7-ma’ruza : Kesim, uning ifodalanishi, tiplari: fe’l-kesim va ot-kesim; sodda va tarkibli kesim. Ega bilan kesimning orasida tirening ishlatilishi


Semantik-funksional shakllangan gaplar


Download 420.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/15
Sana05.01.2022
Hajmi420.66 Kb.
#215081
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
7-maruza 3192a4f01fe991763823c3ac6a0a363d

Semantik-funksional shakllangan gaplar. Semantik-funktsional  shakllangan 

gaplar to’rtga bo’linadi: 

Modal so’z- gaplar  (Kelasizmi?-  Albatta) 

Undov so’z- gaplar (Beh-beh! Oh-oh)    

Tasdiq inkor  so’z- gaplar (Ha, yo’q) 

Taklif-ishora  so’z-gaplar (Ma. ) 

Bu  so’z-gaplarning  barchasida  kesimlik  kategoriyasi  ma‘nosi  (TMZSH  ) 

so’zning lug’aviy  ma‘nosida mujassamlashgan  bo’ladi. Shuning uchun bunday so’z-

gaplar:   

a) hech qachon kesimlik  qo’shimchalarini  qabul qila  olmaydi. 




b) nutqda alohida gap bo’lib kela oladi. 

v)  boshqa gap tarkibiga  kirganda,  uning  biror  bo’lagi  bilan  semantik  aloqaga 

kirishmaydi  va o’z mustaqilligini  saqlab qolaveradi. 

Semantik-funktsional  shakllangan  so’z-gaplarda kesimlik  ma‘nosi atov birligi 

(W) ning  lug’aviy  ma‘nosi tarkibida  mujassamlashgan  bo’lib, bunday gaplar kesimi 

Wm ramzi  bilan  beriladi. 

Semantik-funktsional   shakllangan  gaplarda  kesimlik  ma‘nosi so’z-gaplarning 

lug’aviy  ma‘nosi bilan  bir butunlikni  tashkil  etganligi  sababli kesimlik  kategoriyasi 

uchun  xos  bo’lgan  tasdiq-inkor,  modallik,  mayl,  zamon,  shaxs-son  (TMZSH) 

ma‘nolarining  rang-barangligi  yo’q.  Bunda  kesimlik  kategoriyasining  barcha 

ma‘nolari  uchburchak  burchaklarining  yig’indisiga  o’xshaydi.  Ma‘lumki, 

uchburchak burchaklarining  yig’indisi  1800 teng bo’lib, bir burchak kattaroq bo’lsa, 

buning  evaziga  boshqa burchaklar    kichrayadi.  Semantik-funktsional  shakllangan 

gaplarda  ham kesimlikning  to’rtta ma‘nosidan biri  yuzaga  chiqqanda boshqalari  0 

(nol)  ga  teng  bo’ladi. Bu  tasdiq-inkor,  mayl,  zamon,  shaxs-son ma‘nolarining  har 

biri  uchun  alohida-  alohida  so’zlar  borligi  bilan  belgilanadi.  Masalan,  «qat‘iy 

bo’lishlilik»  ma‘nosi  (ya‘ni  mayl  ma‘nosining  ko’rinishi)  albatta  so’zi  bilan 

ifodalansa, kesimlik  shaklidagi  - ma qo’shimchasi ifodalaydigan  shunday bo’lishsiz 

ma‘no  mutlaqo  so’z  gapi  bilan  beriladi.  Ha,  so’zida  tasdiq,  yo’q  so’zida  inkor 

ma‘nosi mavjud. 

Kesimlik  kategoriyasi  ma‘nolari  kesimdagi  atov  birligi  lug’aviy  ma‘nosiga 

singganligi  tufayli  so’z-gaplarda bu ma‘nolarning  har biri  alohida-alohida  va rang-

barang ko’rinishlarda  ifodalash imkoniyatlari  cheklangan.  Shu boisdan o’zbek tilida 

kesimlik  qo’shimchalarini  qabul  qiladigan,  kesimlik  kategoriyasining  barcha 

ma‘nolarini  ifodalay  oladigan,  lug’aviy  ma‘nosi kesimlik  qo’shimchalariga  befarq 

bo’lgan, ya‘ni ularni  erkin biriktira  oladigan  mustaqil so’z (fe‘l, ot, sifat, son, ravish, 

taqlid va olmosh ) lardan lug’aviy  ma‘nosida kesimlik  kategoriyasi  qo’shimchalarini 

biriktira  olmaydigan,  lekin  ularning  ma‘nolaridan  birini  o’z lug’aviy  ma‘nosi bilan 

ko’chaytirgan  holda  ifodalab,  boshqalarini  nutqqa  o’ta  kuchsiz  holda 

voqelantiruvchi  so’z-gaplar guruhi  alohida  ajralib  turadi 





Download 420.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling