7-bob ichki ishlar vazirligi va uning organlari


Download 0.49 Mb.
bet33/37
Sana17.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1530392
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
Qosimova HuquqniMQO maruza

Interpolning ijroiya qo'mitasiga tashkilotning prezidenti rahbarlik qiladi. Bu qo'mita o'z ichiga uchta vitse-prezident va to'qqizta a'zoni oladi. Qo'mitaning 13 ta a'zosi turli mamlakatlar politsiyalarining va iloji boricha barcha qit'alarning namoyondalari bo'lishlari kerak (Nizomning -201 -
15-moddasi). Prezident to'rt yilga, vitse-prezidenti ar va qo'mita a'zolari uch yilga saylanadilar. A'zolar bir mamlakatning emas, balki tashkilotning vakiliari sifatida o'z majburiyatlarini ado etadilar.
Tashkilotning prezidenti Bosh assambleya va Ijroiya qo'rnitaga rahbarlik qiladi. Barcha Intetpol organlarining faoliyati qabul qilinayotgan qarorlarga mos bo'lishini kuzatadi. Bosh kotib bilan aloqada bo'ladi. Interpol prezidentlari - odatda prezidentlikka saylangunlaricha o'z politsiyalarining obro'li professional rahbarlari va turli sessiyalarda o'z delegatsiyalarining boshliqlari bo'lgan kishilar bo'lishadi yoki Ijroiya qo'mitasining a'zolari yoxud vitse-prezidenti bo'lib ishlagan bo'ladilar. Ular o'z lavozimlaridan bo'shagach, mamlakatdagi katta politsiya mansablarini egallaydilar yoki xususiy xizmatlarga rahbarlik qiladilar. Masaian, Interpolning sobiq prezidenti RJekson ingliz xususiy qidiruv firmasi «Sekyurkor»ning vitse-prezidenti bo'lib ko'p yillar ishlagan.
Nizomning 22-moddasiga muvofiq, Ijroiya qo'mitaning vazifalari quyidagicha:
a) Bosh assambleyaning qarorlaii bajarilishini nazorat qilish;
b)Bosh assambleya majlisining kun tartibini tayyorlash; v) Oliy kongressga ish rejalari va takliflarni taqdim etish; g) Bosh kotibning faoliyatini nazorat qilish;
d) Bosh assambleya o'ziga yuklagan vazifalami bajarish.
Ijroiya qo'mita yiliga kamida bir marta chaqirih'shi kerak (20-modda). Lekin ko'pincha u ikki yilda bir marta chaqirilmoqda.
Bosh kotibiyat Interpolning doimiy faoliyat ko'rsatuvchi xizmatidir. TashMlot Nizomining 26-moddasida ko'rsatilganidek, u:
-muntazam ravishda Bosh assambleya va Ijroiya qo'mitaning qarorlarini hayotga tatbiq etadi;
-jinoyatchilikka qarshi kurashishning xalqaro markazi hisoblanadi, maxsus axborot markazi sifatida harakat qiladi;
-tashkilot nomidan maxsus vakolatlarga ega, milliy va xalqaro tashkilotlar bilan aloqada bo'ladi;
-milliy politsiya muassasalari orqali jinoyatlarni tergov qilishga ko'maklashadi;
- Interpolning nashrlarini tayyorlaydi va chiqaradi;
-Bosh assambleya, Ijroiya qo'mitaning majlislari paytida kotibiyat vazifasini bajaradi;
- bar yilgi ish rejalarini tuzadi;
- tashkilotning prezidenti bilan doimiy ravishda bevosita aloqa qiladi. Interpol Bosh kotibiyatining Nizomda ko'rsatilgan vakolatlari
quyidagilarni o'z ichiga oladi:-202-
1) bevosita jinoyatchilikka qarshi kurashga yo'naltirilgan politsiya faoliyatini muvofiqlashtirish. U axborotlarni markazlashtiradi, eng muhitn xabarlarni ajratib oladi, turli manbadan olingan xabarlarni sintez qiladi, manfaaldor a'zolarga jo'natadi, yig'ma hisobotlar tuzadi;
2)ilmiy tadqiqotlar va rejalashtirishni amalga oshiradi. Interpolning maxsus kutubxonasi va turli tillardagi jurnali ushbu maqsadlarga xizmat qiladi;
3)Interpol turli organlarining kundalik faoliyatiga rahbarlik qiladi, ularning kelgusi va hozirdagi ish faoliyati vositalarini, mablag'larini belgilab beradi, Interpol a'zolarining doimiy aloqasini, ularni texnik vositalar bilan ta'minlaydi.
Bosh kotibiyatga besh yil muddatga tayinlanadigan Bosh kotib rahbarlik qiladi. U Bosh assambleya tomonidan, Ijroiya qo'mitaning takiifiga binoan, layinlanadi. Nizom bu lavozimga oliy malakali, 65 yoshdan oshmagan shaxsni tanlashni tavsiya qiladi. Apparatda 20 dan ortiq mamlakatlaming vakillari ishlaydi.
Bosh kotib va uning qo'l ostidagilari o'z faoliyatida mustaqildirlar. Ular hukumat tashldlotlariga bo'ysunmaydi «Ular o'zlarining xalqaro vazifalarini bajarishga to'sqinlik qiluvchi har qanday harakatlarning oldini olishlari shart.
Tashkilotning har bir a'zosi Bosh kotib va lining xodimlari tomonidan bajarilayotgan vazifalarning xalqaro ahamiyatini hurmat qilishlari zarur, ularga o'z vazifalarini bajarayotgan paytlarida ta'sir o'tkazmasliklari va ularni har qanday usullar bilan qo'llab-quwatlashlari shart» (Nizomning 30-moddasi).
Apparat xodimlarining aksariyati turli mamlakatlar politsiyalarining tajribali xodimlaridir. Interpol xodimlarining doimiy shtatlari yildan yilga ko'payib bormoqda. Bunga nizomda yo'l qo'yilgan. Nizom turli mamlakatlaming politsiyachilariga jinoyatchilikka qarshi kurashda o'z mahoratlarini ko'rsatishga imkon bergan.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling