7-ma’ruza : Kesim, uning ifodalanishi, tiplari: fe’l-kesim va ot-kesim; sodda va tarkibli kesim. Ega bilan kesimning orasida tirening ishlatilishi


Mustaqil va nomustaqil kesimlik shakllari


Download 51.37 Kb.
bet8/9
Sana31.01.2024
Hajmi51.37 Kb.
#1820403
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-ma’ruza Kesim, uning ifodalanishi, tiplari fe’l-kesim va ot-fayllar.org

Mustaqil va nomustaqil kesimlik shakllari. O’zbek tilida kesimlik
qo’shimchalari o’z voqelanishlari uchun boshqa bir gapni talab qilishi ham, talab 
qilmasligi ham mumkin. Quyidagi gaplarning kesimlariga diqqat qiling:
Men kecha maktabga bordim. 
O’qituvchi kelsa, dars boshlanadi.
Yomg’ir yog’masa edi, ekin-tekin ishlarini saranjomlab olgan bo’lur edik. 
Birinchi gapning kesimi (bordim) o’z ma‘nosini boshqa gaplarga ehtiyoj
sezmasdan voqelantirmoqda. Ikkinchi gapdagi kelsa, uchinchi gapdagi yog’masa 
edi, saranjomlab olgan bo’lur edik kesimlarining ushbu gaplarda voqelangan
ma‘nolari uchun boshqa gaplar talab qilinadi. Boshqacha aytganda, kelsa va 
yog’masa edi kesimlaridan anglashilgan shart ma‘nosi boshlanadi, saranjomlab
olgan bo’lur edik kesimlari yordamida, saronjomlab olgan edik kesimning ma‘nosi 
esa undan oldindagi yog’masa edi kesimi yordamida yuzaga chiqadi. Agar ikkinchi
va uchinchi gaplarning ikkinchi qismi olib tashlansa, oldingi gaplardagi kesimdan 
shart emas, balki istak ma‘nosi yuzaga chiqadi: O’qituvchi kelsa. Yomg’ir yog’masa
edi. Saranjomlab olgan bo’lur edik kesimi esa oldingi gapsiz hech qachon
boshqacha bo’lsa ham, ma‘nosini voqelantira olmaydi. Ma‘nosini yordamchisiz
voqelantiradigan kesimlik shakli mustaqil kesimlik shakli (MKSH) deyiladi.
Boshqa gaplarsiz, ya‘ni qurshovsiz o’z ma‘nosini voqelantira olmaydigan,
voqelantirgan taqdirda esa butunlay boshqa ma‘no kelib chiqadigan kesimlik shakli 
nomustaqil kesimlik shakli (NKSH) deyiladi.
Kesimning W ga ko’ra turlari. Kesimlikdagi atov birligi vazifasida barcha
mustaqil so’z turkumlari kela oladi. Shunga ko’ra, kesimlarni umumlashtirib, ism 
(ot, sifat, son, ravish, taqlid olmosh)li va fe‘l (fe‘l, olmosh)li kesimlarga ajratish
mumkin.
Ism bilan ifodalangan kesimlar.
Ot: Qarg’a nima deyotganini bilmaymiz, chunki u qarg’a, biz –odam. 
(«Husniobod».)
Sifat: E taqsir, qissamiz uzun. (O.)
Son: Ikki karra ikki - to’rt.



Ravish: O’zlashtirishing - yodaki.


Taqlid: Hamma tomon g’uvur- g’uvur, tinchlik yo’q. 
Olmosh: Sen - mensanu, men - senman, qissamni bayon etsam.
Fe‘l bilan ifodalangan kesimlar:
1.Maqsadim - o’qimoq. 2. Qarasam, qaramaysan. 3. Ishning boshi
boshlanguncha. 4.Yashnaganim - yashnagan. 5. Yigit kishining uyalgani - o’lgani. 
6.Ko’rdi-yu, kapalagi uchib ketdi.

Download 51.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling