7-bob ichki ishlar vazirligi va uning organlari
Asosiy so’z va tayanch tushunchalar
Download 0.49 Mb.
|
Qosimova HuquqniMQO maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-Mavzu: INTERPOL: TASHKIL ETILISHI, VAZIFALARI VA FAOLIYATINING ASOSIY YONALISHLARI Reja
- 1. Interpolning nizomi va vaziiaiari
Asosiy so’z va tayanch tushunchalar :
Ombudsman, maslahat kengashi, YUNESKO, axborot-tashviqot, Kotiblyat, Takrorlash uchun savollar 1.Oliy Mailisning inson xuquqlari bo’yicha vakili instityti tushunchasi 2.Oliy Mailisning inson xuquqlari bo’yicha vakili instityti qanday tashkil etiladi. 3.Oliy Mailisning inson xuquqlari bo’yicha vakili o’z faoliyatini qaysi qonunlarga asoslanib amalga oshiradi 4.Oliy Majlisning vakili (Ombudsman) instituti kiritilgan paytdan boshlab, uning faoliyati qaysi yo'nalishlarda olib bormoqda. 5. Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo'yicha komissiya va kotibiyati qanday vazifalarni bajaradi. 6.Vakil lavozimiga nomzod kim tomonidan va qanday tartibda tasdiqlanadi. Adabiyotlar 1. O’zbekiston Respublikasi Konistitytsiyasi 2.Jamiyatda xuquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy Dasturi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgust Qarori . O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining axborotnomasi . 1997 y.227 –modda. 3. Oliy Majlisining inson xuquqlari buyicha vakili to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi qonuni 1997 y.24 aprel . O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining axborotnomasi . 1997 y.102 modda. 4.Inson xuquqlari o’quv qo’llanmasi Toshkent davlat yuridik instituti . O’zbekiston 1997 y.51-57 betlar. 5.Mirenskiy B.A. Provooxranitelniye organi Respubliki O’zbekiston .T.1997 y. 9-Mavzu: INTERPOL: TASHKIL ETILISHI, VAZIFALARI VA FAOLIYATINING ASOSIY YO'NALISHLARI Reja: 1 . Interpolning nizomi va vazifalari. 2. Interpol ishining yo’nalishlari. O’zbekiston Respublikasi bilan hamkorligi. 3. O’zbekiston Respublikasi Interpol Milliy byurosini tashkil etilishi va faoliyati. 1. Interpolning nizomi va vaziiaiari Interpol, ya'ni Jinoyat politsiyasi xalqaro tashkiloti (JPXT) milliy politsiya muassasalarining vakillaridan tashkil topgan bo'lib, politsiya organlarining o’zaro ish aloqalarini o'rnatishni, jinoyatchilikka qarshi kurashda barcha milliy huquqrii muhofaza qilish organlarining kuchlarini birlashtirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Interpol o'n minglab jinoyatchilarning kartotekasini yuritadi va ulardan ko'pini fosh etish hamda zararsizlantirishda ijobiy yutuqlarai qo'Iga kiritgan. Interpol nizomi uning a'zolarining maqsadlari, huquqlari va majburiyatlarini, organlarining tuzih'shini, budjet manbalarini hamda Interpolning boshqa tashkilotlar bilan munosabatini belgilab beradi. Interpol nizomining 4-moddasiga ko'ra, o'z mamlakatlari nomidan vakil qilingan rasmiy politsiya organlari, basharti ularning funksiyalari Interpol faoliyati doirasidan tashqariga chiqmasagina, bu tashkilotga a'zo bo'lishlari mumkin. Bu siyosiy, milliy, xalqaro masalalar bilan shug'ullanuvchi (jumladan, kontrrazvedka) politsiya tashkilotlarining Interpolga a'zo bo'lishlarini istisno qiladi. 998 yil 1 iyulga kelib 185 davlat Interpol a'zosi edi. Uning a'zolari sonining o'sishi faoliyatidagi yutuqlar bilan izohlanadi. Bosh assambleya - Interpolning oliy tashkiliy-huquqiy instansiyasi. Uning tarkibiga barcha milliy politsiya organiarining delegatlari kiradi. Har bir davlatning delegatsiyasi bir yoki bir necha odamdan tashkil topishi mumkin. Delegatsiya rahbari o'z mamlakatining hukumat organlari tomonidan tayinlanadi. Ko'p davlatlar o'z mamlakatlari politstyalarining Interpolga kirganligini hukumat rahbarining yoki ichki ishlar vazirining qo'shimcha imzolagan hujjatlari orqali qayd etib qo'yadilar. Ba'zi davlatlar uni qonunchilik yo'li bilan rasmiylashtiradi (Argentina, Boliviya, Marokko, AQSH va boshq.). Bosh assambleya sessiyasi yiliga bir marta chaqiriladi. Lekin Nizomda favqulodda sessiya chaqirish imVoniyati ham ko'zda tutilgan. Barcha xalqaro tashkilotlar kabi Interpolning manfaatlari ham hamma qit'alarga taalluqli. Bu har bir holda ularga sharoitdan kelib chiqib, individual yondashishni talab qiladi. Bundan tashqari, Interpolning faoliyatiga a'zolar sonining tez o'sishi ham ta'sir qildi. Bosh assambleya sessiyalari alohida davlat yoki davlatlar guruhining muammolarini yechib -200-beta oimasligi ma'lum bo'Hb qoldi. Shuning uchun 60 yillarning boshida JPXTning yordamchi sessiya organlari sifatida hududiy konferensiyalarni chaqirish amaliyoti shakllanadi. Tashkilotlarning o'ziga xosligini hisobga olib, Nizom (7-modda) shuni nazarda tutadiki, milliy delegatsiyalar tarkibiga zarur kasbiy tayyorgarlikdan o'tgan, politsiya muassasalarida mas'ul lavozimlarni egailagan shaxslar, shuningdek, kun tartibidagi masalalar bo'yicha mutaxassislar kirishi kerak. Barcha delegatsiyalar bitta ovozga ega. Qarorlar esa ko'pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Tashkilotning prezidentini saylash va Nizomni o'zgartirish masalalari bundan mustasno. Mazkur hollarda qaror ovozlarning uchdan ikki qismi bilan qabul qilinadi. Lekin Bosh assambleya sessiyalarida a'zolarning yuz foiz qatnashishlarini ta'minlab bo'lmayapti. Ko'pincha Bosh assambleya sessiyalarida BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning vakillari kuzatuvchi sifatida qatnashmoqdalar. Far yilgi sessiyalarning ochilishi tantanali ravishda bo'lib o'tadi. Ular davlat rahbarlari yoki premyer-mnistr tomonidan ochib beriladi va keng reklamalarga ega bo'ladi. Har bir davlat politsiya organlarining Interpoldagi ishtiroki haqidagi hisobot o'sha davlatning taniqli hukumat arboblari tomonidan parlamentda o'qib eshittiriladi. Nizomning 8-moddasiga binoan, Bosh assambleya quyidagilarni amalga oshiradt: -tashkilotning faoliyat prinsiplarini belgilaydi va lining nizomidagi vazil'alarni bajaiishga ko*maklashuvchi tadbirlarni ishlab chiqaradi; -Kotibiyat taqdim etgan yillik ish rejasini ko'rib chiqadi, qarorlar qabul qiladi, Interpolning mansabdor shaxslarini saylaydi; -o'z vakolatlari doirasida tashkilotning alohida a'zolariga tavsiyalar beradi; -moliyaviy masalalarni ko'rib chiqadi, boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik masalalarini muhokama etadi va qaror qabul qiladi. Bosh assambleya turli masalalar bo'yicha doimiy va vaqtinchalik qo'mitalar tuzadi. Bunday qo'mitalar, qisman, tashkilotning Nizomini o'zgartirish haqidagi masalani ko'rib chiqish uchun tuziladi. Har bir sessiyaning oxirida Bosh assambleya bir qancha takUflar ichidan ovoz berish yo'K bilan tanlab oh'b, keyingi sessiya o'tkaziladigan shaharni aniqlaydi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling