7. Diskning inersiya momenti. Inersiya momenti
Download 22.64 Kb.
|
Kapillyar hodisalar – birbiriga aralashmaydigan jismlar (mas, qattiq jism bilan suyuqlik)ning tegishib turgan chegara sirtida molekulyar kuchlar taʼsirida yuzaga keladigan fizik hodisalar. Masalan, suyuqlik bilan idishning oʻzaro taʼsirida suyuqlik sirti botiq yoki qavariq shaklni oladi. Jumladan, kapillyar (ingichka) naydagi hoʻllaydigan suyuqlik sirti botiq, hoʻllamaydigan suyuklik sirti qavariq boʻladi. Suyuqlik sirtining egrilanishi tufayli hosil boʻladigan kapillyar bosim natijasida idish (mas, kapillyar nay)dagi suyuqlik maʼlum balandlik h ga koʻtariladi yoki pasayadi. Bunda -£- = pgh formula oʻrinli. o —suyuqlikning sirt taranglik koeffitsiyenta, r — suyuqlik zichligi, g — erkin tushish tezlanishi. Balandlik h ni aniqlash uchun suyuqlik sirtining egrilik radiusini kapillyar radiusi g ga almashtiriladi:bunda: g — kapillyar radiusi, 9 — chegaraviy burchak, demak, h=2a/prg. Suyuqlikning sirt taranglik koeffitsiyenta qancha katta, kapillyar nayning radiusi bilan suyuqlik zichligi qancha kichik boʻlsa, kapillyar nayda suyuqlik shuncha baland koʻtariladi. K. h. tabiatda, kundalik turmushda, texnikada katta rol oʻynaydi. Oʻsimliklarning oziqlanishi, organizmda moddalar almashinuvi, tuproq va yer osti suvlarining koʻchishi, gʻovak moddalarning suv shimishi, texnikada keng tatbiq qilinadigan flotatsiya (mas, foydali qazilmalarni boyitish) jarayoni K. h.ga bogʻliq.
12.Modda tuzilishi. Molekulalarning massasi va o`lchami .Modda miqdori. Modda tuzilishi haqidagi dastlabki tushunchalar yunon olimi Demokritga (miloddan avvalgi 460–370-y.) tegishli edi. Unga ko‘ra hamma narsalar juda mayda zarralar – «atom»lardan tashkil topgan. Moddaning eng kichik zarrasi – atom bo‘laklarga bo‘linmaydi deb qaralgan. Atom so‘zi ham yunoncha «bo‘linmas bo‘lakcha» degan ma’noni bildiradi. Biz aytib o’tgandek, molekula va atomlar ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan, tasavvur yoki modellashtirish orqali o’rganiladigan zarrachalar. Zarrachalar to’plamini kuzatib bitta zarrachani o’rganish mumkin. Moddani tashkil etgan kichik zarrachalar molekula deb ataladi. Molekula Fransuscha “kichik massa” degan ma’noni anglatadi. Molekula moddaning (jism)ning kimyoviy, fizik barcha xossalarini o’ziga saqlab qoladigan eng kichik zarrachadir. Molekulalar esa o’z navbatida atomlardan tashkil topgan. Atom so’zi Yunoncha “atomas” ya’ni “bo’linmas” degan ma’noni anglatadi. Bu so’z 4-asrda Yunon olimi va faylasufi Demokrat Anoksagarlar tomonidan ilk bor ishlatilgan. Tabiatdagi modda (jism)lar bir xil yoki har xil mollekulalardan yoki atomlardan tashkil topgan. maʼlum bir modda namunasidagi Download 22.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling