7. bozor kon‟yunkturasini tadqiq tadbiq bashorat etish


Download 22.23 Kb.
bet5/6
Sana07.02.2023
Hajmi22.23 Kb.
#1172894
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7 маркетинг

QISQA XULOSALAR


Kon‟yukturani o„rganish marketing xizmatini ajralmas qismini tashkil etadi. Bizning mamlakatimizda kon‟yukturani o„rganish 20 yillarda tashkil etildi. «Kon‟yuktura» lotincha so„z bo„lib, holat degan ma‟noni anglatadi, u keng ma‟noda ularning o„zaro aloqasidan olingan shartlarning yig„indisi, o„tar sharoit, predmetlarining joylashishidir.
Kon‟yunktura tahlili o„z ichiga ishlab chiqarish va iste‟molning hajmi, tarkibi, bir tovarning boshqasining o„rnini egalay olish imkoniyati, tovar zahiralari, narxning o„zgarishi, reklama xizmati, bozor ishtirokchilarining o„rganishni oladi. Bozor konyu‟nkturasini muntazam ravishda o„rganib borish savdo faoliyatini muvaffaqiyatli yakuniga imkon beradi. Har davrda bozor kon‟yukturasi qaysi tovar chiqarishni ko„paytirish, qaysi tovarga talabning kamayishi haqida aniq ma‟lumotlar beradi. Bu ma‟lumotlar ishlab chiqrish uchun ham savo firmasi uchun ham zarurdir.
Bashorat qilish bu - ob‟ektning kelajagini tahlil qilish va bu kelajakni qanday bo„lishini ko„ra bilishdir. Ijtimoiy-iktisrodiy jarayonlarning bashorat imkoniyatlari eng avval sabab va hodisa bog„lanishlarining tabiat xarakterlari orqali aniqlanadi. Oldindan aytib berish, bashorat qilish faqat umumiy xossalar va qonuniylikka ega bo„lgan sabab va xulosalar aniq bo„lgan jarayonlarga bog„liqdir.
Oldindan ko„ra bilish:
-qisqa muddatli 1-1,5-2 yilgacha;
-O„rta muddatli 2-5 yilgacha;
-uzoq muddatli 5 yil va undan ortiq turlarga bo„linadi.
Bozor kon‟yunkturasini bashorat qilish uslublarini ko„p ishlatiladigani
-ekspertlar orqali baholash;
-g„oyalar ko„rashi;
-matematik statistik;
-EXM yordamida modellash uslublaridir.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1.Bozor kon‟yunkturasi deganda nimani tushunasiz?
2.Bozor kon‟nkturasi tahlili qanday amalga oshiriladi?
3.Kon‟yunktura sharhi deganda nimani tushunasiz?
4.Bozor hajmi ko„rsatkichi qanday aniqlanadi?
5.Bozor kon‟yunkturasini bashorat qilish deganda nimani tushunasiz?
6.Bashorat qilishni qanday uslublarini bilasiz?

Download 22.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling