14-Mavzu: BOSHQARUV USULLARI
Reja
Boshqaruv usullari boshqarish jarayonidagi o’rni va roli.
Boshqaruv usullari o’zgarishiga ta’sir qiluvchi tashqi va ichki omillar
Boshqaruv usullari turlari va ularning ahamiyati.
Boshqaruv usullari boshqarish jarayonidagi o’rni va roli.
Boshqarish usullari – boshqarish maqsadlariga erishish usullari yig’indisidir. Umumiy ko’rinishda boshqarishning maqsadi mavjud cheklangan resurslar bilan reja, topshiriqlarini to’liq hajmda o’z vaqtida va sifatli bajarishdir. Boshqarish usullari boshqarish tizimi pillapoyasida tegishli pog’onani egallovchi bir mavqedagi barcha rahbarlar uchun yagona qoidadir. Biroq, tegishli lavozimlar haqidagi yo’riqnomalar, qoida va malakaga oid ma’lumotnomalarda alohida rahbarning boshqarish usullari uning boshqarish ob’ekti o’ziga xosligini hisobga olgan holda aniqlashtiriladi.
Boshqarish nazariyasi va amaliyotida boshqarishning uch – ma’muriy, iqtisodiy hamda tarbiyaviy usullari mavjud.
Boshqarish usullari haqida so’z borar ekan, birinchi navbatda biz “usul” terminologiyasi mazmunini, “usullar” to’g’risidagi tushunchaga ega bo’lishimiz lozim.
Usul — bu tadqiqot qilish yoki ta’sir ko’rsatish usulidir.
Tadqiqot qilish nuqtai nazaridan uslub deganda menejmentini o’rganish jarayonida qo’llaniladigan usullar tushuniladi, ya’ni:
* sistema (tizim)li yondashuv;
* kompleks yondashuv;
* tarkibiy yondashuv;
* integratsion yondashuv;
* modellashtirish;
* iqtisodiy matematik yondashuv;
* kuzatish;
* eksperiment
* ijtimoiy kuzatuv kabi tahlilning ilmiy usullari tushuniladi.
Ta’sir ko’rsatish nuqtai nazardan uslub deganda, menejment funktsiyalarini amalga oshirish uchun boshqaruv ob’ektiga ta‘sir o’tkazish usullari tushuniladi. Bunday usullarga quyidagilar kiradi:
* funktsional tizimosti ob’ektlarini boshqarish usuli;
* menejment funktsiyalarini bajarish usullari;
* menejment qarorlarini qabul qilish usullari .
Har xil yondashuvlar, yo’llar yordamida amalga oshiriladigan turli-tuman boshqaruv ishlarining majmui — menejmentnin aniq va o’ziga xos usullari, deb yuritiladi. SHunday qilib, menejment usullari - boshqarish maqsadlariga erishish usullari yig’indisidir.
Boshqarish usullari ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish jarayonidagi mavjud munosabatlardan ob’ektiv tarzda kelib chiqadi. Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |