7-bob ichki ishlar vazirligi va uning organlari
Maxalliy soliq qo’mitasi organlari va ularning vakolatlari
Download 0.49 Mb.
|
Qosimova HuquqniMQO maruza
2. Maxalliy soliq qo’mitasi organlari va ularning vakolatlari.
Mahalliy soliq organlariga quyidagilar kiradi: 1) Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat soliq bosh boshqarmasi; . 2) viloyatlar Davlat soliq boshqarmalari, Toshkent shahar Davlat soliq bosh boshqarmasi; 3)tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlarning davlat soliq inspeksiyalaii. Ushbu organlarga O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi boshlig'i tomonidan tayinlanadigan boshliqlar rahbarlik qiladilar. Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat soliq bosh boshqarmasining boshlig'i Qoraqalpog'iston Respublikasi rahbariyatining tavsiyasiga ko'ra tayinlanadi. Viloyatlar va Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmalari boshliqlarining o'rinbosarlari - O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasining raisi tomonidan; shaharlar, tumanlar va shaharlardagi tumanlar soliq inspeksiyalari boshliqlarining o'rinbosarlari, shuningdek, ushbu inspeksiyalar bo'lim boshliqlari esa - Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining tegishli boshliqlari tomonidan tayinlanadilar. Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Davlat soliq qo'mitasi boshqarmalari o'z tarkiblaridagi kollegial organ -kengashlarga ega. Mahalliy soliq organlarining asosiy vazifasi soliq haqidagi qonunlarning ishlashini ta'mmlash, barcha soliq va boshqa majburiy to'lovlar to'lovchilarni hisobga olish, ushbu to'lovlarning to'g'ri amalga oshirilishini nazorat qih'shdir. Mahalliy soliq organlarining o'zlariga yuklatilgan vazifalarini samarali bajarishni ta'minlash maqsadida ularga quyidagi huquqlar berilgan: a)vazirliklar va idoralar, korxonalar, birlashmalar, kooperativlar, kichik korxonalar, tashkilotlar, muassasalarda, mulkchilik va xo'jalik shaklidan qat'i nazar, xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar qatnashgan korxonalar, birlashmalar, sug'urta jamiyatlarida, mamlakatimiz fuqarolarining banklari va sug'utta jamiyatlarida pul va buxgalteriya hujjatlarini tekshirish, soliq va boshqa majburiy to'lovlar bilan bog'liq deklaratsiyalar va boshqa hujjatlarni tekshirish davomida yuzaga keladigan masalalar bo'yicha tushuntirishlar, ma'lumotlar, zarur hujjatlami olish; b)soliqqa tortish raaqsadida tekshirilayotgan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, jamoat birlashmalari (banklar, sug'urta va auditorlik tashkilotlari, boshqa kredit muassasalari va fuqarolar)dan ularning faoliyati haqidagi soliqqa tortish uchun zarur tushuntirishlar, ma'lumotlar, hujjatlar va hujjatlardan nusxalarni olish; v) daromad yoki foydani soliqdan yashirish yoxud kamaytirib ko'rsatganlik haqida xabar beruvchi ma'lumotlarni korxonalar, tashkilotiar, muassasalar, fuqarolardan, tadbirkoriik faoliyati bilan shug'ullanish tartibini buzayotgan fuqarolardan esa - litsenziyalar, patentlar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni keyinchalik ushbu faoliyat bilan shug'ullanishga ruxsat bergan hokimiyatlarga qonunbuzarliklar haqidagi materiallarni berish sharti bilan olib qo'yish; g) foyda va daromadni yashirish yoki boshqa suiste'molliklar faktlari aniqlanganda, kassalar va boshqa hujjatlarni saqtash joylarini muhrlab qo'yish, xom ashyolar, yarim fabrikatlar, mahsulotlar namunalarini, hujjatlarni olib qo'yish va tahlil, tadqiqot, ekspertiza o'tkazish maqsadida ularni yuborish; d) nazorat xaridlari o'tkazish va miiassasalar, tashkilotlardagi savdo, narx, mahsulotlarni sotish va xizmat ko'rsatish qoidalarini tekshirish; ye) o'z vakolatlarini amalga oshitishda qonunda belgilangan tartibda korxonalar, tashkilotiar, muassasalar, maxsus rejimdagi korxonalarning bar qanday omborxonalarini va boshqa xonalarini fuqarolarning foyda yoki daromad olish uchun ishlatilayotgan yoxud soliqqa tortish bilan bog'liq bo'lgan har qanday ishlab chiqarish xonalari, omboiiar va boshqa xonalarini ko'zdan kechirish. Korxonalar, tashkilotiar, muassasalaniing rahbarlari, mansabdor shaxslari va fuqarolarning soliq xodimlarining ushbu xonalarga kirishiga to'sqinlik qilgani hollarida, soliq xodimlari jismoniy shaxslarni ular olgan daromadlar haqidagi hujjatlar asosida va o'xshash faoliyat bilan shug'ullanayotgan shaxslarni soliqqa tortishni hisobga olgan holda soliqqa tortiladigan daromadlarird belgilashlari, yuridik shaxsiarga nisbatan esa qonunda belgilangan choralami qo'llash; j) tekshirilayotgan korxonalar, tashkilotiar, muassasalar rahbarlari, mansabdor shaxslaridan, fuqarolardan soliq va boshqa majburiy to'lovlar va tadbirkorlik haqidagi qonunlarni buzish hollarini bartaraf etishni talab qilish, ularning bajarilishini nazorat qilish; z) korxonalar, tashkilotiar, muassasatarning banklardagi va boshqa moliya va kredit muassasalaridagi hisob-kitob va boshqa raqamlari bo'yicha operatsiyalarni, basharti ular tekshiruv o'tkazish yoki o'z binolariga soliq inspeksiyasi xodimlarini daromad olish uchun foydalanilayotgan binolarni o'rganib chiqish uchun kiritishni rad etgan, buxgalteriya hisobotlari, balanslar, hisob-kitoblar va deklaratsiyalar, shuningdek soliqlar hamda boshqa majburiy to'lovlarni amulga oshirish haqidagi rna'lumotlarni berishni rad etgan hollarida to'xtatib qo'yish; i)noqonuniy yo'l bilan topilgan mablag'larni davlat foydasiga o'tkazish haqida korxonalar, tashkilotiar, muassasalar va fuqarolarga nisbatan tegishli sudlarga da'volar taqdim etish; k)O'zbekiston Respublikasi hukumatiga soliq qonunlarini va soliq ishini takomillashtirish haqida belgilangan tartibda takliflar kiritish; 1) amaldagi qonuniarda nazarda tutilgan majburiyatlarini bajarish va huquqlarini amalga oshirish uchun zarur hoilarda huquqni muhofaza qilish, statistika, bank va boshqa nazorat organlari, shuningdek, auditorlik xizmatlari xodimlarini jalb etish; m) tegishli hokimliklarga quyi turuvchi hokimlarning amaldagi soliq qonunlariga zid keluvclii qarorlarini bekor qilish haqida takliflar kiritish. Soliq inspeksiyalaridan farqli ravishda, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari yuqori turuvchi organ sifatida btiyruq berish funksiyalariga ham ega. Lekin davlat soliq inspeksiyalari - korxonalar, tashJdlotlar, muassasalar: turli tijoral tuzilmalar., fuqarolar bilan soliq faoliyatini amalga oshimvchi organlar ekanligini hisobga olgan holda ularning boshliqlariga, boshliqlar o'rinbosarlariga quyidagi huquqlar berilgan: - yashirilgan yoki pasaytirib ko'rsatilgan foyda (daromad)ning butun summasini to'lash shaklidagi moliyaviy sanksiyalarni korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, fuqarolarga nisbatan qo'llash, bir yil ichida ushbu qoidabuzarliklar takrorlanganda esa - butun summani ikki barobari tarzidagi jarimani qo'llash; - hisobotlami buzib ko'rsatish, foyda yoki daromadtarni ko'rsatmaganlik; belgilangan shakldagi soliq deklaratsiyalari, hisobotlar, hisob-kitoblar va boshqa huyatlarni taqdim etmaganlik uchun to'Ianadigan soliq va boshqa majburiy to'lovlardan o'n foizini jarima sifatida undirib olish; -O'zbekiston Respublikasi bank muassasaiariga soliq haqidagi qonunlarni buzgan korxonalar, tashkilotlar, muassasalardan, shuningdek, fuqarolardan sud tartibida (ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarni chiqarib tashlagan holda), birinchi galda to'Ianmagan soliqlarni to'lamagan har bir kun uchun, shuningdek, boshqa sanksiyalarning jarimalarini 0,5 foiz miqdorda qonunda belgilangan tartibda undirib olish, - soliqlarga tortilishi kerak bo'lgan foyda (daromad)ni yashirish yoki soliqqa tortilishi kerak bo'lgan barcha obyekflarni kamaytirib ko'rsatish, shuningdek, buxgalteriya hisoboti bo'Imaganda yoki belgilangan tartibni buzib yuritilganda, buxgalteriya hisoboti, balanslar, deklaratsiyalar, soliqlarni hisoblash, soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni budjet va budjetdan tashqari fondlariga to'lash qoidalarini buzib ko'rsatgan, boshqa hujjatlarni taqdim etgan hollarida korxonalar, tashkilotlar, muassasalarning mansabdor shaxslariga ma'muriy jarimalar yuklash. Shu bilan birga, davlat soliq inspeksiyalariga quyidagi jiddiy majburiyatlar yuklangan: a)O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga va boshqa norraativ hujjatlariga, korxonalar, lashkilotlar, muassasalar, fijqarolaming huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlariga qat'iy amal qilish; b) soliqlar haqidagi qommlarning bajarilishini, ularning o'z vaqtida to'lanishini, davlat soliqlari, yig'imlar, bojlar va boshqa majburiy to'lovlarning to'g'ri va o'z vaqtida to'lanishini nazorat qilish; v) yuqori hokimiyat va boshqaruv organlarining topshirig'iga ko'ra, boshqa organlar bilan hamkorlikda qonunda belgilangan lartibda nafaqa fondlari, ijtimoiy sug'urta va boshqa budjetdan tashqari fondlarga to'Ianishi kerak bo'lgan to'lovlarning o'z vaqtida to'lanishini nazorat qilish; g) to'lovchilar, soliq obyektlari, fuqarolarning soliqlarni o'z vaqtida va to'liq to'lashlarini ta'minlash, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug'uUanishning tartibiga rioya etilishini nazorat qilish; d) qonunda belgilangan tartibda fuqarolarga yakka tadbirkorlik bilan shug'ullanish huquqini beruvchi hujjatlarni berish; ye) mamlakatimizda o' tkazilay otgan soiiq siyosatini amalga oshirishda qatnashish; z) foydalar (daromadlar) yoki soliqqa tortiladigan boshqa obyektlarni yashirish belgilarini aniqlash, foyda (daromad)ni qasddan yashirgan shaxslarni aniqlash, soliq qonunchiUgi sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish va bartaraf etish maqsadida surishti'Oivlar o'tkazish; i) amaldagi qonunlarni buzganlik fakd bo'yicha, aybdorlarni javobgarlikka tortish davlat soliq inspeksiyasi vakolatiga kirmagan hollarda, tergov va sud organlariga materiaUarni berish; k) qonunda belgilangan tartibda soliq va boshqa majburiy to'lovlar masalalari bo'yicha shikoyatlarni ko'rib chiqish. Davlat soliq organlarining mansabdor shaxslari tijorat, davlat va xizmat sirlarini saqlashlari shart. Shuning uchun ushbu shaxslar qonunda belgilangan tartibda o'zlariga yuklangan majburiyatlarni bajarishga yozma ravishda va'da beradilar. Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari o' z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun qonun hujjatladga muvofiq, intizoiniy, ma'muriy yoki jinoiy javobgarlikka lorliSadilar. Davlat soliq xizmati organlari torn on i dan noto'g'ri undirilgan soliq suinmalai-i va ular yuzasidan jarimalar soliq to'lovchining soliqlar bo'yicha qarzi bo'lmasa, uning yozma arizasiga binoan, bir oy muddatda qaytarilishi lozim yoki kelgusi to'lovlar hisobiga o'tkaziladi. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat ushbu shaxslar bevosita bo’sunadigan davlat soliq organlariga qilinadi. Ular bo'yicha qarorlar bir oy muddat ichida qabul qilinadi. Ushbu qaroriar O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasida shikoyat taitibida qayta ko'rib chiqilishi mumkin. Fuqarolarning soliq organlari, jumladan, Davlat soliq qo'mitasi qarorlaridan noroziligi sud tartibida qayta ko'rib chiqilishi mumkin. Shikoyat berilganligi shikoyat qilinayotgan harakatlarni to'xtatib qo'ymaydi. Davlat soliq organlarining ma'muriy jazo bilan bog'liq harakatlari ustidan shikoyat qilish O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 13 martdagi «Davlat soliq xizmati organlarining faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to'g'risida»gi qaroriga binoan, Davlat soliq qo'mitasi tarkibida Soliq sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurash bo'yicha bosh operativ boshqarma tuzildi. Bu boshqarmaga Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari bevosita bo'ysunadilar. Bosbqarrnaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: soliq sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarni aniqlash, oidini olish va bartarat" etish, soliq organlarida hisobga qo'yishdan, soliqlar va majburiy to'lovlarni to'lashdan bosh tortib yurgan yuridik va jismoniy shaxslarni, naqd pul muomalasi tartibining buzilish hollarini aniqlash, jinoiy ishlar qo'zg'atish va ularni tergovga tegishliligiga qarab, huquqni muhofaza qilish organlariga berish va h.k. Davlat soliq qo'mitasining markaziy apparatida Nazorat-taftish bosh boshqarmasi ham tuzilgan. Uning funksiyalariga belgilangan taitibda xo'jalik subyektlarining moliya-xo'jalik faoliyatini nazorat va hujjatlai bo'yicha tekshirish o'tkazish va taftish qilish kiradi.Ayni paytda Rejim va kadrlar ishi bo'yicha bosh boshqarma, uning tarkibida esa Davlat soliq xizmati organlarida korrupsiyaga qarshi kurash bo'yicha maxsus boshqanna tuzilgan. Soliq sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurash bo'yicha bosh operativ boshqarma va uning hududiy boshqamialari, Nazorat-taftish bosh boshqarmasi - Davlat soliq qo'mitasi raisi birinchi o'rinbosarimng; Rejim va kadrlar ishi bo'yicha bosh boshqarma esa - Davlat soliq qo'mitasi raisining rejim va kadrlar ishi bo'yicha o'rinbosari bo'ysunuvidadir. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 6 iyulda qabul qiigan «Iqtisodiyot va soliq jinoyatlariga qarshi choralar ko'rish to'g'risida»gi 291-sonli qaroriga muvofiq, iqtisodlyot va soliq jinoyatlariga qarshi kurash samaradorligini oshirish, davlatning hamda yuridik va jismoniy shaxslarning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida, Davlat Soliq qo'mitasi tarkibida Soliq sohasidagi jinovatlarga qarshi kurashuvchi tezkor bosh boshqarma, O'zbekiston Respublikasi Prokuraturasi qoshida Soliq sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashuvchi Departament va uning joylardagi organlari tashkil etildi. O'zbekiston Respublikasi Prokuraturasi tarkibida tashkil etilgan Soliq sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashuvchi tezkor bosh boshqarmaning asosiy rnaqsadi soliq sohasidagi jinoyatlar va huquqbuzarliklarga qarshi kurash va soliq intizomini mustahkamlash uchun qidiruv va tahlil ishlarini tashkil etishdir. Operativ-qidiruv va tahlil ishlarini tashkil etuvchi departament mustaqil huquqni muhofaza qiluvchi organ sifatida tan olinadi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling