7 bob. Nomoddiy aktivlar hisobi


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana19.06.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1626820
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7-mavzu



7- 
BOB. NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI 
7.1. 
Nomoddiy aktivlar to‘g‘risida tushuncha va 
ularning turkumlanishi 
“Nomoddiy aktivlar” nomli 7-son BHMSga muvofiq, nomoddiy aktivlar - 
moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan, xojalik yurituvchi subyekt tomonidan 
xo‘jalik faoliyatida foydalanish maqsadida nazorat qilinadigan, shuningdek uzoq 
vaqt (bir yildan ko‘p) ishlatish uchun mo‘ljallangan mol-mulk obyektlari. 
“Nomoddiy aktivlar” nomli 38-son buxgalteriya hisobining xalqaro 
standartida quyidagicha ifodalangan; nomoddiy aktivlar pul (qiymat) ko‘rinishga, 
material-buyum ko‘rinishiga ega bo‘lmagan, ishlab chiqarish yoki xizmat 
ko‘rsatishda qatnashuvchi, ijaraga berish mumkin bo‘lgan va boshqaruv 
maqsadlarida foydalanuvchi aktivlardir. 
Nou-xau-ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyati jarayonida foyda keltiruvchi 
yangi texnologiyadir. 
Nou-xau-yangi texnologiyalarni foyda olish mqsadida ishlab chiqarish 
jarayonida qo‘llash.
54
Nou-xau xo‘jalik yurituvchi subyekt ta’sischilari kelishuvida aniqlangan 
qiymat bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyekt ustav kapitaliga ulush hisobida 
ta’sischilar kiritishi ham mumkin. 
Tashkiliy xarajatlar, xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil qilish davomida 
vujudga keladi, xo‘jalik yurituvchi subyekt har bir ishtirokchisi faoliyatning 
boshlang‘ich davridagi tashkiliy xarajatlar va yo‘qotishlardan tashqari, 
maslahatchilar xizmatlari, reklama tadbirlari, hujjatlarni tayyorlash, ro‘yxatga olish 
va xarajatlardan iborat bo‘ladi. 
Patent - bu yuridik jihatdan tan olingan va ro‘yxatga olingan mutloq 
huquqdir. Patentga tegishli huquq uning egasiga tash- qaridan boshqa shaxslar 
aralashmasligi sharti bilan buyumdan yoki g‘oyadan foydalanish, ularni ishlab 
chiqarish, sotish va nazorat qilish imkonini beradi. 
Patent - yuridik kuchga ega bo‘lgan va ro‘xatga olingan huquqdir.
55
Patentning tegishli organlar tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilishi uning 


himoyalanishiga kafolat bermaydi. Ushbu huquqlar sudda muvafaqqiyat bilan 
himoyalanmaguniga qadar raqobatbardosh bo‘la olmaydi. Shuningdek, sudda huquq 
himoya qilinishi bilan bog‘liq barcha xarajatlarni patent bahosining bir qismi sifatida 
kapitallashtirish lozimligi to‘g‘risida umumiy kelishuv mavjud. 
Mabodo sud jarayonida yutqazilsa, u bilan bog‘liq xarajatlar ham 
amortizatsiya qilinmagan patent qiymati ham hisobdan chiqariladi 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling