Yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash transport xizmatlari ko‘rsatishning eng muhim masalasi bo‘lib, u harakatlanadigan tarkibdan foydalanish qoidalariga rioya qilishni, transport vositalarining harakatini ta’minlovchi turli xizmatlar professional tarzda va uyushqoqlik bilan ishlashini, yo‘lovchilar ham xulq-atvor qoidalariga rioya qilishini, ekologik toza transport turlaridan foydalanishni nazarda tutadi.
Turistlarning uyushgan guruhlarini tashish marshrutlar ishlab chiqish, chiptalarni buyurtma qilish, transportda joylashtirish, tur dasturlarini amalga oshirish bilan bog‘liq ayrim o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lganligi uchun turistik firmalar transport kompaniyalari bilan yaqin aloqalar o‘rnatishiga to‘g‘ri keladi.
7.2.Turistik mahsulotlar tarkibida transportning ulushi.
Turistik mahsulotlar tarkibida turistlarni tashish xizmati etakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Bu shu bilan ifodalanadiki, barcha turistik yo‘nalishlarda (piyodalardan tashqari) sayohatchilarni dam olish yoki ekskursiyaga eltish va uyga qaytishi uchun transport bo‘lishi tabbiy xol bulib qolmoqda.
Turizm faoliyat turi sifatida turistlarni doimiy yashash joyidan tashqariga chiqishi bilan uzviy bog‘langan va uni transport ta’minotisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Transport ta’minoti turistik infrastrukturaning muhim elementi hisoblanadi va turistik mahsulotlar tarkibiga kiritilgan asosiy kompleks xizmatlarni tashkil qiladi. Transport korxonalari turizm tizimini shakllantiruvchi turistik korxonalarning alohida ko‘rinishlari sifatida qarab chiqiladi.
Turizm soxasida transport ta’minoti tizimi qo‘yidagicha farqalanadi:
turga qo‘shilgan va asosiy turistik xizmatlarga kiruvchi turistik tashish vositasi sifatida, turistlarni doimiy yashash joyidan belgilangan manzilga eltib qo‘yish (yoki yo‘nalish boshlanadigan joyga) va qayta olib kelish;
transfer – turistlarni kutib olish va kuzatib qo‘yish uchun transport vositasi taqdim etish;
tur-safar bo‘yicha dasturlashtirilgan tadbirlarga xizmat ko‘rsatish: ekskursion xizmat, dasturdagi tadbirlarga borish, atrofga tashrif byurish, yo‘nalish bo‘yicha ko‘chish;
turga kiritilgan sayohat davomida ijaraga beriladigan engil avtomashina.
Do'stlaringiz bilan baham: |