7-bob ichki ishlar vazirligi va uning organlari
Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo'yicha komissiya va kotibiyat
Download 0.49 Mb.
|
Qosimova HuquqniMQO maruza
Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo'yicha komissiya va kotibiyat «Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) to'g'risida»gi qonunning 20-moddasiga ko'ra, vakilning zimmasiga yuklatitgan vazifalarni bajarish yuzasidan faoliyatiga ko'maklashish uchun uning rahbarligida Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo'yicha komissiya tuziladi. Ushbu komissiyaning asosiy vazifasi Inson huquqlari bo'yicha vakil faoliyatining samaradorligiga har tomonlama yordam berishdir. Ular quyidagilardan iborat:
- Vakil nomiga kelayotgan shikoyatlar va arizalarni qabul qilish, ko'rib chiqish va tekshirishda yordain berish; -ko'rib chiqilgan shikoyatlar bo'yicha asosli javoblar va xulosalar loyihalarini tayyorlash; - insonning huquqlari va erkinliklarini ta'minlashga va ularni himoya qilishga qaratilgan mexanizmlar loyihalarini yaratish bo'yicha takliflar kiritish, Oliy Majlisga yillik hisobot ma'ruzalarini tayyorlashda qatnashish; -respublika qonunlari va inson huquqlari bo'yicha xalqaro konvensiyalarning bajarilishini tekshirishda qatnashish; - aholi orasida axborot-tashviqot ishlari olib borish; -inson huquqlariga rioya qilish va ularni himoya qilish borasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda qatnashish; -Vakilga muntazam ravishda qilingan ishlar yuzasidan hisobol taqdim etish; Komissiya a'zolari quyidagi huquqlarga ega: -Vakilning topshirig'iga binoan, tegishli organlar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarni to'sqinliksiz borib ko'rish; - ulardan fuqarolarning shikoyatlarini, tekshirish uchun zarur axborotlami olish; -Vakilning topshirig'iga ko'ra, respublika mintaqalaridagi xalqaro tadbirlarda uning vakili vazifasini bajarish. Vakil bilan kelishgan holda, davlat hokimiyat organlari, nohukumat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish; - inson huquqlari va Ombudsman faoliyati sohasidagi o'z bilimlarini oshirish, mamlakatimiz yoki xorijiy davlatlarning o'quv yurtlarida o'qish yoxud stajirovka o'tash; -Komissiya o'z faoliyatida Oliy Majlis Kengashi tasdiqlagan reglamentga amal qiladi. Bu reglament uning asosiy vakolatlarini amalga oshirish tartibini, boshqa organlar va vakolatli organlar bilan hamkorligi mexanizraini, fuqarolarning shikoyatlari bilan ishlash tartibini boshqaradi vah.k. Vakil Komissiya a'zosini O'zbekiston Respublikasining mintaqalarida, xalqaro tadbirlarda yoki boshqa xolatlarda o'z vakili qilib tayinlashi mumkin. Bu vakil uning nomidan va topshirig'iga ko'ra ish ko'radi hamda o'ziga berilgan funksiyalarni bajaradi. Vakilning mamlukatimiz hududidagi vakili funksiyasini bajaruvchi Komissiya a'zolari quyidagilami bajarishga majbur; - o'ziga biriktirilgan hududda yashovchi fuqarolarning shikoyatlarini qabul qilish va ko'rib chiqish; - fuqarolarning ko'rib chiqilgan shikoyatlari bo'yicha xulosalar loyihalarini tayyorlash; - Vakilning faoliyatini ta'minlash uchun tuzilgan kotibiyatdan kelib tushgan shikoyatlar ko'rib chiqilishi jarayonini nazorat qih'sh; - Vakil bilan kelishilgan holda, davlat organlari, fuqarolarning jamoat birlashmalari va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qih'sh; - qilingan ishlar haqida muntazam ravishda Vakilni xabardor qilish va bu haqda yarim yilda kamida bir marta hisobot taqdim etish; -kotibiyat Vakilning, shuningdek, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini saqlash bo'yicha komissiyaning va uning joylardagi vakillarining funksiyalarini yuridik, tashkiliy axborot-ma'lumot, tizimli-tahliliy jihatdan samarali ta'minlashni amalga oshiradi. Komissiya tarkibiga quyidagilar kiradi: kotibiyat rahbari; faoliyatning turli yo'nalishlari bo'yicha referentar; Vakilning faoliyatini texnik ta'minlovchi katta nozir. Kotibiyatga kiruvchi xodimlarining huquq va majburiyatlari O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va boshqa qonunlar bilan, shuningdek, Vakilning Kotiblyat to'g'risidagi nizom bilan belgilanadi. Nizom Vakil tomonidan imzolanadi. Vakil Vakilning kotibiyati yuridik shaxs hisoblanadi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling