini tashkil qiladi. Ular Konstitutsiyada belgilab qo’yilganidek, demokratik prinsiplarga asoslangan hamda O’zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy bo’linishini hisobga olgan holda Oliy sud rahbarligida faoliyat ko’rsatadilar.
Konstitutsiyaviy sudni tashkil etish asoslari, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasida belgilab qo’yilganidek, alohida qonun bilan tartibga solinadi. Ushbu qoida «Sudlar to’g’risida»gi qonunining 1-moddasida takrorlangan bo’lib, sud tizimiga boshqa biror jamoat yoki davlat organlari kirmaydi.
Tashkiliy aloqalar sudlarning tuzilishi to’g’risidagi qonunlar bilan, funksional aloqalar esa fuqarolik, protsessual, jinoiy va ma’muriy protsessual qonunlar bilan boshqarib boriladi. Barcha sudlar sud tizimining turli organlari tarzida o’zaro bog’langan. bir bo’g’inda bir xil vakolatga ega sudlar joylashgan (masalan, Toshkent shahridagi tumanlar sudlari va Samarqand, Andijon shaharlaridagi shahar sudlari).
Sud tizimi uchun uning bo’g’inlari orasidagi aloqalar bilan birgalikda funksional aloqalar ham katta ahamiyatga ega. Bu aloqalar shundan kelib chiqqanki, sud sud faoliyati bilan birga bir necha faoliyatni, ya’ni birinchi, ikkinchi instansiyadagi yoki nazorat instansiyasi funksiyalarini amalga oshiradi.
«Bo’g’in» va «instansiya» tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog’langan. Lekin ularni almashtirib yubormaslik kerak. «Bo’g’in» - sud tuzilishiga oid tushunchadir. U sudning sud tizimidagi o’rnini (uning ma’lum hududdagi faoliyatidan kelib chiqib) belgilaydi.
«Instansiya» - sud ishlarini yuritishda oid tushuncha. U sudda ishlarni ko’rib chiqishning maqsadidan kelib chiqadigan sud faoliyatining turiga bog’liq.
O’zbekiston Respublikasining sud tizimi ancha murakkab bo’lib, uch bo’g’indan iborat.
Sud tizimining birinchi bo’g’ini tuman va shahar sudlaridir. Ular barcha fuqarolik va ma’muriy ishlarni, jinoiiy ishlarni ko’pini ko’rib chiqadi. Ikkinchi bo’g’ini Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudlari va Toshkent shahar sudi tashkil qiladi. Uchinchi bo’g’in O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi. Ularni shu tariqa uch bo’g’inga bo’lish yagona sud tizimining buzilishi emas. Chunki, barcha sudlar bir xil prinsiplar, bir qonunlar asosida faoliyat ko’rsatadi, yagona vazifani bajaradi.
Sud tizimining yana bir xususiyati shundaki, ularning barchasiga O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi rahbarlik qiladi. Konstitutsiyaning 110-moddasida: «O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi – fuqarolik, jinoiy va ma’muriy sudlov ishlarini yurgizish borasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. U tomondan qabul qilingan hujjatlar qat’iy va Respublikaning barcha hududida bajarilishi majburiy. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi - Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar, shahar va tuman sudlarining sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega», - deyilgan.
«Instansiya» deganda, ma’lum sud funksiyasini bajarishga vakolatli bo’lgan, ya’ni ishlarni mohiyatan ko’rib chiqish yoki sud hujjatlarini kassatsion yoxud nazorat tartibida tekshirish vakolati bo’lgan sud organlari tushuniladi.
Umumiy qoidaga ko’ra, ish birinchi va ikkinchi instansiyalarda ko’rib chiqilishi mumkin. Nazorat tartibida ishni qayta ko’rib chiqish uchinchi instansiya hisoblanmaydi, chunki bunga istisno tariqasida yo’l qo’yiladi.
Ikkinchi yoki nazorat instansiyasida ishlarni ko’rib chiqar ekanlar, sudlar amalga quyi turuvchi sudlarning ishlariga raxbarlik qiladilar. Bu birinchi instansiyadagi sudlar ko’rib chiqadigan ishlarning ahamiyati kam yoki noto’g’ri degani emas. Instansiyalar bo’yicha odil sudlovni amalga oshirishga kengroq to’xtalamiz.
Ishni birinchi instansiyadagi sudning ko’rib chiqishi mohiyatan olganda ayblanuvchiningsh sud qilish yoki oqlash (jinoiy ishlarda), da’voni rad etish (fuqarolik ishlarida) maqsadida ishning muhokama etilishidir. birinchi instansiyadagi ishlarni barcha sudlar o’z vakolatlari doirasida ko’rib chiqadilar. Murakkabroq ishlar to O’zbekiston Respublikasi Oliy sudigacha bo’lgan yuqori turuvchi sudlar tomonidan ko’rib chiqiladi.
Ishlarni mohiyatan ko’rib chiqishning xususiyati shundaki, sud xalq maslahatchilarining ishtirokida yoki ishtirokisiz dalil-isbotlarni tahlil qiladi va ish uchun zarur bo’lgan barcha faktlarni aniqlaydi. bunga ishga aloqasi bo’lgan barcha shaxslar qatnashadilar. Jinoiy ishni ko’rib chiqishning yakuni bo’yicha sud hukm chiqaradi, fuqarolik ishi bo’yicha esa qaror chiqaradi.
Sud hujjatlari barqarordir. Shuning uchun birinchi instansiya sudi o’z qarori yoki xukmini o’zi o’zgartira olmaydi. Kassatsiya shikoyati yoki protest berilgan taqdirda ularning asoslangan-asoslanmaganligidan qat’i nazar, ish ikkinchi instansiyadagi sudda ko’rib chiqiladi. O’zbekiston Respublikasida tuman yoki shahar sudlari uchun ikkinchi inatansiyadagi sud Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar sudlari, Toshkent shahar sudlaridir, keyingi sanab o’tilganlari uchun esa - O’zbekiston Respublikasi Oliy sudidir.
Kassatsiya tartibida faqat kassatsiya shikoyati va kassatsiya protestiga asoslangan ishlargina ko’rib chiqiladi. Ikkinchi instansiyasidagi sud ishni uch sudyadan iborat tarkibda ko’rib chiqadi. Ulardan biri rais, ikkinchisi esa ma’ruzachi bo’ladi. Ma’ruzachi sudya birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan xukmi, xal qiluv qarori yoki ajrimining qonuniyligini va asoslanganligini tekshiradi.
Kassatsiya instansiyasi xukm yoki qarorini to’g’ri deb topgan hollarda uni o’zgartirishsiz qoldiradi, kassatsion shikoyat yoki protestni qondirmaydi. Agar birinchi instansiya sudining xukmi yoki qarori ish materiallariga to’g’ri kelmasa, noqonuniy chiqarilgan bo’lsa, ikkinchi instansiya sudi ularni bekor qiladi va ishni yangidan ko’rib chiqish uchun o’sha sudning o’ziga (lekin endi sud’yalarning tarkibi o’zgargan bo’ladi) yoki boshqa sudga yuboradi.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling