7-лаборатория иши. Қисм сатрларни қидириш
Download 29.02 Kb.
|
Лаборатория №7 Қисм сатрларни қидириш Хорспул ва Бойер Мур алгоритмлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Зарур назарий маълумотлар.
- Лаборатория топшириқлари ва иш давомида ишлаб чиқиладиган дастурнинг тўлиқ намунаси.
7-лаборатория иши. Қисм сатрларни қидириш.Мақсад: Талабаларда ассивларни қайта ишлашга мўлжалланган алгоритмларни корректлиги кўрсатиш кўникмасини ҳосил қилиш. Лаборатория ишини бажариш учун зарур жиҳозлар. 2- лаборатория иши давомида ишлаб чиқилган дастур матни, лаборатория ишини бажариш бўйича (ушбу) услубий кўрсатма Зарур назарий маълумотлар.Ушбу лаборатория иши оддий итератив алгоритмларнинг корректлигини цикл инвариантдан фойдаланиш орқали асослашга бағишланган. Инвариант сифатида биз циклнинг биринчи итерациясидан олдин ва хар бир итерациясидан сўнг ўринли бўлган (рост қиймат қабул қиладиган) мантиқий ифодани тушунамиз. Инвариантнинг бажарилиши бизга циклнинг тўғри бажарилишини исботлаш имконини беради. Инвариант қуйидаги хусусиятларга эга: Инициализация. Инвариант цикл бошланишидан (биринчи итерация бажарилишидан олдин) ўринли Сақланиш. Агар инвариант циклнинг навбатдаги итерациясидан олдин ўринли бўлса, итерация тугаганидан сўнг ҳам ўринли бўлади. Якунлаш. Цикл якунланганда инвариант циклнинг тўғри ишлаганлигини кўрсатади ва бу ҳол, хусусан тартиблаш алгоритмлари учун, бутун алгоритмнинг тўғри ишлаши исботлайди. Лаборатория топшириқлари ва
|
№ |
Топшириқ матни |
1 |
N(N>0) butun soni va S satr berilgan. N uzunlikka teng bo`lgan S satr quyidagi ko`rinishda aniqlanadi: agar S satr uzunligi N dan katta bo`lsa, uning bosh qismidan ortiqcha belgilar olib tashlanadi, agar S satr uzunligi N dan kichik bo`lsa, uning bosh qismiga nuqtalar qo`shilsin. |
2 |
Butun musbat N1, N2 sonlar va S1, S2 satrlar berilgan. Bu satrlardan foydalanib yangi S satr hosil qilinsin: S satrning dastlabki N1 ta belgisi S1 satrning bosh qismidan, oxirgi N2 ta belgisi S2 satrning oxiridan iborat bo`lsin. |
3 |
C belgi va S, S0 satrlar berilgan. S satrda uchragan har bir C belgining oldiga S0 satr joylashtirilsin. |
4 |
C belgi va S, S0 satrlar berilgan. S satrda uchragan har bir C belgidan keyinga S0 satr joylashtirilsin. |
5 |
S va S0 satrlar berilgan. Agar S0 satr S satrda mavjud bo`lsa true aks holda false qiymat chiqarilsin. |
6 |
S va S0 satrlar berilgan. S satrda S0 satrning necha marta uchrashi aniqlansin. |
7 |
S va S0 satrlar berilgan. S satrdan S0 satr bilan ustma-ust tushuvchi 1-qism satr o`chirilsin. Agar S satrda S0 satr topilmasa S satr o`zgarishsiz chop etilsin. |
8 |
S va S0 satrlar berilgan. S satrdan S0 satr bilan ustma-ust tushuvchi oxirgi qism satr o`chirilsin. Agar S satrda S0 satr topilmasa S satr o`zgarishsiz chop etilsin. |
9 |
S va S0 satrlar berilgan. S satrdan S0 satr bilan ustma-ust tushuvchi barcha qism satrlar o`chirilsin. Agar S satrda S0 satr topilmasa S satr o`zgarishsiz chop etilsin. |
10 |
S, S1 va S2 satrlar berilgan. S satrdagi 1-uchragan S1 qism satr S2 qism satr bilan almashtirilsin. |
11 |
S, S1 va S2 satrlar berilgan. S satrdagi oxirgi uchragan S1 qism satr S2 qism satr bilan almashtirilsin. |
12 |
Hech bo`lmaganda 1 ta bo`sh joyga ega satr berilgan. Berilgan satrdagi 1- va 2- bo`sh joylar orasida joylashgan qism satr chiqarilsin. Agar satrda 1 ta bo`sh joy topilsa, bo`sh satr chop etilsin. |
13 |
Hech bo`lmaganda 1 ta bo`sh joyga ega satr berilgan. Berilgan satrdagi 1- va oxirgi bo`sh joylar orasida joylashgan qism satr chiqarilsin. Agar satrda 1 ta bo`sh joy topilsa, bo`sh satr chop etilsin. |
14 |
Bo`sh joylar bilan ajratilgan o`zbekcha so`zlaridan tuzilgan satr berilgan. Satrdagi so`zlar soni topilsin. |
15 |
Bosh harflar bilan terilgan va bo`sh joylar(1 yoki bir nechta) bilan ajratilgan o`zbekcha so`zlardan iborat satr berilgan. 1- va oxirgi harflari bir xil bo`lgan so`zlar soni topilsin. |
16 |
Bosh harflar bilan terilgan va bo`sh joylar(1 yoki bir nechta) bilan ajratilgan o`zbekcha so`zlardan iborat satr berilgan. Hech bo`lmaganda bitta “A” harfi bor bo`lgan so`zlar soni ekranga chiqarilsin. |
17 |
Bosh harflar bilan terilgan va bo`sh joylar(1 yoki bir nechta) bilan ajratilgan o`zbekcha so`zlardan iborat satr berilgan. 3 ta harfi “A” bo`lgan so`zlar soni ekranga chiqarilsin. |
18 |
Bo`sh joylar bilan ajratilgan o`zbekcha so`zlaridan tuzilgan satr berilgan. Satrdagi eng qisqa so`zning uzunligi topilsin. |
19 |
Bo`sh joylar bilan ajratilgan o`zbekcha so`zlaridan tuzilgan satr berilgan. Satrdagi eng uzun so`zning uzunligi topilsin. |
20 |
Bo`sh joylar bilan ajratilgan o`zbekcha so`zlaridan tuzilgan satr berilgan. Satr oxiri nuqta bilan tugallanmagan. “.” bilan ajratilgan so`zlar ekranga chiqarilsin. |
Do'stlaringiz bilan baham:
ma'muriyatiga murojaat qiling