7-laboratoriya wpa protokolini sozlash Ishdan maqsad


Download 1.02 Mb.
Sana16.11.2021
Hajmi1.02 Mb.
#174891

7-laboratoriya

WPA protokolini sozlash

Ishdan maqsad. WRT300N simsiz tarmoq routerida xavfsizlikni ta`minlash uchun WPA protokolini sozlash ko`nikmalariga ega bo`lish.

Nazariy qism

WPA-ning xavfsizligi va erkin foydalanishni nazorat qilishning qo'shimcha vositasi har bir foydalanuvchining simsiz uskunalari va kirish nuqtalari orasidagi aloqa uchun yangi noyob asosiy kalitni yaratish va autentifikatsiya sessiyasini taqdim etishdir.



WPA 2 Wi-Fi xavfsizlik tizimining yangi avlodidir. WPA 2 WPA ga qaraganda yuqori darajadagi xavfsizlikni ta'minlaydi, chunki AES TKIP protokoliga qaraganda ancha kuchli shifrlashni ta'minlaydi. TKIP - bu WPA tomonidan ishlatiladigan shifrlash protokoli. WPA 2 har bir seans uchun yangi seans kalitlarini yaratadi. Har bir tarmoq mijozi uchun ishlatiladigan shifrlash kalitlari ushbu mijozga xosdir. Natijada, havoga yuborilgan har bir paket noyob kalit bilan shifrlangan. Xavfsizlik tizimi yangi va noyob shifrlash kaliti yordamida yaxshilanadi, chunki kalit qayta ishlatilmaydi. WPA hali ham xavfsiz deb hisoblanadi va TKIP protokoli buzilmasligiga qaramasdan, Cisco tashkiloti o'z mijozlarini imkon qadar qisqa vaqt ichida WPA2 ga o'tkazishni taklif qiladi.

Ishni bajarish tartibi

  1. Cisco packet tracer dasturi ishga tushiriladi.

  2. Wireless devices bo`limidan WRT300N wi-fi routeri olinadi.

  3. Quyida keltirilgan topologiya quriladi.

  4. Qurilgan topologiya testlab ko`riladi.




1-rasm.Ochiq wifi tarmog’iga ulanish.(Parol berilmagan holat)



2-rasm.Tarmoqni himoyalash uchun WPA2-PSK protokolini tanlaymiz va 8 ta simvoldan iborat parol o’rnatamiz.Paketlarni shifrlash protokoli sifatida AES kriptografik algoritmini ko’rsatamiz



3-rasm.Kompyuterning simsiz tarmoq bo’limidan wifi tarmog’iga ulanishni amalga oshiramiz



4-rasm.Avvaldan hosil qilingan tarmoqni tanlaymiz.Etibor qiling tarmoq ma’lumotlari qismida wifi tarmog’ining Security bo’limida WPA2-PSK protokoli ko’rsatilgan



5-rasm.Tarmoqqa ulanish uchun himoya kalitini kiritamiz. Agar himoya kaliti noto’g’ri kiritilsa tarmoqqa ulanish amalga oshirilmaydi



6-rasm.Tarmoqqa ulanish muvaffaqiyatli amalga oshirildi

Topshiriq

WPA protokoli ishlash prinsipi, algoritmi, afzallik va kamchiliklarini tahlil qiling.
Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling