I. O‘quv-uslubiy ishlar


Download 79.5 Kb.
bet1/3
Sana07.03.2023
Hajmi79.5 Kb.
#1245279
  1   2   3
Bog'liq
59kTkHygupYkXDmGRghh


I. O‘quv-uslubiy ishlar

  1. Fakultet va kafedralar tomonidan Hukumat qarorlari, vazirlik buyruqlari, topshiriqlari va filial kengashi qarorlarining bajarilish holati;

  2. Fakultet va kafedra ish rejasining filial rivojlanish strategik yo‘nalishlariga muvofiqligi tahlili;

  3. Fakultet va kafedralar ish rejasinining mavjudligi va bajarilish holati;

  4. Kafedraning istiqbolli rejasi mavjudligi, uni amalga oshirish uchun chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilganligi;

  5. Fakultet va kafedralarning O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasining tegishli maqsadli ko‘rsatkichlari bo‘yicha natijalari tahlili;

  6. Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha Davlat ta’lim standarti, malaka talablari, o‘quv rejalar, ishchi o‘quv rejalar, fan dasturlari, ishchi o‘quv dastur (силлабус)lar hamda o‘quv-uslubiy hujjatlar bilan to‘liq ta’minlanganligi va o‘zaro muvofiqligi (1- jadval);

  7. Kafedralarda o‘quv yuklamalarining professor-o‘qituvchilar o‘rtasida taqsimotining mavjudligi va bajarilishi (professor-o‘qituvchilarning bajargan o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari);

  8. Kafedralarda professor-o‘qituvchilarning o‘z mutaxassisligiga mosligi va tanlov asosida qabul qilinganlik holati (2- jadval);

  9. Ta’lim jarayoniga ilmiy-tadqiqot institutlari, ishlab chiqarish korxona va tashkilotlari hamda xorijiy davlatlar malakali mutaxassislarining jalb etish bo‘yicha hamkorlik shartnomalarining mavjudligi, natijadorligi va amalga oshirilgan ishlar (3-jadval);

  10. Kafedra professor-o‘qituvchilari xorijiy oliy ta’lim muassasalarida dars (ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulot)lar o‘tganligi;

  11. Kafedra professor-o‘qituvchilar xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘tagan stajirovkasining natijadorligi;

  12. Dars jarayonida axborot-kommunikatsion texnologiyalar, pedagogik texnologiyalar va innovatsion texnologiyalar natijalaridan foydalanish darajasi, o‘quv jarayonining kompyuter texnikasi va o‘quv-taqdimot qurilmalari bilan ta’minlanganligi, ularning ishchi holatdaligi;

  13. O‘qitilayotgan har bir fan bo‘yicha (tillar kesimida) o‘quv uslubiy materiallarni takomillashtirish, taqdimot materiallarini tayyorlash, hamda horijiy adabiyotlarda keltirilgan yangiliklar bilan uzviylikni ta’minlash va boyitishga qaratilgan masalalar;

  14. Fanlar kesimida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan o‘quv adabiyotlari, xorijiy mutaxassislar bilan hammualliflikda chop etilgan o‘quv adabiyotlari (darslik, o‘quv qo‘llanma va monografiyalar) (4-jadval);

  15. O‘quv-laboratoriya mashg‘ulotlarining tashkil etilishi va o‘tkazilishi:

- har bir ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligining o‘quv rejasiga binoan fanlar bo‘yicha laboratoriya ishlarining bajarilishi;
- o‘quv-laboratoriya mashg‘ulotlarining tegishli laboratoriya (ustaxona)larda tashkil etilganligi;
- o‘quv-laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda tarqatma materiallar, yo‘riqli-texnologik xaritalar va boshqa uslubiy ishlanmalardan foydalanilishi;
- o‘quv auditoriyalari, laboratoriya va ustaxonalarini zarur jihoz, xom ashyo va materiallar bilan ta’minlash me’yorlarining mavjudligi;
- o‘quv auditoriyalari, laboratoriya va ustaxonalarning jihozlanish holati va xom ashyo bilan ta’minlanganligi;
- mavjud jihoz, asbob-uskuna, texnika va xom ashyodan ta’lim jarayonida foydalanish samaradorligi;
- laboratoriya ishlarining filial hududidan tashqarida (ishlab chiqarish korxonasi, tashkilotlar, o‘quv-tajriba xo‘jaligi va shu kabilarda) bajarilganligi.

  1. Mutaxassislik kafedralarda moddiy texnik ta’minotni ko‘tarish hamda laboratoriya ishlarini yanada jonlantirish va tayyorlash (5-jadval);

  2. Kafedraning moddiy-texnik bazasini o‘rganish. Bu jarayonda kafedralar tomonidan amalga oshirilayotgan grantlar, shartnomalar asosida moddiy-texnik bazani yaxshilashga qo‘shgan hissasining ulushiga e’tiborni qaratish. (6-jadval)

  3. O‘z sohasi bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarning rivojlanishiga qarab ta’lim jarayonlarini amalga oshirish uchun pedagog kadrlarning bevosita ishlab chiqarishda malakasi oshirilishini (muntazam yoki muntazam emasligi) hamda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha iste’molchilar bozorining o‘rganilganligi;

  4. O‘quv adabiyotlari uchun rejalar va mualliflar guruhi shakllantirilganligi, ularni nashr etish, elektron shakllari bilan birga filial ARMiga joylashtirilganligi bo‘yicha ma’lumot (7-jadval);

  5. Professor-o‘qituvchilarning qayta tayyorlash va malaka oshirish rejasining bajarganlik holati, o‘zlashtirish natijalari;

  6. Kafedrada talabalarga mustaqil ta’lim jarayonini tashkil etish holati va internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtirilgan ta’lim resurslari hajmi;

  7. Kafedrada o‘quv jarayoniga talabalarda mustaqil ta’lim olish, tizimli tahlil qilish va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan metodikalar yaratilganligi;

  8. O‘quv-tanishuv, malakaviy (pedagogik) hamda bitiruvoldi amaliyotlarining tashkil etilishi:

- amaliyot dasturlarining ishlab chiqilganligi;
-o‘quv-tanishuv, malakaviy (pedagogik) hamda bitiruvoldi amaliyotlarini o‘tkazish bo‘yicha buyruqlarning rasmiylashtirilganligi;
-o‘quv-tanishuv, malakaviy (pedagogik) hamda bitiruvoldi amaliyotlarining tashkil etilishi, o‘tkazilishi, kundalik hamda hisobotlarning yuritilishi va saqlanishi.

  1. Bitiruv malakaviy ishlari (umumkasbiy va mutaxassislik fanlaridan fanlararo YaDA)ning bajarilishi:

- Bitiruv malakaviy ishlar uchun mavzular bankining shakllantirilganligi hamda o‘rnatilgan tartibda tasdiqlatib kafedra oynasiga joylashtirilganligi (bitiruvchilarga yetkazilganligi va tanlanishi);
- umumkasbiy va mutaxassislik fanlaridan fanlararo YaDA uchun savollar bankining shakllantirilganligi hamda o‘rnatilgan tartibda tasdiqlatib kafedra oynasiga joylashtirilganligi (bitiruvchilarga yetkazilganligi);
- Bitiruv malakaviy ishlari (umumkasbiy va mutaxassislik fanlaridan fanlararo YaDA)ni bajarish va rasmiylashtirish uchun uslubiy qo‘llanmalarning mavjudligi, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanganligi va uslubiy ta’minlanganlik holati;
- Bitiruv malakaviy ishlari (umumkasbiy va mutaxassislik fanlaridan fanlararo YaDA)ni bajarishda mualliflikni o‘zlashtirishga (plagiat) yo‘l qo‘yilishi holatlarini oldini olishga qaratilgan choralarning belgilanganligi.

  1. Magistrlik disertatsiya ishlarining bajarilishi:

- Magistrlik disertatsiya ishlari uchun mavzular bankining shakllantirilganligi hamda o‘rnatilgan tartibda tasdiqlatib kafedra oynasiga joylashtirilganligi (talabalarga yetkazilganligi va tanlanishi);
- Magistrlik disertatsiya ishlarini bajarish va rasmiylashtirish uchun uslubiy qo‘llanmalarning mavjudligi, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanganligi va uslubiy ta’minlanganlik holati;
- 2022-2023 o‘quv yili 1-kurs talabalari uchun magistrlik disertatsiya ishlari mavzulari amaldagi talablar doirasida (buyruq chiqqandan so‘ng 2 oy muddat ichida) rasmiylashtirilganligi;
- 2022-2023 o‘quv yili 2-kurs talabalarining magistrlik disertatsiya ishlarini bajarilish holati (protsentovka)ni monitoringining yo‘lga qo‘yilganligi;
- 2022-2023 o‘quv yili 2-kurs talabalarining magistrlik disertatsiya ishlari himoyasiga tayyorgarlik ishlarining amaldagi talablar doirasida olib borilayotganligi;
- magistrlik dissertatsiyalarini bajarishda mualliflikni o‘zlashtirish (plagiat)ga yo‘l qo‘yilishi holatlarini oldini olishga qaratilgan choralarning belgilanganligi;
- magistrlik dissertatsiyalarining bajarilish sifati, dolzarbligi, qo‘yilgan talablar asosida bajarilganligi, o‘quv jarayoni va ishlab chiqarishga joriy qilinganligi;
- Ilmiy-seminar hamda ilmiy-pedagaogik ishlarining amaldagi talablar doirasida olib borilayotganligi;
-Ilmiy-amaliyot (stajirovka)ning tashkil etilishiga tayyorgarlik holati.

  1. Sirtqi ta’limda ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligi holati;

  2. Xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlarida ta’lim sifati holati;

  3. Fakultetlarda ta’limni boshqaruv axborot tizimini joriy etish holati, barcha jarayonlarni raqamlashtirish orqali qog‘ozbozlik va ortiqcha sansalorlikka barham berish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, HEMIS –axborot tizimining yuritilish holati;

  4. Kafedralar kesimida ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar) bo‘yicha xorijiy tilda dars berilayotgan ixtisoslik (mutaxassislik) fanlarining mavjudligi va ularning uslubiy ta’minoti;

  5. Fakultetlarda talabalar davomati;

  6. Fakultetlarda talabalar bilimini va oʻzlashtirishini baholash tizimining holati;

  7. Fakultetlarda 2022-2023 o‘quv yili bo‘yicha me’yoriy hujjatlarning yuritilishi;

  8. Xorijiy talabalarning jalb etilganlik holati;

  9. Fakultetlarda 2021-2022 o‘quv yili natijalari bo‘yicha talabalardan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari asosida past natija ko‘rsatgan professor-o‘qituvchilar darsini tahlil qilish;

  10. ARMning faoliyati, unda professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik holati, ARM bazasida mavjud darslik, o‘quv-uslubiy va boshqa qo‘llanmalar raqamli formatga o‘tkazilib, ularning elektron platformasi shakllantirilishi holati hamda ular bo‘yicha raqamli yagona axborot qidiruv tizimining joriy qilinganligi;


Download 79.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling