7-bob ichki ishlar vazirligi va uning organlari
Interpolning rivojlanishi
Download 0.49 Mb.
|
Qosimova HuquqniMQO maruza
Interpolning rivojlanishi
1923 yilning 3 sentabrida Jinoyat politsiyasi xalqaro kongressi to'plandi. U Vena shahrida 20 mainlakatning 183 politsiya organlari delegatsiyasi ishtirokida o'tdi. Jinoyatchilikka qarshi kurashda dunyo mamlakatlaridagi turli politsiya tashkilotlarining bevosita va doimiy aloqalarini o'rnatishga qaror qilindi. Vena kongressining kun tartibida quyidagi masalalar bor edi: 1) jinoyat politsiyasi organlarining davlatlararo aloqalarini tashkil qilish; 2)jinoyatlarga qarshi kuchli kurashni yo'lga qo'yish; -203- 3)hibsga olingan jinoyatchilarni bir-birlaiiga berish va mamlakatdan chiqarib yuborisb; 4)politsiya organlarining xalqaro ish tilini qabul qilish; 5) alkogolizmga va giyohvandlikka qarshi kurash; 6) kriminalistika fanini rivojlantirish. Kongress ishtirokchilarining turli xizmatlardan tashkil topgan tarkibi ikkita muhim qaror qabul qildi: a)mamlakatlarning politsiya xizmatiari o'rtasida bevosita aloqalar o'rnatishning zarurligi; b)xalqaro politsiya tashkiloti tuzish to'g'risida. Shunda bo'lajak tashkilotning nizomi qabul qilingan edi. Avstriya vakili B.Shuls, uni Jinoyat politsiyasi xalqaro komissiyasi (JPXK) deb atashni taklif qildi. Kongressda jami 29 ta maxsus ma'ruza o'qildi. Ularda jinoyatchi umuminsoniy osoyishtalikni buzganligi uchun hech qayerdan panoh topmasligi zarurligi qayd etib o'tilgan edi. Yana jinoyatchi qaysi davlatda jinoyat qilganligi va qaysi davlatda qo'lga tushganligidan qat'i nazar, javobgarlikka tortilishi zarurligi haqidagi fikr ham targ'ib etildi. Shunday qilib, 1923 yil 7 sentabrda Nizom qabul qilingan kundan boshlab, Interpolning tarixi boshlanadi. Lekin 1923 yilda xalqaro komissiya hali mustaqil tashkilot emas, baiki butun jahon politsiya kongressining organi sifatida tashkil etilgan edi. Nizomning 1-moddasiga ko'ra, JPXKning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat edi: a)barcha rnamlakatlardagi xavfsizlik organlarining o'zaro xizmat yordamini rasmiylashtirish; b)jinoyatchilikka qarshi muvaifaqiyatli laoliyat olib boradigan muassasalar tuzish. Tarkib va vakillik haqida 3-moddada shunday deyilgan edi: «Jinoyat politsiyasi xalqaro komissiyaning a'zolari Venada yig'ilayotgan kongress tomomdan shunday saylanadilarki, bar bir davlat hech bo'lmaganda bir vakilga ega bo'ladi. Kongressda vakilligi bo'lmagan davlatlar hukumati o'z vakillarini tanlash uchun taklif qilinadilar. Bundan keyin barcha nonizodlar komissiya a'zolari bo'lishlari mumkin, basharti ularning komissiya ishlarida yordamlari tegishga asos bo'lsa. Bunday nomzodlarning komissiya a'zoh'giga qabul qilinishi haqidagi masala ko'pchilik ovoz bilan hal qilinadi». Avvaiiga IPXKning yaratih'shiga qalbaki pui yasovchilarga qarshi kurashda xalkaro hamkorlik asos qilib olinganligidan kelib chiqib, qalbaki pul yasovchilarga qarshi kurashning xalqaro markazi tuzilgan edi. 1924 yilning may oyida JPXKda quyidagi bo'limlar tashkil qih'ndi: xalqaro jinoyatchilar haqida axborotlar markazi; yashirinib yurgan -204- jinoyatchilarni topish markazi. Shu yilning o'zida ushbu tashkilotda oylik nashr «Xalqaro jinoyat politsiyasining jurnali» chop etila boshlandi, 1926 yildan boshlab esa ijtimoiy xavfli shaxslarning xalqaro hisob bo'limi ish boshladi. 1930 yilda Jinoyat politsiyasi xalqaro komissiyasi mustaqil ish boshladi. Bundan keyin JPXKning Bosh assambleyasi har yili chaqiriladigan bo'ldi va yanada kengroq masalalarni ko'rib chiqa boshladi. Qalbaki pul yasovchilarga, «jonli tovar» bilan savdo qiluvchilarga qarshi kurash metodlarini cheklash, narkotiklar tashish imkoniyatlarini cheklash, xalqaro firibgarlar va o'g'rilarga qarshi kurash kabilar shular jumlasidandir. Tashkilot o'z deklaratsiyalarida «qonunlarni universal qo'llash», «internatsional jinoyat yurisdiksiyasini yo'lga qo'yish», fuqaroligidan qat'i nazar, jinoyatchi qaysi davlatda qo'lga tushgan bo'lsa, o'sha davlatda sud qilinishiga chaqira boshladi. 1939 yilda Berlinda o'tkazilishi kerak bo'lgan tashkilotning syezdi urush tufayli o'tkazilmay qoldi. Avstriya Germaniyaga qo'shib olingach, JPXKning materiallari Berlinga olib ketildi va Berlindagi Vanza villasi ushbu tashkilotning shtab-kvartirasiga aylandi. Urush paytida ko'plab arxiv materiallari yo'qolib ketdi va faqat 1946 yildagina mazkur tashkilot o'z ishini qaytadan davom ettira boshladi. JPXKning yangi nizomini ishlab chiqish uchun maxsus komissiya tuzildi. Shtab kvartira endilikda Parijga ko'chirildi. 1947 yilda Jinoyat politsiyasi xalqaro komissiyasi Oliy kongressining navbatdagi sessiyasi chaqirildi. U JPXKning nomini Interpol deb o'zgartirdi. Buning muallifi ushbu sohada ishlayotgan italyan jurnalistlarining bir guruhidir. Jinoyatiarga qarshi xalqaro kurashish dunyo davlatlari ko'pchiligining e'tiborini torta boshladi. BMT ushbu tashkilotga nohukumat konsultativ maqomini berdi. Bu uning butun jahon tomonidan tan olinishiga sabab bo'ldi. Venadagi 25-kongressda 1956 yilning J3 iyunidan kuchga kirgan va hozir amalda bo'lgan Interpolning yangi nizomi qabul qilindi. U Bosh assambleyaning har yilgi majlislari har gal turli davlatlarda o'tkazilishini nazarda tutadi. 1960 yilda majlis birinchi marta Yevropa qit'asidan tashqarida, Vashingtonda o'tkazildi. Bosh assarableyaning keying! sessiyalari Osiyo davlatfarida o'tkazila boshlandi, uning shtab-kvartirasi esa Lionga ko'chib o'tdi. 80-yillarning o'rtasidan boshlab Interpol «Jinoyatchilikni to'xtatish» dasturini keng reklama qila boshladi. Bu dastur 25 yilga mo'ljallangan edi. Unda terrorizm, kontrabanda, narkobiznes, qalbaki pul yasashga qarshi kurash masalalari kiritilgan. 1990 yilda Interpolga sobiq SSSR ham kirdi. U tugab ketgach esa SSSR tarkibidagi respublikalar ham Interpolga a'zo bo'ldilar. O'zbekiston Respublikasi 1994 yilda Interpolga a'zo bo'Idi va Osiyo qit'asidagi subyekllar o'rtasida katta rol o'ynay boshladi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling