7-ma’ruza : Kesim, uning ifodalanishi, tiplari: fe’l-kesim va ot-kesim; sodda va tarkibli kesim. Ega bilan kesimning orasida tirening ishlatilishi


Semantik-funksional shakllangan gaplar


Download 51.37 Kb.
bet7/9
Sana31.01.2024
Hajmi51.37 Kb.
#1820403
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-ma’ruza Kesim, uning ifodalanishi, tiplari fe’l-kesim va ot-fayllar.org

Semantik-funksional shakllangan gaplar. Semantik-funktsional shakllangan
gaplar to’rtga bo’linadi: 
Modal so’z- gaplar (Kelasizmi?- Albatta)
Undov so’z- gaplar (Beh-beh! Oh-oh)
Tasdiq inkor so’z- gaplar (Ha, yo’q)
Taklif-ishora so’z-gaplar (Ma. ) 
Bu so’z-gaplarning barchasida kesimlik kategoriyasi ma‘nosi (TMZSH )
so’zning lug’aviy ma‘nosida mujassamlashgan bo’ladi. Shuning uchun bunday so’z-
gaplar:
a) hech qachon kesimlik qo’shimchalarini qabul qila olmaydi. 


b) nutqda alohida gap bo’lib kela oladi.


v) boshqa gap tarkibiga kirganda, uning biror bo’lagi bilan semantik aloqaga 
kirishmaydi va o’z mustaqilligini saqlab qolaveradi.
Semantik-funktsional shakllangan so’z-gaplarda kesimlik ma‘nosi atov birligi 
(W) ning lug’aviy ma‘nosi tarkibida mujassamlashgan bo’lib, bunday gaplar kesimi
Wm ramzi bilan beriladi. 
Semantik-funktsional shakllangan gaplarda kesimlik ma‘nosi so’z-gaplarning
lug’aviy ma‘nosi bilan bir butunlikni tashkil etganligi sababli kesimlik kategoriyasi 
uchun xos bo’lgan tasdiq-inkor, modallik, mayl, zamon, shaxs-son (TMZSH)
ma‘nolarining rang-barangligi yo’q. Bunda kesimlik kategoriyasining barcha 
ma‘nolari uchburchak burchaklarining yig’indisiga o’xshaydi. Ma‘lumki,
uchburchak burchaklarining yig’indisi 1800 teng bo’lib, bir burchak kattaroq bo’lsa, 
buning evaziga boshqa burchaklar kichrayadi. Semantik-funktsional shakllangan
gaplarda ham kesimlikning to’rtta ma‘nosidan biri yuzaga chiqqanda boshqalari 0 
(nol) ga teng bo’ladi. Bu tasdiq-inkor, mayl, zamon, shaxs-son ma‘nolarining har
biri uchun alohida- alohida so’zlar borligi bilan belgilanadi. Masalan, «qat‘iy 
bo’lishlilik» ma‘nosi (ya‘ni mayl ma‘nosining ko’rinishi) albatta so’zi bilan
ifodalansa, kesimlik shaklidagi - ma qo’shimchasi ifodalaydigan shunday bo’lishsiz 
ma‘no mutlaqo so’z gapi bilan beriladi. Ha, so’zida tasdiq, yo’q so’zida inkor
ma‘nosi mavjud. 
Kesimlik kategoriyasi ma‘nolari kesimdagi atov birligi lug’aviy ma‘nosiga
singganligi tufayli so’z-gaplarda bu ma‘nolarning har biri alohida-alohida va rang-
barang ko’rinishlarda ifodalash imkoniyatlari cheklangan. Shu boisdan o’zbek tilida
kesimlik qo’shimchalarini qabul qiladigan, kesimlik kategoriyasining barcha 
ma‘nolarini ifodalay oladigan, lug’aviy ma‘nosi kesimlik qo’shimchalariga befarq
bo’lgan, ya‘ni ularni erkin biriktira oladigan mustaqil so’z (fe‘l, ot, sifat, son, ravish, 
taqlid va olmosh ) lardan lug’aviy ma‘nosida kesimlik kategoriyasi qo’shimchalarini
biriktira olmaydigan, lekin ularning ma‘nolaridan birini o’z lug’aviy ma‘nosi bilan 
ko’chaytirgan holda ifodalab, boshqalarini nutqqa o’ta kuchsiz holda
voqelantiruvchi so’z-gaplar guruhi alohida ajralib turadi 





Download 51.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling