7-bob ichki ishlar vazirligi va uning organlari


Oliy Mailisning inson xuquqlari bo’yicha vakili instityti tushunchasi va uning tashkil etilishi


Download 0.49 Mb.
bet28/37
Sana17.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1530392
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37
Bog'liq
Qosimova HuquqniMQO maruza

1. Oliy Mailisning inson xuquqlari bo’yicha vakili instityti tushunchasi va uning tashkil etilishi.
2004 yii 27 avgustda yangi tahrirda qabul qilingan «Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) to'g'risida»gi qonunning I-moddasiga binoan, inson huquqlari bo'yicha vakil mansabdor shaxs bo'lib, unga davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari hamda erkinliklari to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan parlament nazoratini ta'minlash vakolatlari berilgan.
O'zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo'yicha vakili instituti inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning mavjud shakllari va vositalarini to'ldiradi. Vakil O'zbekiston Respublikasining inson huquqlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ulami xalqaro huquq normalariga muvofiqlashtirishga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi, fuqarolarning inson huquqlari sohasidagi ijtimoiy ongini oshirishga ko'maklashadi.
U o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, boshqa qonun hujjatlariga, O'zbekiston Respubiikasining xalqaro shartnomalariga, shuningdek, xalqaro huquqning umum c'tirof etgan prinsiplari va normalariga asoslanadi.
Vakil o'z vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va mansabdor shaxslarga tobe bo'lmagan tarzda amalga oshiradi va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisob beradi. Vakil O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan besh yil muddatga saylanadi.
Vakil lavozimiga nomzodni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari ko'rib chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kiritiladi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining Vakilni saylash to'g'risidagi qarori palatalarning majlislarida ko'pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Saylanish kuni yigirma besh yoshga to'lgan, kamida besh yil O'zbekiston hududida muhim yashayotgan O'zbekiston Respublikasining fuqarosi Vakil lavozimiga saylanishi mumkin.
Vakil o'zinlng vakolatlari muddati tugagach, yangi Vakil saylangunga qadar o'z vazifasini bajarishni davom ettirib turadi.
Vakilning belgilangan taitibda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan saylanadigan o'rinbosari bo'ladi. Vakil o'z lavozimidan muddatidan oldin ozod qilingan taqdirda Vakil o'rinbosari uning vazifasini yangi Vakil saylangunga qadar bajarib turadi va Vakil uning belgilangan kafolatlariga ega bo'ladi.
Vakil faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, adolatparvarlik, demokratizm, insonparvarlik, oshkoralik, bar bir inson uchun ochiqlikdir.
U bar yili Oliy Majlisga o'z faoiiyati to'g'risida hisobot taqdim etadi va bu hisobot O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining axborotnomasida e'lon qilinadi. U inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro shartnomalarning bajarilishi yuzasidan O'zbekiston Respublikasining yitlik ma'ruzalarini tayyorlashda ishtirok etadi.
Vakil vakolatlarini bajarish muddati davomida siyosiy partiyaga a'zotikni yoki unda ishtirok etishni to'xtatib turishi yoxud butunlay to'xtatishi sharL Vakil haq to'lanadigan biror-bir boshqa lavozimni egallashi, tadbirkorlik faoiiyati bilan shug'ullanishi mumkin emas. O'qituvchilik, ilmiy va ijodiy faoliyat bundan mustasno.
Vakil Oliy Majlis tomonidan quyidagi hollarda lavozimidan muddatidan oldin ozod qilinishi mumkin:
- o'z vakolatlarini zimmasidan soqil qih'sh to'g'risida ariza berganida;
- salomatligi jiddiy ravishda buzilgan va bu tibbiyot guvohnomasi bilan tnsdiqlanganda;
- i qonunga ko'ra Vakil faoliyatiga nomuvofiq bo'lgan lavozimga saylangan yoki tayinlangan taqdirda;
- sudning unga nisbatan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda. Vakil O'zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda O'zbekiston Respublikasi hududida yashab turgan ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzgan tashkilotlar yoki mansabdor shaxslarning harakatlari yoki harakatsizligi ustidan bergan shikoyatlarini ko'rib chiqadi va o'z tekshiruvini o'tkazish huquqiga ega.
U uchinchi shaxslar, shu jumladan, jamoat birlashmalarining aniq bir kishi yoki bir guruh shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi ustidan bergan shikoyatlarini ko'rib chiqish uchun qabul qiladi, buning uchun ulaniing roziligi bo'lishi shart. Lekin u sudning vakolatiga taalluqli bo'lgan masalalarni ko'rib chiqmaydi.
Vakil arizachining o'z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi ma'lum bo'lib qolgan paytdan boshlab yoki agar arizachi o'z huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning boshqa vositalaridan t'oydalangan hamda qabul qilingan qarorlardan qoniqmagan bo'lsa, o'z
shikoyati bo'yicha qabul qilingan oxirgi qarordan xabar topgan paytdan boshlab, bir yil davomida bergan shikoyatlarini ko'rib chiqadi.
Vakilga berilgan shikoyatda arizachining familiyasi, ismi, otasining israi, arizachining manzili, harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat qilinayotgan tashkilotning nomi, mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi ko'rsatilishi, arizachining fikricha uning huquqlari buzihshiga olib kelgan harakatlar yoki harakatsizlik mohiyati bayon etilishi zarur.
Shikoyatga arizachining talablarini tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa dalillar ilova qilinadi. Vakilga berilgan shikoyat uchun davlat boji olinmaydi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling