14-Mavzu: boshqaruv usullari reja
Funktsional tizimosti bo’limlarni boshqarish usuli
Download 54 Kb.
|
14-Мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Menejment funktsiyalarini bajarish uchun qo’llaniladigan usullar
- 2 .Menejment usullari va ularning ahamiyati.
Funktsional tizimosti bo’limlarni boshqarish usuli boshqariladigan ob’ektlarning tuzilishi bilan bog’liq bo’lib, uning tarkibidagi bo’limlarni boshqarishda qo’llaniladigan o’ziga xos usullarni o’z ichiga oladi.
Ularni quyidagi tizimosti bo’limlar misolida ko’rish mumkin. “Ishlab chiqarish bo’limi” : * mahsulotni pishiq (ishonchliligini) taxlil qilish; * mahsulot sifatini nazorat qilish; * omilli taxlil; * funktsional taxlil; * ishchi kuchi, uskuna va materiallardan foydalanishni nazorat qilish; Marketing bo’limi: * tovarlar bozorida korxonaning mavqeini diagnostika qilish; * korxonaning bozorga chiqish imkoniyatlarini taxlil qilish; * yangi maxsulot va yangi bozorlarga chiqish bo’yicha ehtiyojlarni aniqlash; * marketing kontseptsiyasini ishlab chiqish. Xodimlar bilan ishlash bo’limi: * ishchi kuchini rejalashtirish * xodimlar mehnatini va ish haqini tashkil qilish; * hodimlarni boshqarish tizimini shakllantirish. Menejment funktsiyalarini bajarish uchun qo’llaniladigan usullar : * rejalashtirish; * tashkil qilish; * nazorat qilish; * muvofiqlashtirish; *motivatsiya kabilarni bajarish uchun qo’llaniladigan usullardir. Masalan, rejalashtirish funktsiyasini bajarishda mutaxassislar: * prognoz (oldindan aytib berish); * modellashtirish; * omilli tahlil; * maqsaddar shajarasi va uni echish kabi usullarni qo’llaydi. Bu usullarni qo’llash yordamida boshqariladigan bo’limlarning maqsadlari va ularning echimi bo’yicha zarur tadbirlar aniqlab olinadi. 2 .Menejment usullari va ularning ahamiyati. Menejmentni o’rganishning uch: tashkiliy - ma’muriy , iqtisodiy hamda tarBiyaviy (ijtimoiy-ruhiy) usullari mavjud. Tashkiliy-ma’muriy usullar. Tashkiliy usullar menejment usullari tizimida alohida o’rin tutadi. bu usullarga: * menejment apparatining muayyan strukturasini tuzish; * bir bo’g’inining boshqaruv funktsiyalarini belgilash; * kadrlarni to’g’ri tanlash; * buyruqlar, farmoyishlar va qo’llanmalar chiqarish, ularning bajarilishini nazorat qilish; * topshiriqlarni o’z vaqtida bajarmayotgan bo’linma va shaxslarga nisbatan majburiy choralarni qo’llash kiradi. Bu usullar yuqori organlar hokimiyatiga va quyi organlarning bo’ysunishiga asoslanadi. SHuning uchun ularni ko’pincha ma’muriy usullar, deb ham yuritiladi. Yuqori ma’muriy organlar Boshqariluvchi oB’ektning bajarishi majburiy bo’lgan tartib-qoidalarni ishlab chiqadi, shuningdek buysunuvchi organlarga farmoyishlar beradi. Tashkiliy usullar shu yo’l bilan infratuzilma menejmenti tizimida ichki ongli aloqalarning tarkiB topishiga yordam beradi. Undan tashqari bu usullar quyidagi funktsiyalarni bajarilishini ta’minlaydi, ya’ni: *tashkiliy barqarorligini; *intizomliligini; *muvofiqliligini; *uzluksizligini ta’minlaydi. Download 54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling