Rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


Download 64.51 Kb.
bet1/5
Sana03.06.2024
Hajmi64.51 Kb.
#1841915
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Aholini boshqaruv organlarining, mansabdor shaxslarini, fvdt -hozir.org


1. Aholini boshqaruv organlarining, mansabdor shaxslarini, fvdt kuchlari vositalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash. Mehnatni muhofaza qilish nazorati. Fvdtning asosiy maqsadi va vazifalari




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI 
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
UNIVERSITETI
“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi
Hayot faoliyati xavfsizligi” 
fanidan 
AMALIYOT

TOPSHIRIQ № 1 
Bajardi: 072-19 guruh talabasi Zakirova Aziza
Qabul qildi: Abdullayeva S.M.
Toshkent 2023 




8-Variant 

1.
Aholini boshqaruv organlarining, mansabdor shaxslarini, FVDT kuchlari vositalarini


favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash.
2.
Mehnatni muhofaza qilish nazorati.

FVDTning asosiy maqsadi va vazifalari 
FVDTning asosiy maqsadi vakolatiga aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan
muhofaza qilish masalalarini hal etish kiradigan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat
hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan tinchlik va alohida
davrda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlari samarali tashkil etilishi va
amalga oshirilishini ta’minlashdan iborat.
Quyidagilar FVDTning asosiy vazifalari hisoblanadi:

tinchlik va alohida davrda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish
sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ijrosini
ta’minlash;

respublika hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni prognozlashtirish,
ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash;

aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish yuzasidan maqsadli dasturlarni
ishlab chiqish va yujrosini ta’minlash, shuningdek, ushbu soha bo‘yicha ilmiy faoliyatga oid
davlat dasturlari doirasidagi ilmiy loyihalarni amalga oshirish;

boshqaruv organlari va favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun
mo‘ljallangan kuch va vositalarning doimiy tayyorligini ta’minlash;

aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi ma’lumotlarni
yig‘ish, tahlil qilish, almashish, axborot tayyorlash va berish;

aholini, boshqaruv organlarining mansabdor shaxslarini, qutqaruv xizmatlari va qutqaruv
tuzilmalari, shuningdek, fuqaro muhofazasi tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarda harakat
qilishga tayyorlash;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish;

aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat ekspertizasi,
nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish;

xorijiy davlatlar hududida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan O‘zbekiston
Respublikasi fuqarolariga yordam ko‘rsatish hamda ularni va halok bo‘lganlarni evakuatsiya
qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan aholini ijtimoiy himoya qilishga doir tadbirlarni amalga
oshirish;

aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida fuqarolarning, shu
jumladan, ularni tugatishda bevosita qatnashgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini
ta’minlash;

aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlik
qilish;

sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan sug‘urta qilishning maqbul tizimini
ta’minlash.



Download 64.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling