7-laboratoriya ishi havoning nisbiy namligini aniqlash


-rasm. Assman psixrometrining tuzlishi sxemasi


Download 56.47 Kb.
bet2/3
Sana01.04.2023
Hajmi56.47 Kb.
#1315975
1   2   3
Bog'liq
7-laboratoriya

11.1-rasm. Assman psixrometrining tuzlishi sxemasi
Amalda absolyut namlik pa ni aniqlash uchun berilgan haroratdagi absolut namlikning maksimal qiymati pm ni bilish kerak. pm ning qiymati ho’l termometr ko’rsatayotgan haroratdagi to’yingan suv bug’ining elastikligi bilan xarakterlanadi. Bu vazifada ishlatiladigan Assman psixrometrining (ventilatorli yoki aspiratorli psixrometrning) tuzilishi 11.1-rasmda tasvirlangan.
Assman psixrometri ikkita bir xil (11.1) va (11.2) termometrdan iborat bo’lib, ularning rezervuarlari atrofdagi jismlarning nurlanishidan saqlash maqsadida ikki asosi ochiq ikki qatlam (11.4) devorli metal naylarning ichiga joylashtirilgan (11.5). Termometrlardan birining sharchasiga yupqa batist o’ralgan bo’lib, bu batistning uchi stakandagi distillangan suvga botirilib ho’llanadi va uni qayta suvdan ko’tarib qo’yiladi (11.3). Termometr sharchalari atrofidan havoning oqib o’tish tezligining birday bo’lishi asbobning yuqori qismida joyashtirilgan ventilator yordamida amalga oshiriladi (11.6). Quruq termometr xonadagi havoning haroratini ko’rsatadi. Ho’l termometrning sharchasiga o’rab qo’yilgan batistdan suv bug’lanib turishi tufayli bu termometr ko’rsatadigan harorat quruq termometr ko’rsatadigan haroratdan past bo’ladi. Atrofdagi havoning namligi qancha past bo’lsa, bug’lanish shuncha tezroq bo’ladi va ho’l termometr shuncha past haroratni ko’rsatadi. Ikkala termometr ko’rsatgan haroratlarning ayirmasi havoning namligini xarakterlaydi.


Ishni bajarish tartibi



  1. Ho’l termometrning sharchasi o’ralgan batistning uchini stakandagi distillangan suvga tushirib ho’llab oling. So’ng stakanni pastroqqa tushirib qo’ying;

  2. Ventilatorni tok manbaiga ulab, ishga tushiring;

  3. Ho’l termometrning ko’rsatishi biror temperaturaga kelib to’xtagach (bu orada 4-5 minut o’tadi), quruq va ho’l termometrlarning ko’rsatkichlari yozib oling;

  4. Barometrdan foydalanib, atmosfera bosimini aniqlab yozib oling;

  5. Ho’l termometr temperaturasi , ga mos kelgan pm to’yingan bug’ elastikligini to’yingan suv bug’i elastikligining temperaturaga bog’liqligini ifodalovchi jadvaldan topib yozib oling;

  6. (11.6) formulaga asosan absolut namlik рa hisoblang;

  7. (11.1) formulaga asosan nisbiy namlik hisoblang;

  8. Tajribani kamida 5-6 marta takrorlang;

  9. Psixrometrik jadvaldan foydalanib, quruq va ho’l termometrlarning ko’rsatishiga mos kelgan nisbiy namlik toping va uni tajriba natijasi bilan taqqoslang;

  10. O’lchangan va hisoblab topilgan natijalar 11.1-jadvalga yozing.

11.1-jadval



t1( )

t2( )

pm(105Pa)

(105Pa)

pa(105Pa)







1

























2

























3

























4

























5

























O’rt




























Download 56.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling