7-bob. Tijorat banklari likvidligi va to‘lovga layoqatliligi tahlili


Tijorat banklari likvidligi va to‘lovga layoqatligi tahlilining ahamiyati va vazifalari


Download 60.27 Kb.
bet5/7
Sana09.04.2023
Hajmi60.27 Kb.
#1345970
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI LIKVIDLIGI VA TO‘LOVGA LAYOQATLILIGI TAHLILI

7.3. Tijorat banklari likvidligi va to‘lovga layoqatligi tahlilining ahamiyati va vazifalari
Bank likvidligini tahlil qilish quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:

  • bank likviligining koeffitsiyentlarini hisoblash tizimi to‘g‘riligini va to‘liqligini tasdiqdlash;

  • bank holati bo‘yicha xulosalarni shakllantirish;

  • bank balansi likvidligining yomon holatga kelayotgan-ligidan darak beruvchi real va salbiy potensial tendensiyalarni aniqlash;

  • salbiy tendensiyalarni vujudga keltirgan omillarni tah-lil qilish;

  • bank balansi likvidligini tahlil qilish va tekshirish nati-jalariga ko‘ra bank uchun takliflarni belgilab olish.

Yangi tashkil qilinayotgan tijorat banklari uchun ustav kapitalining minimal miqdori va tashkil qilingan banklar uc hun kapitaldagi shaxsiy mablag‘larining minial miqdori;

  • kapitalning yetarlilik normativlari;

  • likvidlik normativlari;

  • bir qarzdorga yoki qarzdolar guruhiga bo‘lgan xatar-ning maksimal miqdori;

  • yirik kreditlar xatarining maksimal miqdori;

  • bitta kreditorga (omonatchiga) bo‘lgan xatarning mak-simal miqdori;

  • aholidan jalb qilingan mablag‘larning maksimal miq-dori va hokazo.

Bu ko‘rsatkichlar orasida likvidlik normativlari muhim ahamiyatga ega, chunki ularning miqdori ko‘p jihatdan bankning depozit va kredit siyosatining samarali yuritilishiga bog‘liq bo‘ladi. Banklar likvidlik ko‘rsatkichlarining minimal miqdorini ushlab turishga harakat qiladilar, chunki bunda likvidlik va yuqori daromadlilik ko‘rinishdagi qarama-qarshilik sharoitida optimal qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 2-noyabrdagi «Tijorat banklari likvidligini tartibga solish bo‘yicha qo‘yilgan talablar to‘g‘risida»gi 421-sonli tartibda likvidlik normativlari berilgan (joriy, lahzalik va uzoq muddatli likvidlik). Mazkur ko‘rsatkichlar tizimidan likvidilik normativining joriy likvidlik ko‘rsatkichini o‘tgan oxirgi besh yil davr mobaynida mamlakatimizning yirik va kichik tijorat banklari misolida ko‘rib chiqamiz. O‘zbekiston Respublikasida joriy likvidlik ko‘rsatkichining minimal miqdori 30 % miqdorida belgilangan.
Joriy likvidlik koeffitsiyentini hisoblashda tijorat banklarning oxirgi 5 yil, ya’ni 2008–2012-yillar mobaynidagi yillik balanslaridan foydalaniladi. Mazkur koeffitsiyentni hisoblashda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining metodikasi, shuningdek, jalb qilingan mablag‘lar va aktivlarning muddati va miqdori bo‘yicha tarkibiy ma’lumotlari asos qilib olindi. Shuningdek, hisoblangan ma’lumotlar asosida joriy likvidlik koeffitsiyentining 2008–2012-yillar mobaynida dinamikasi o‘rganib chiqildi.
Joriy likvidlik koeffitsiyentini hisoblashda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanildi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki metodikasi orqali hisoblanadigan likvidli aktivlar, yaqin 30 kun muddatga milliy va chet el valutasida berilgan kreditlar (hech bo‘lmaganda bir marta prolongatsiya qilingan ssudalar bundan mustasno), shuningdek, bank foydasiga bo‘lgan yaqin
30 kun ichida amalga oshiriladigan to‘lovlar;
2) talab qilib olinguncha bo‘lgan majburiyatlar – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki metodikasi orqali hisoblanadi, bunda boshqa kredit tashkilotlaridan 30 kun muddatga olingan kreditlar va bank tomonidan 30 kun mudd atda majburiyatlarni o‘z zimmasiga olish bo‘yicha kafolat va kafilliklarning 50 %ni ham o‘z ichiga oladi.
Yuqoridagi ko‘rsatkichlar Markaziy bankning metodikasi bo‘yicha va tijorat banklarining balans ma’lumotlari asosida hisoblandi. 2008–2012-yillar mobaynida tijorat banklarining joriy likvidlik koeffitsiyentlari yillar bo‘yicha quyidagicha bo‘lganligi aniqlandi.
7.1-jadval

Download 60.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling