7-laboratoriya ishi havoning nisbiy namligini aniqlash


Download 56.47 Kb.
bet1/3
Sana01.04.2023
Hajmi56.47 Kb.
#1315975
  1   2   3
Bog'liq
7-laboratoriya


7-LABORATORIYA ISHI


HAVONING NISBIY NAMLIGINI ANIQLASH


11.1. HAVONING NISBIY NAMLIGINI ASSMAN PSIXROMETRI YORDAMIDA ANIQLASH


Ishning maqsadi: Havoning nisbiy namligini Assman psixrometri yordamida aniqlashni o’rganish.
Kerakli jihozlar: Assman psixrometri, distillangan suvi bo’lgan stakan, barometr, to’yingan suv bug’i elastikligining haroratga bog’liqlik jadvali, psixrometrik jadval.


Nazariy qism

Yer atmosferasi tarkibiga suv bug’larining miqdori bilan tavsiflanadigan fizik kattalik havoning namligi deyiladi.


1 m3 havodagi suv bug’ining massasi absolyut namlik deyiladi. Absolyut namlikni bilgan holda u sharoitda sug’ bug’ining to’yinish darajasidan qanchalik uzoq ekanligini binobarin suvning bug’lanish yoki kondetsatsiyalanish intensivligi to’g’risida biror fikr aytib bo’lmaydi. Buning uchun nisbiy namlik degan kattalikni bilish kerak.
Muayyan bir haroratda havo absolyut namligining shu haroratda 1m3 havoni to’yintirish uchun zarur bo’lgan suv bug’i massasiga nisbati bilan aniqlanadigan kattalik nisbiy namlik deyiladi. Shuningdek, nisbiy namlik deb, berilgan haroratdagi pa absolyut namlikning shu haroratdagi uning pm maksimal qiymatiga bo’lgan nisbatini foizlarda ifodalangan qiymatiga aytiladi:
(11.1)
Havodagi suv bug’i elastikligi deyilganda havodagi suv bug’ining parsial bosimi tushuniladi.
Tirik organizmlarning tuproqning namlik yo’qotishi nisbiy namlikga bog’liq. Inson o’zini yaxshi his qilishi uchun nisbiy namlik 60-70% atrofida bo’lishi kerak. Havo namligini o’lchashda psixrometrik usuldan keng foydalaniladi. Uning mohiyati quyidagicha: ikkita bir xil termometr bir xil havo oqimida turgan bo’lsa, ularning ko’rsatishlari bir xil bo’ishi tabiiy. Agar termometrlardan birining suyuqlik (simob) rezervuari hamma vaqt ho’l, masalan, ho’l doka bilan o’rab qo’yilgan bo’lsa, termometrlarning ko’rsatishlari turlicha bo’lib qoladi.
Dokadan suvning bug’lanib turishi tufayli ho’l termometr quruq termometrga qaraganda pastroq haroratni ko’rsatadi (rezervuardagi suyuqlik ichki energiyasining bir qismi dokadagi suvning bug’lanish issiqligiga sarf bo’lganligi sababli harorat pasayadi). Atrofdagi havoning namligi qancha kam bo’lsa, suvning bug’lanishi shuncha tezroq bo’ladi va ho’l termometr shuncha pastroq haroratni ko’rsatadi. Ho’l termometrning ko’rsatishini t1 quruq termometrning ko’rsatishini t2, deb belgilaylik.
Bug’lanishda suv bug’lari o’zi bilan olib ketayotgan issiqlik miqdori bilan termometr rezervuariga (orqaga qaytib) tushayotgan suv bug’larining berayotgan issiqlik miqdori o’rtasida termodinamik muvozanat vujudga kelmaguncha, ho’l termometrning harorati pasaya boradi. Termodinamik muvozanat ro’y bergandagi rezervuarga kelib tushayotgan issiqlik miqdori Q1 ho’l termometr rezervuari sirtining S yuziga, quruq va ho’l termometrlar ko’rsatishining (t2-t1) farqiga hamda rezervuarlarga qaytayotgan suv molekulalarining issiqlik berish vaqti ga to’g’ri proporsional, ya’ni
(11.2)
Bunda c – proporsionallik koeffitsiyenti. Muvozanat holatda Q1 issiqlik miqdori ho’l termometr rezervuari sirtidan suvning bug’lanishida sarflanadigan Q2 issiqlik miqdoriga teng bo’ladi. vaqt oralig’ida termometr rezervuari sirtidan bug’lanayotgan suvning massasi, Dalton qonuniga ko’ra,
(11.3)
Ifoda orqali aniqlanadi, bunda pm to’yintiruvchi suv bug’ining bug’lanuvchi suyuqlik haroratidagi, ya’ni t1 haroratdagi elastikligi, рa — havodagi suv bug’ining elastikligi, PHatmosfera bosimi, c1 — havo oqimining tezligiga bog’liq bo’lgan proporsionallik koeffitsiyenti.
Agar suvning solishtirma bug’lanish issiqligini bilan belgilasak, u holda Q2 issiqlik miqdori uchun
(11.4a)
Ifodani yozishimiz mumkin. Q1=Q2 bo’lganda esa
(11.4b)
bo’ladi. Bundan,
(11.5)
ekanligi kelib chiqadi. deb olamiz. A kattalik ishlatilayotgan asbobning doimiysi bo’lib, uning qiymati asosan havo oqimining tezligiga bog’liq bo’ladi va tajribada topiladi. Shunday qilib, havoning absolut namligi quyidagiga teng:
(11.6)


Download 56.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling