7-maktab matematika va informatika fani o’qituvchisi vahobov adhamjon tayyorladi
Download 1.02 Mb.
|
baxtiyor.uz-matematik-shou
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-shart “Ko’z bog’lash”.
- 4-shart “To’g’ri tanla”
2-shart “Raqamni topish”.
Bu shartda sizlarga berilgan blankada 1dan 100 gacha sonlar bo’lishi kerak, lekin bularni ichidan 30 tasi tushurib qoldirilgan. Sizlar buni 2 daqiqa mobaynidan topib yozib borasiz. Xatolarni tuzatishga yo’l qo’yilmaydi. Hamma raqamlar to’g’ri topilsa 20 ball, 1 ta xato uchun 20 ball, 2 ta xato uchun 18 ball, 3-5 ta xato uchun 10 ball beriladi. 6-10 ta topilmasa 5 ball, qolgan hollarda ball berilmaydi. Tayyormisizlar? Boshladik. Vaqt tugadi endi ishlarni tekshiramiz. Bu yerda quyidagi sonlar tushirib qoldirilgan edi: 1, 4, 7, 10, 13, 16, 17, 23, 24, 25, 30, 36, 38, 43, 43, 49, 51, 52, 55, 59, 62, 66, 69, 74, 77, 79, 80, 84. Mana endi 2-shartimiz nihoyasiga yetdi. 3-shart “Ko’z bog’lash”. Ishtirokchilarga kerakli qurollar beriladi va ularga aytilgan gaplarni qog’ozda aks ettirishadi. Bunda ham har ikkala guruh baravariga ishtirok etishadi. Har bir chizilgan shakl uchun 4 ball beriladi. Ozgina xatolar kechiriladi. Qo’pol xatolarga ball berilmaydi. Qani boshladik. Svetofor chizing. Chizilgan svetofor aylanalari ichiga tartib raqamlari 1,2,3 sonlarini yozing. Pastki joyga 5 burchak chizing. Shu beshburchak ichiga 8 sonini yozing Bo’sh qolgan joyga oltiburchak chizing. 3-shartimiz ham o’z nihoyasiga yetdi. Guruhlarni ballaymiz. 4-shart “To’g’ri tanla” Shart shundayki, quyida berilgan aylanalar ichiga 0 dan 9 gacha bo’lgan raqamlarni shunday joylashtiringki, natijada tomondagi sonlar yig’indisi shu aylana o’rtasidagi son hosil bo’lsin. Shart uchun 5 daqiqa vaqt beriladi. Shart tushinarli bo’lsa o’yinni boshladik. Bu shartni ishtirokchilar ishgunga qadar men tomoshabinlar bilan yoshini topish o'yinini o’ynab turaman. Kimning yoshini topib beray. Yoshingizni 10 ga ko’paytiring. 9 ni istalgan bir xonali songa ko’paytiring. Endi ularni ayirmasini toping. Nechi chiqdi. Shuni menga aytsangiz men sizga yoshingizni aytib beraman. Masalan: Mening yoshim 30 da. Uni 10 ga ko’paytirsam 300 hosil bo’ladi. 9 ni 7 a ko’paytirsam 63 hosil bo’ladi. Ikkalasining ayirmasi esa 300-63=237 hoisil bo’ladi. Natija 237 ni aytsam bo’ldi. Mening yoshim 30 da ekanligini eshitaman. 4-shartimiz ham o’z nihoyasiga etdi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling