14-Mavzu: boshqaruv usullari reja
Nazariyadan amaliyotga o’tish jarayonlari
Download 54 Kb.
|
14-Мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rahbar buyrug’i uning qo’li ostida ishlayotganlar uchun qonundir. Boshqarishning farmoyishli ta’sir o’tkazish usulidan amaliyotda foydalanish
3. Nazariyadan amaliyotga o’tish jarayonlari.
Boshqarishning ma’muriy usullarni qo’llash amaliyotda: *iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish; *atrof-muhitni muhofaza qilish; *xavfli texnologiyalardan foydalanish, zararli ishlab chiqarish chiqitlarini chiqarib tashlashni ta’qiqlash; *odamlar sog’lig’a zararli mahsulotni reklama qilishni ta’qiqlash kaBi sohalarda faol foydalaniladi. Ma’lumki, qanday mehnat jarayoni xoh u kichik doirada, xoh u katta doirada bo’lsin, boshqaruvni taqozo qiladi. Bu faoliyat boshqarishning farmoyishli ta’sir ko’rsatish shakli yordamida bajariladi. SHunday qilib, boshqarishning farmoyishli ta’sir o’tkazish usuli yakkaboshchilik munosabatlari, intizom va mas’uliyatga asoslanadi. Mantiqan bu usulni quyidagi ibora bilan izohlash mumkin: Rahbar buyrug’i uning qo’li ostida ishlayotganlar uchun qonundir. Boshqarishning farmoyishli ta’sir o’tkazish usulidan amaliyotda foydalanish ma’lum talablarga javob berishi kerak. * birinchidan, qaror nimaga asoslanib chiqarilganligi aniq ko’rsatilishi st; * ikkinchidan, qabul qilingan qaror mohiyati qisqa va ravshan Bayon etilishi lozim; * uchinchidan, ijroni nazorat qilish shakli, farmoyishning kuchga kirish va bajarilish muddati ko’rsatilishi zarur; * to’rtinchidan, buyruq va farmoyishlar qisqa, tushunarli va aniq bo’lishi kerak. * Beshinchidan, buyruq va farmoyishlarni eng qulay muddatlarga chiqarish va ijrochilarga etkazish kerak. Buni amalga oshirishda quyidagilarga e’tibor berish zarur. Kechikish ijrochilarga buyruq mazmunini to’liq anglash, uni bajarish uchun zarur bo’lgan hamma ishlarni qilish imkonini bermaydi. Bunday holda ijroning sifati puxta bo’lmaydi. va, aksincha, buyruqni juda vaqtli chiqarish ham maqsadga muvofiq emas. chunki uni bajarish muddati Etib kelguncha ijrochining mas’uliyati, ishtiyoqi pasayishi mumkin. *oltinchidan, buyruq va farmoyishlar imkon qadar kamroq bo’lishi kerak. Buyruq bozlik, bo’lar-bo’lmasga buyruq, farmoyish va ko’rsatmalar chiqara berish ishga naf keltirmaydi. boshqarish sifati buyruqlarning ko’pligi bilan belgilanmaydi. Yaxshi tashkil etilgan boshqaruv jarayonlari o’rnatilgan tartib va an’analar tufayli normal kechadi. SHuni ta’kidlash joizki, buyruq va farmoyishlar bajarish uchun chiqariladi. Bu esa ularning bajarilishini nazorat qilishni talab qiladi. Ijroni tekshirish bo’yicha nazorat tizimi yo’lga qo’yilmasa, qanday buyruqlarning bajarilishi, xatto u yaxshi ijrochilar zimmasiga yuklangan bo’lsa ham, orzu-Istakkina bo’lib qolaveradi, bajarilganda ham sifatsiz va kechiktirib bajariladi. Amaliyotda menejmentning ijtimoiy - ruhiy usullaridan samarali foydalanish uchun boshqarish ob’ektining holati to’g’risida keng axborotga ega bo’lish kerak. Bunday axborot olish uchun jamoada bevosita ijtimoiy tadqiqotlar o’tkazish lozim. Ijtimoiy tadqiqotlar juda xilma - xil axborotlar olish imkonini beradi: * jamoa a’zolarining mehnatga va raxbarlarga munosabati; * Boshqarish usullarining bir-biri bilan o’zaro munosabati; * jamoaning ehtiyojlari va qiziqishlari; * xodimlar shaxsiyati; * xodimlar qo’nimsizligi sabablari; * xodimlarning ishlab chiqarishdagi faolligi; * jamoa a’zolarining ma’naviy va jismoniy ravnaqi; * ehtiyojlarning qondirilish darajasi va xakazo to’g’risidagi axborotlar. Bu axborotlar jamoalarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga va xilma-xil ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqish uchun muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Ijtimoiy tadqiqotlar olib borishga korxonaning o’z ijtimoiy xizmatlari, shuningdek, xo’jalik stnomasi asosida ilmiy muassasalar va o’quv yurtlarining xodimlari jalb qilinishi mumkin. Qayd qilingan ijtimoiy tadqiqotlarning ham ijobiy jihatlari, ham kamchiliklari Bor. SHuni hisobga olgan holda, u yoki bu usulni voqealikni real aks ettirishi va ko’proq samara berishiga qarab tanlash lozim. Tajribalar esa infratuzilma menejmenti metodologiyasini o’rganishning ijtimoiy - ruhiy usullarini ma’lum darajada birga Qo’shib qo’llanishi maqsadga muvofiq ekanligini ko’rsatadi. SHuni ta’qidlash joizki, menejmenti usullari boshqarish uslublari rahbarning qo’l ostidagi xodimlariga ta’sir etish usullari yig’indisi bo’lib, bir – biri bilan o’zaro bog’liqdir. Ma’muriyat bir usulni qoldirib, faqat ikkinchisidan foydalana olmaydi. Jumladan, buyruq va farmoyishlarni ularning iqtisodiy oqibatlari va mehnat jamoasi kayfiyatini hisobga olmay turib, dabdurustdan chiqarib yuborish maqsadga muvofiq emas. Iqtisodiy yangiliklarni ham ularni huquqiy rasmiylashtirmasdan, tegishli ma’muriy farmoyish bermay, shuningdek, mutaxassislar fikrini bilmay turib tatbiq etish mumkin emas. Download 54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling