7-Gidrometallurgiya zavodi haqida ma’lumot Navoiyda yiliga 15 million tonna rudani qayta ishlovchi 7-gidrometallurgiya zavodi ish boshladi
Download 0.66 Mb.
|
7-Gidrometallurgiya zavodi haqida ma’lumot
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati ("NKMK" AJ)
7-Gidrometallurgiya zavodi haqida ma’lumot Navoiyda yiliga 15 million tonna rudani qayta ishlovchi 7-gidrometallurgiya zavodi ish boshladi Zarafshon shahrida Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Markaziy kon boshqarmasiga qarashli 7-gidrometallurgiya zavodi hamda “Muruntov” koni 5-navbati 1-bosqichi loyihasi asosida yangi majmua foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida viloyat hokimi Qobul Tursunov va Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori Quvondiq Sanaqulov ishtirok etdi. Ma'lum qilinishicha, 7-gidrometallurgiya zavodi texnologik jihatdan boshqa gidrometallurgiya zavodlaridan farq qiladi. Korxonada ma'dan kislotali ishqorda qayta ishlanib, mahsulot olinadi. Kimyoviy ishlov berish jarayonida mahalliy mahsulotlardan foydalaniladi. Ta'kidlanishicha, yiliga 15 million tonna rudani qayta ishlovchi zavod 2020 yildan boshlab o‘z mahsulotini bera boshlagan. O‘tgan yili zavodda 10 million tonna ruda qayta ishlangan. Navoiy kon-metallurgiya kombinati axborot xizmatiga ko‘ra, bugungi kunda “Muruntov” konidan yiliga 42 million tonnadan ortiq ma'dan qazib olinyapti. Yaqin kelajakda bu ko‘rsatkichni 50 million tonnaga yetkazish ko‘zda tutilgan. Shu maqsadda ayni paytda qiymati 733,9 million dollar bo‘lgan va qariyb 1 800ta yangi ish o‘rni yaratish imkonini beruvchi “Muruntov” konini o‘zlashtirishning V navbati” loyihasi olib borilmoqda. Loyiha maydalash va uzatish punkti, qiya-magistral konveyer, ag‘darma tashish konveyeri, temiryo‘l o‘tish inshooti kabi qismlarni o‘z ichiga oladi. Ma'lumot uchun, ayni paytda 60 ming ishchi-xodim mehnat qilayotgan Navoiy kon-metallurgiya kombinatida 3,4 milliard dollarlik investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda. Oldinroq Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori, O‘zbekiston Qahramoni Quvondiq Sanaqulov oltin qazib olish hajmi 150 tonnaga yetkazilishini ma'lum qilgandi. "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati ("NKMK" AJ) jahonda oltin ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalar to‘rttaligiga kiradi. Kombinat yer osti boyliklari zaxiralarini geologik qidirish, qazib olish va qayta ishlashdan to tayyor mahsulot olishgacha bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari to‘liq amalga oshiriladigan sanoat klasteridir. Kombinat zamonaviy kon-transport va texnologik uskunalar, ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlantirilgan konlar, zavodlarga ega zamonaviy korxonadir. "NKMK" AJning “999,9” soflikdagi oltin quymalari jahonning qimmatbaho metallar bo‘yicha birjalarida O‘zbekistonning brendiga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik yillarida NKMK rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Amaldagi korxonalarni texnik va texnologik modernizatsiya qilish hamda yangi qayta ishlash quvvatlarini qurish natijasida kombinat mahsulot ishlab chiqarishda salmoqli yutuqlarga erishdi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling