7-bob ichki ishlar vazirligi va uning organlari


Interpol ishining yo'nalishlari va O'zbekiston Rcspublikasining u bilan hamkorligi


Download 0.49 Mb.
bet35/37
Sana17.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1530392
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
Qosimova HuquqniMQO maruza

2. Interpol ishining yo'nalishlari va O'zbekiston Rcspublikasining u bilan hamkorligi
Jinoyatchilikning o'sishi eng xavfli jinoyat turlariga karshi kurashda xalqaro o'zaro yordam zaruratini yuzaga keltirdi. Bunday o'zaro yordam quyidagilardan kelib chiqadi:
birinchidan, davlatlararo kommunikatsiyalarning rivojlanishi, chegara protseduralarining oddiylashtirilishi, xalqaro turizm va boshqa aloqalarning rivojlanishi bilan jinoyatchilaming bir mamlakatdan boshqasiga o'tishlariga katta imkoniyatlar tug'ildi;
ikkinchidan, uyushgan va professional jinoyatchilik o'shib bormoqda;
uchinckidan, ko'p davlatlar uchun kontrabanda, narkotiklar, qurol savdosi, terrorizm, bolalar va ayollarni sotish jinoyatlarining olidini olish muhim boMib qoldi;
to'rtinchidan, yashiringan jinoyatchilami qidirish, topishning yanada qat'iyrxj protsessual birxilligi zarur bo'lmoqda.
Irterpolning tuzilishi unchalik murakkab emas. Bosh assambleya Bosh kotibiyatida to'rtta bo'lira bor: 1) umumiy ma'muriyat; 2) jinoiy ishlar; 3) ilmiy tadqiqot; 4) tahririyat-noshirlik.
Birinchi bo'limni ma'muriy-texnik bo'lim deb atash ham mumkin. U moliya-budjet, texnik ta'minot, aloqa vositalari, Inteipol organlarining hujjatlari kabi masalalar bilan shug'ullanadi. Bular asosan tashkilotning ichki ishlaridir.
Ikkinchi bo'lim Interpol tizimidagi muhim organ hisoblanadi. Uning bo'linmalari turli jinoyatlar bilan shug'ullanadi:
a)qotillik, bosqinchik, bola o'g'irlash, garovga olish;
b)frribgarlik, pullarni, rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish, san'at asarlari, qadimiy buyumlarni kontrabandaqilish;
v) narkotiklar sotish va ularni kontrabanda qilish, fohishabozlik va axloqqa qarshi boshqa jinoyatlar;
g) qalbaki pul yasash va o'tkazish.
Interpolning jinoyatlar va jinoyatchilar haqidagi axborotlar operativ banki mavjud. Undagi 3 mln.dan ortiq jinoyatlar haqidagi hujjatlar saqlanadi. Unda barcha materiallar fransuz tilida saqlanadi.
Interpol kartotekasi uch guruhga bo'linadi: 1) alohida jinoyatchilar haqidagi hujjatlar; 2) suratlar to'plami va jinoyatchiiarning daktiloskopik kartasi; 3) xalqaro tusdagi jinoyatlar haqidagi hujjatlar. Ushbu kartotekadan turli jinoyatlar haqidagi xilma-xil ma'lumotlarni olsa bo'ladi.
Uchinchi bo'lim axborot va ilmiy-tadqiqot markazidir. lining xodimlari politsiya xizmatlarining yangi metodlarini o'rganadilar va umumlashtiradilar, turli aloqalarni yo'lga qo'yadilar. Bo'limning rejasiga ko'ra, ilg'or politsiya tajribalarini almashish bo'yicba xalqaro seminarlar o'tkaziladi.
To'rtinchi bo'lim Interpolning «Jinoyat politsiyasi xalqaro sharhi» degan jurnalini chiqaradi. Uning hajmi 200 bet bo'lib, ikki oyda bir marta chiqariladi. U bilan birga «Qalbaki va qo'lda yasalgan» byulleteni chiqadi. Bu «Jinoyat politsiyasi xalqaro sharhi» jurnalining ilovasi bo'lib, Interpol oladigan 180 dan ortiq maxsus jurnallardan olingan maqolalarning eng qiziqarlilarini nashr etadi.
«Axborot bulleteni» bir necha tillarda qalbaki pullar va metall pullaming belgilarini nashr etadi. Shuningdek, «Politsiyachining ma'iumotnomasi» nashr etiladi. Jinoyadar statistikasining oylik tahlili ham nashr etiladi.
Interpolga kiradigan mamlakatlarda axborot tarqatish uchun Bosh assambleya bk necha xabamomalar tarqatadi;
1)turli maqsadlarda tarqatiladigan individual xabarnomalar. Masalan, «qidirilmoqda» xabarnomasi Interpolga a'zo mamiakatlar huquqini muhofaza qilish organlarining iltimosiga ko'ra chiqariladigan, biror jinoyatchini hibsga olish va qidirilayotgan davlatga berish uchun tarqatiladi; «diqqat» xabarnomasi turli mamlakatlarda mavjud bo'lgan professional jinoyatchilar haqida axborot beradi; «Shaxsi noma'lum jasad» xabarnomasi murdani tanib olish uchun chiqariladi. «Xalqaro jinoyatchi qidirilmoqda» xabarnomasi barcha a'zo-davlatlar tomonidan hibsga olish uchun xalqaro rasmiy order sifatida ko'riladi.
2) o'g'irlangan mulk haqidagi xabarnoma. U iloji boricha o'g'irlangan predmetlarning surati bilan birga bo'lishi lozim. Chunki san'at asarlarini so'z bilan tasvirlash juda mushkul;
3)«modus operandi» xabarnomasi. U xalqaro jinoyatlarning boshqa mamlakatlarga yoyilib ketishi mumkin bo'lgan yangi yoki g'ayrioddiy belgilarini batafsil ko'rsatadi;
4)sirkular xatlar, izohli ma'ruzalar va risolalar. Ular jinoyatlar va jinoyatchiiarning ba'zi tiplari haqida turli axborotlar beradi.
Interpolda so'rovnomalarning maxsus blanklari ishlab chiqilgan. Ularning burchagida rangli kvadratlar bosilgan.
Qizil kvadrat - jinoyatchini qamash va boshqa davlatga berishning o'ta zarurligi, havo rang kvadrat ~ jinoyatchi shaxsi yoki jinoyat haqida ma'lumotlarni zudlik bilan yuborish, yashil kvadrat - kuzatuvdagi shaxslar haqida ma'lumot kerak, qora kvadrat - jasadning shaxsini aniqlash uchun ma'lumotlar zarur, degan ma'nolarni beradi.
Rangli kvadratga ega hujjatlar, ayniqsa, qizil ranglisi juda sinchiklab o'rganib chiqiladi va shundan so'ng rang indeksi qo'yiladi. Qizil rangli sirkular xatni chiqarishdan oldin Interpol zarur dalillar borligi va quyidagi uch shart mavjudligiga ishonch hosil qilishi kerak:
1) huquqbuzarlik bar qanday mamlakatning qonunlari bo'yicha jinoyat ekanligi;
2)qamoqqa olish haqidagi buyruq yoki order berilganligi;
3) qidiralayotgan odam ushlanganligi ma'lum bo'lishi bilanoq, qamtiqqa olishni talab qilayotgan mamlakat ekstraditsiya jarayoniga kirishishi.
Bu kartochkalar bilan birga, Interpolda «qidiruv varaqalari» mavjud. U yo'qolgan qimmatbaho buyumlarni qidirish uchun ishlatiladi. Bunda o'g'irlangan, hali iziga tushilmagan san'at asarlari yoki zeb-ziynatlar nazarda tutilmoqda. Ular haqidagi xabarlar jinoyat-qidiruv xizmatlari va bojxonalarga jo'natiladi.
Interpol tarkibida Nazorat komissiyasi mavjud. U arxivlardagi muayynn shaxs haqidagi ma'lumotlar:
a) Interpol Nizomi asosida olinishi va ishlatilishini;
b) faqat belgilangan maqsadda foydalanishini;
v) aniq bo'lishini;
g) Interpolda ko'rsatilgan muddatga saqlanishini nazorat qiladi.
Interpol Nizomining 36-moddasiga ko'ra, maxsus bilimlar talab qilinadigan masalalarni ishiab chiqish va tayyorlash uchun turli mamlakatlardan professional xodimlar, olimlar chaqirilishi mumkin. Ular maslahatchi-konsultant sifatida jalb qilinadilar va Ijroiya qo'mita tomonidan uch yilga saylanadilar. Masiahatchilar o'z mehnatlari bilan tashkilotni qiziqtirayotgan sohada xalqaro obro’ topgan shaxslardan tanlab olinadi.
Doimiy maslahatchilar instituti bilan birga, Interpol a'zolariga ilmiy-texnik yordam ko'rsatish bo'yicha tadbirlar amalga oshiriladi. Bunday o'zaro yordam turlari quyidagicha:
-o'quv kurslari va ilmiy seminarlar. Amaliy seminarlar yiliga ikki marta o'tkaziladi;
-maxsus stipendiyalar (Interpol o'quv kursini tugatganlarga stajirovkani Bosh kotibiyat yoki o'z mamlakatida emas, balki boshqa biror
mamlakatning Milliy markaziy byurosida o'tkazish maqsadida xorijiy politsiya maktablariga komandirovka qilinganlar uchun);
-ekspertlar bilan ta'minlash (Interpol shtab-kvartirasi o'z hisobidan milliy byurolarga yuqori malakali ekspertlarni so'rovnoma asosida darhol yuboradi);
- texnik uskunalar (Interpol a'zolariga millatlararo va shtab-kvartira bilan aloqa uchun uskunalar. Ular Interpol kreditlari hisobidan bo'ladi);
-alohida davlatlarning politsiya organlari va ilmiy muassasalariga yordamning boshqa shakllari.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling